G’alladoshlar (Gramineae) yoki Qo’ng‘irboshlar (Poaceae) oilasiga, marjumak Marjumakdoshlar (Polygonaceae), dukkakli don ekinlari Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub. Donli ekinlarining ildiz tizimi popuk ildiz. Don ko'karganda dastlab murtak yoki birlamchi ildizlar hosil bo'ladi. G'alla ekinlarining bargi oddiy, barg qini va yaprog'idan iborat. Guli ikki jinsli (makkajo'xoridan boshqa), ikkita tashqi va ichki qipiqlardan iborat. Don ekinlarining mevasi doncha. Po'stli don ekinlari (suli, tariq, аrpа, sholi) ning doni gul qobig'i bilan o'ralgan, ular donni zich o'rab turadi yoki qo'shilib o'sgan (arpada). Yalang'och donli bug'doy va javdarda gul qobig'i dondan oson ajraladi. Donning endospermi oziqa moddalardan iborat. Endospermning bevosita don ostida joylashgan qismi aleyron qavati deyiladi va u oqsilga boyligi bilan alohida ajralib turadi.
Bitiruvchi Xadjayeva Zarinaning bitiruv malakaviy ishi “ Donli ekinlarning biologik va ekologik xususiyatlari” mavzusini o’rganishga bag’ishlangan. Bitiruv malakaviy ishida kirish qismi, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Mavzuni boyitish uchun 34 ta rasmdan foydalanilgan.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari hamda ahamiyati keng yoritilgan.
Birinchi bobda donli ekinlar haqida umumiy ma’lumotlar yoritilib, donli ekinlarning o’ziga xos xususiyatlari (bargning tuzilishi, ildiz sistemasi, guli, boshoqning tuzilishi, poya, to’pguli) hamda kimyoviy tarkibi haqida ma’lumotlar berilib, rivojlanish fazalari to’g’risida keng yoritilgan.
Ikkinchi bobda donli ekinlarning geografik tarqalishi va biologik xususiyatlari haqida, kuzgi hamda bahorgi g’alla ekinlarining kelib chiqish tarixi hamda tarqalishi, kuzgi va bahorgi g’alla ekinlarining tuzilishi, rivojlanish fazalari hamda navlari haqida keng ma’lumotlar kiritilgan.
Uchinchi bobda donli ekinlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda don mahsulotlaridaan foydalanish usullari to’g’risida ko’pgina ma’lumotlar kiritilgan.
Ishning so’ngida to’g’ri xulosalangan va yakunlangan. Bitiruv malakaviy ish Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi talablariga mosligini inobatga olgan holda, uni himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi:
BTI “Gistologiya va tibbiy
biologiya kafedrasi dotsenti,
biologiya fanlari nomzodi Jabborova O.I.
Buxoro Davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya ta`lim yo`nalishi IV kurs bitiruvchisi
Xadjayeva Zarinaning “Donli ekinlarning biologik va
ekologik xususiyatlari” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Yer sharida aholining donli ekinlarga talabi kundan-kunga oshib bormoqda. Don ekinlardan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom ashyo va konsentrat oziq olinadi. Konsentrat oziq xashaki va oziq-ovqat oqsili manbai hisoblanadi. Donni qayta ishlash chiqindilari - samon, poxol, to'pon chorva mollari uchun oziq bo'ladi.
Don ekinlari orasida bug'doy eng qimmatli ekin hisoblanadi. Uning doni tarkibida 20-21% gacha oqsil bor. Bug'doydan oliy sort un tortiladi. Bug'doy unining kepagi chorva mollariuchun eng yahshi konsentrat oziq hisoblanadi.
Yer sharida aholi sonining ortib borishi don ekinlari maydonini ko'paytirish kerakligidan dalolat beradi. Mustaqillik yillarida Respublikamizda ham donli ekinlar maydonini oshirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, issiqqa chidamli, sho'rga chidamli, har xil zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlar yaratildi. Bu sohada ish olib borgan o'zbek olimlaridan: To'linov R., Eshmiraev K., Jamolov T., Qosimov O. – Andijon-2 va 4 navlari, Omonov A., Umarov N., Xolmatov M. lar – Ko'kbuloq navini yaratganlar.
Talaba mavzu bo`yicha 15 dan ziyod o`zbek va rus tilidagi adabiyotlardan hamda internet ma`lumotlaridan foydalanib, donli ekinlarning (kuzgi va bahorgi bug’doy, arpa, javdar, suli, makkajo’xori, sholi) biologik xususiyatlari, tuzulishi, o’sishi, rivojlanishi, kimyoviy tarkibi, geografik tarqalishi va ahamiyatini o`rgangan. Aniq reja asosida bitiruv malakaviy ishini yozgan. Rasm va jadvallardan foydalanib ishni yoritgan.
BMI 87 betdan iborat bo`lib, oxirida xulosalangan va adabiyotlar ro`yxati berilgan.
Malakaviy ish bakalavriat bosqichini bajarishga qo`yilgan talablar darajasiga mos ravishda bajarilgan. Uni himoya qilishga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar:
Biologiya kafedrasi
katta o`qituvchisi Gafarova S.M.
Do'stlaringiz bilan baham: |