O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti
“Biologiya” kafedrasi
“Biologiya” ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
Xodjayeva Zarina Faxriddin qizi
“Donli ekinlarning biologic va ekologik xususiyatlari”
mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“Ish ko’rildi va himoyaga ruxsat Ilmiy rahbar _______
berildi” S.M. Gafarova
Kafedra mudiri “____” _______ 2017 y.
_____________ B.B. Toxirov
“____” _______ 2017 y.
“Himoya qilishga ruxsat berildi”
Fakultet dekani __________ Ҳ.Т. Артикова
“_______” ______________ 2017 y.
Buxoro-2017
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………….3
I. Donli ekinlarning umumiy tavsifi……………………………………………...5
I.1. G’alla ekinlarining tuzilishi, o’sishi va rivojlanishi…………………………...8
I.2. G’alla ekinlarining kimyoviy tarkibi…………………………………………13
I.3. G’alla ekinlarining rivojlanish fazalari va o’sishi……………………………16
II. Donli ekinlarning geografik tarqalishi va biologik xususiyatlari………...24
II.1. Kuzgi g’alla ekinlari: bug’doy, arpa, javdar………………………………...27
II.2. Bahorgi g’alla ekinlari: bug’doy, arpa, suli, makkajo’xori, oq jo’xori, tariq,
sholi………………………………………………………………………….47
III. Donli ekinlarining ahamiyati……………………………………………....80
Xulosa……………………………………………………………………………..84
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………86
KIRISH.
Donli ekinlar – inson uchun berilgan eng aziz va betakror nematlardan biri bo’lib, don yetishtirish va uni qayta ishlash qadim zamonlardan qo’llanib kelinib, insoniyat hayotida muhim o’rin tutadi. Don va don mahsulotlari eramizdan 6000 yil muqaddam ekila boshlaganligi, vaholanki, insonlar qadimda o’zlari bilmagan holda ham foydalanganliklaridan dalolat beradi. Donli ekinlar tarkibida inson hayoti uchun doimiy zarur bo’lgan barcha ozuqaviy mahsulotlar, jumladan, oqsil, kraxmal, vitamin, uglevodlar, moy, destrin, mineral tuzlar, klechatka, karbon suvlari va boshqa biologik faol moddalar saqlanadi. Dunyo bo’yicha 1 milliard gektardan ortiqroq yerga ekin ekilib dehqonchilik qilinadi. Shu ekin maydonlarning 70% dan ortiqroq qismiga don ekinlari ekiladi. Iqtisodiy muammolarga boy bo’lgan hozirgi murakkab sharoitda donli ekinlar ekiladigan maydonlarni ko’paytirish va turli ekologik sharoitga moslashuvchan turlarni yetishtirish borasida juda ko’plab ishlar olib borilmoqda. Bu sohada ish olib borgan o'zbek olimlaridan: To'linov R., Eshmiraev K., Jamolov T., Qosimov O. – Andijon-2 va 4 navlari, Omonov A., Umarov N., Xolmatov M. lar – Ko'kbuloq navini yaratganlar.
Donli ekinlarni yetishtirish va don mahsulotlarini yetishtirish – qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq g’allachilik sohasida juda katta ishlar amalga oshirila boshladi. Seleksiya va urg’uchilikka e’tibor kuchaytirilib, serhosil, yuqori navli donlar ekila boshlandi. Bundan 25 yil oldin biz 21 milliondan ziyod aholining ehtiyoji uchun zarur bo’lgan 5 million tonna g’allani chetdan, katta mablag’lar evaziga olib kelishga majbur edik. Bugungi kunda esa biz 31 milliondan ortiq aholini o’z yurtimizda yettishtirilgan mahsulotlar bilan ta’minlab kelmoqda. 1990-yil 1899 ming tonnadan 2009-yilda 6637,7 ming tonnaga yetdi. 2012-yilga kelib esa 7 million 500 ming tonna, 2013-yilda 7 million 610ming tonna g’alla yig’ib olindi. Respublikada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar samarasi o’laroq, 2007-2012-yillarda filialda yaratilgan suvli va lalmi bug’doyning 6ta, arpa va no’xatning yangi navlari rayonlashtirildi. G’alla ekinlarini innavatsion texnologiyalar asosida qayta ishlash va xorijiy mamlakatlar tajribasini asosida fermer xo’jaliklari borasida ishlar kengaytirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |