Ta`lim vazirligi



Download 9,18 Mb.
bet14/47
Sana26.02.2022
Hajmi9,18 Mb.
#466791
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Bog'liq
Donli ekinlarning biologik va ekolik xususiyatlari

11-rasm. Bug’doy.
1, 2, 3 – yumshoq bug’doy, unib chiqish va gullash fazasida, boshqa; 4, 5, 6 – qattiq bug’doy, unib chiqish va gullash fazasida, boshoqcha; 7 – poxolpoya va bargning birikishi; 8 – donning uzunasiga kesimi: a – murtak; b – endosperm; d – meva va urug’ qobiqlari; e – po’pilchasi; 9 – rivojlanish fazalari; 10 – kuchsiz ( a ), o’rta ( b ) va kuchli ( d ) bug’doy unidan tayyorlangan nonlar.


Yumshoq va qattiq bug'doyning tur xillari. Turlar boshoq va donning barqaror morfologik belgilariga ko'ra turxillarga bo'linadi. Turlarning turxillarga bo'linishi, shu shakllarni biologik xususiyatlari haqida tasavvur bermaydi va ularni ekologik hamda geografiya bilan bog'lamaydi. Ammo tur xillarga bo'linishi amaliy maqsadlar uchun qimmatli hisoblanadi va navlarni morfologiyasiga qarab tizimlash imkonini beradi. Bug'doy turxillarining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • qiltiqlarining bor yoki yo'qligi (ular tukli, tuksiz ham bo'lishi mumkin);

  • boshoqning rangi (oq, qizil, qora);

  • qiltiqlarining rangi (boshoq rangi bilan bir xil yoki oq va qora boshoqlarda qora qiltiqlar bo'lishi);

  • donlarning rangi (asosan oq va qizil, oq ranglilari sof oq, qizillari sarg'ish, och pushti, qizilcha-to'q pushti, qizg'ish-jigarranglar) kiritiladi.

Dunyoda eng katta ekin maydonlarini yumshoq va qattiq bug'doy turlari egallaydi (12-rasm). Yumshoq yoki oddiy bug'doy (T.riticum aestivum L.) eng katta ekin maydonlarini egallaydi. Uning kuzgi, duvarak, bahori shakllari keng tarqalgan. Boshog'i ancha siyrak, boshog'ining yuza tomoni yon tomonidan enli. Boshoqcha qipiqlari keng, gul qipiqlarini to'la yopib turmaydi. Boshoqcha qipiqlaridagi qiltiqcha qirra (kil) tor, kuchsiz rivojlangan, dondagi popukchalari yaqqol ifodalangan. Doni kesib qaralganda yumaloqroq, konsistensiyasi shishasimon, yarim shishasimon yoki unsimon bo'ladi. Qiltiqli va qiltiqsiz shakllari bor. Qiltiqli shakllarda qiltiqlari boshoqdan kaltaroq va yelpig'ichsimon taralgan bo'ladi. Poxolining ichi g'ovak. Donining 1000 tasini og'irligi 20-70g, ko'p hollarda 30-40g. Qattiq bug'doy (Triticum durum Dusf), maydoni jihatidan yumshoq bug'doydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Asosan bahori shakllari keng tarqalgan. Duvarak, kuzgi shakllari keyingi yillarda yaratilmoqda va ularning ekiladigan maydonlari unchalik katta emas. Uning boshog'i yirik, boshoqda boshoqchalar zich joylashgan, kesimi kvadrat, yonlari siqiq bo'ladi. Boshoqning yon tomoni yuza tomonidan kengroq, boshoqlari qiltiqli, qiltiqlari boshoqdan uzunroq hamda parallel joylashgan. Boshoqcha va gul qobiqlarining uzunligi bir xil. Boshoq qobiqlarida yaqqol ifodalanib turadigan va qirra tubidan boshlanib shishlar holida tugallanuvchi qil bor. Don to'liq gul qobiqlari bilan o'ralgan. Shuning uchun uning yanchilishi qiyin, to'kilib ketishga chidamli. Doni cho'ziq, yon tomonlaridan siqilgan, popukchasi yaqqol ifodalanmagan yoki bo'lmaydi. Sindirib ko'rilganda doni shishasimon. Donining ko‘ndalang kesimi burchaksimon. Poxolpoyasining oxirgi oralig‘idagi, boshoqqa taqalib turadigan joyi to'lgan bo'ladi. Doni oq (sariqroq) yoki jigarrang qizil rangda bo'lib yirik. O'rtacha 1000 ta donning vazni 35 - 55 g.


O'zbekistonning havosi quruq va issiq. Ayniqsa, respublikaning issiq janubiy mintaqalari sifatli qattiq bug'doy doni yetishtirishga juda qulay. Hozir dunyo bo'yicha yetishtirilayotgan 600 mln tonnadan ortiq yumshoq bug'doy donlarining yarmidan ko'prog'i kuchsiz, yaxshilanishga muhtoj, 25-30% i qimmatli, 12-15 foizigina kuchli bug'doylardir. Kuchli bug'doylarni kam miqdorda yetishtirilayotganligiga sabab ularni hamma joyda ham yetishtirib bo'lmaydi. Kuchli bug'doy talablarga javob beradigan don yetishtirilishi uchun kuchli bug'doy navlarini unumdor tuproqlarda, yuqori haroratda, donning pishishi yoki to'lishining oxirida havoning namligi past bolgan sharoitda o'stirish talab qilinadi. Kuchli bug'doy navlari unumdorligi past tuproq, havo namligi yuqori bo’lgan mintaqalarga ekilganda yaxshilovchi bo'la olmaydi. Har bir tur xil morfologik belgilari, biologik va ishlab chiqarish xususiyatlari bilan farq qiladigan qator navlarni o'z ichiga oladi. Bitta tur xil doirasida kuzgi va bahori, tezpishar va kechpishar navlar uchraydi, ular qishga, qurg'oqchilikka, to'kilishga, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi va boshqa xususiyatlari bilan farq qilishi mumkin.
O'zbekistonda va Mustaqil Hamdo'stlik mamlakatlarida ekiladigan ko'pchilik navlar yumshoq bug'doyni - lyutessens, albidum, alborubrum, milturum, grekum, eritrosperum, ferrigineum, eritroleukon, sizium, gostianum, barbarossa, velutunum turxillariga, qattiq bug'doyniki esa melyanopus, leukomelan va gordeiforma tur xillariga kiradi.


Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish