6-rasm. Donli doni tarkibidagi kraxmalning mikroskopda ko’rinishi:
1 – makkajo’xori; 2 – bug’doy; 3 – sholi.
Donning tarkibidagi suv quyidagi ko'rinishlarda bo'ladi:
1. Moddalar molekulalari tarkibiga kiruvchi, kimyoviy bog'langan, qat’iy nisbatlarda bo'luvchi suv, u doimiy va o'zgarmas.
2. Fizik - bog'langan, don tarkibida turli nisbatlarda bo'luvchi, bu shakliga adsorbsiyali bog'langan, osmotik yutilgan va strukturali suvlar kiradi.
3. Mexanik bog'langan erkin, miqdori tez o'zgarib turuvchi suv.
Donlar quritilganda bu suv tez kamayadi. Urug'lar tarkibida suv miqdori 14% dan oshmagan holda saqlanadi (7-rasm). Don tarkibida fermentlardan diastaza, amilaza kraxmal va qandni, lipaza yog'larni, peptaza oqsilni parchalashda ishtirok etadi. Oksidlovchi fermentlardan peroksidaza bor. Don ekinlari donida vitaminlardan В1, B2, B6, PP, E, A va boshqalari bor va ular odamlar hamda hayvonlar hayotida muhim vazifalarni bajaradi.
7-rasm. Bug’doy doninng uzunasiga kesilgani:
1 - popugi; 2 – urug’ po’sti; 3 – endosperm; 4 – endospermning aleyron qavati; 5 – ustki qalqonchasi; 6 – qalqoncha; 7 –yaproqcha; 8 – kurtakchasi; 9 – murtak ildizchalari.
I.3. G’alla ekinlarining rivojlanish fazalari va o’sishi.
Don ekinlarining organogenez bosqichlari va rivojlanish fazalari. Donli
ekinlar individual rivojlanish davrida bir qator organogenez bosqichlarini o'taydi va ularning har qaysisi yangi organlaming hosil bo'lishi hamda organlarning tuzilishidagi o'zgarishlar bilan tavsiflanadi. O'simliklarning hayotiy siklini F.M. Kuperman 12 ta organogenez bosqichlariga bo’linadi:
1. poya o'sish konusining dastlabki shakllanishi;
2. konusning murtak holdagi poya bo'g'ini va bo'g'in oraliqlariga
bo'linishi;
3. boshoq segmentlarining hosil bo'lishi bilan o'sish konusining
cho'zilishi;
4. boshoqcha bo'rtmalari hosil bo'lishining boslilanishi va shakllanishi;
5. gul bo'rtmalarining hosil bo'lishi va bo'linishi;
6. chang donalari va urug'chi sporogen to'qimalarining shakllanishi;
7. boshoqning hamma organlari bo'yicha jadal o'sishi;
8. boshoqlash, boshoq va gullar shakllanishining tugashi;
9. gullash, urug'lanish, zigotalarning hosil bo'lishi;
10. urug' organlari va donning o'sishi hamda shakllanishi;
11. donning sut pishish fazasidan mum pishishigacha donda oziqa
moddalarining to'planishi;
12. oziqa moddalarining zaxiraga aylanishi, urug'larning yetilishi.
Boshoqli don ekinlari o'suv davrida quyidagi rivojlanish fazalarini o'taydi: urug'larning bo'rtishi, unib chiqish, tuplanish, naychalanish, boshoqlash yoki ro'vaklash, gullash va yetilishi (sut pishiqlik, mum pishiqlik, to'la pishiqlik). O'simlikning kamida 10% muayyan fazaga kirganda fazaning boshlanishi va 75% o'simlik kirgan payti to'liq faza deb belgilanadi. Jahon dehqonchiligida o'simlik rivojlanishining boshqa o'lchamlaridan ham foydalaniladi. Bunday shkala va o'lchamlarda rivojlanish fazalari qisqa davrlarga - mikrofazalarga bo'linadi va ular 00 dan 99 gacha belgilanadi. Rivojlanishning mikrofazalar shkalasi boshoq, boshoqchalar, gullar va donning rivojlanish jarayonlarini alohida olib nazorat qilish va shu asosda ekinlar parvarishini tashkil qilish, mo'l va sifatli don hosili yetishtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |