3-AMALIY MASHG`ULOT
3-mavzu: Xiva adabiy muhiti. Nishotiy hayoti va ijodi
Reja:
1. Xiva adabiy muhitining o`ziga xos xususiyatlari
2. Nishotiy adabiy merosi
3. “Husni Dil” dostoni tarkibi, janr xususiyatlari
4. Dostonning ramziy-majoziy timsollar olami
Xiva adabiy muhiti Xiva xonligi saroyida shaklllandi, taraqqiy topdi. Uning gullab yashnagan davri XIX asrga to‘g‘ri keladi. Bu asrda Xorazmda madaniyatning turli yo‘nalishlari rivojlana boshlaydi. Musiqa va musiqashunoslik takomili, teatr san’atining ko‘rinishlari bazm, sayl, masxarabozlik, marosim shakllarida ko‘zga tashlanadi.
Kitobat va xattotlik san’atining o‘ziga xos maktabi vujudga keladi. Ko‘p qo‘lyozmalar ko‘chiriladi. Kotiblar bu ishda ularning janr xususiyatlariga ham e’tibor berganlar.“Bayozi g‘azaliyot”, “Bayozi muxammasot” kabi alohida janrlardan iborat qo‘lyozmalar ham ko‘chirilgan. Devonlar jamlangan. Eng muhimi xattotlik san’atining nazariy-ilmiy qoidalariga bag‘ishlangan maxsus risolalar ham yaratilgan (Munis. “Savodi ta’lim” risolasi)[1].
Tarjima ishlariga katta e’tibor qaratildi. Jahon adabiyotining ko‘plab nodir namunalari arab,fors,usmonli turk tillaridan o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girildi. XIX asrda 170 dan ortiq noyob asarlar tarjima qilingan. Birgina Ogahiyning 20 ga yaqin badiiy,tarixiy,ilmiy-axloqiy asarlarni tarjima qilishiyoq, bu davr tarjimachilik miqyosini ko‘rsatib bera oladi. Ogahiy Xorazmda erkin tarjima maktabini shakllantirdi. Tarjimachilikni takomillashtirdi.
Tarjima bilan bog‘liq ravishda adabiy aloqalar ham rivojlandi. Jomiy, Bedil, Fuzuliy, Sa’diy kabi qardosh xalq shoirlarining asarlari ham muxlislarni o‘ziga rom eta oldi.
Tarixnavislik yangi bosqichga ko‘tarildi. Ularni yaratish Munis, Ogahiy, Bayoniy misolida silsilaviy tus oldi. Abulg‘ozi an’analari munosib davom ettirildi. Daho shoirlarimiz mahorati tufayli tarixiy asarlar o‘zbek nasrining ham noyob namunalariga aylandi.
Litografiya, kino san’ati kirib keldi.
Tazkiranavislikka e’tibor berildi. Ahmad Tabibiy tomonidan yaratilgan «Majmuat ush-shuaro» tazkirasi, Bayoniy tuzgan “Haft shahzoda” nomli majmualar bu davr adabiy muhiti va adabiyot ko‘lamini yoritishda muhim ilmiy qimmatga ega. Laffasiy tomonidan yaratilgan tazkira ham davr adabiy jarayonini tasavvur etishimizda asosiy manbalardan. Shu bilan bir qatorda, ushbu tazkira, majmualar adabiyotshunoslik tarixi, unga oid asarlarning yaratilish sabablari va jarayonlari haqida ham ma’lumot beradi. Jumladan, Laffasiy o‘z tazkirasida Muhammad Rahimxon II ning nevarasi Saidnosir To‘ra Sultoniy hayoti va ijodi haqida yoza turib shunday xabar beradi:”Feruzshohiy dog‘i ko‘b she’rlarini muvofiqi tab’ ko‘rub Muhammad Yusufbek Bayoniyg‘a farmon qilib, tamomi “Haft shahzoda” ismida bir majmua – devon chof qildiradur”[2].
Xiva adabiy muhitida Navoiyga ehtirom, uning an’analarini davom ettirishga intilish kuchli edi. Navoiy asarlariga ko‘plab tatabbular, taxmislar yaratildi. Dostonchilik taraqqiyotida ham Navoiy dostonlariga ergashish ko‘zga tashlanadi. Shoir dostonlarining nasriy bayonlari (Umar Boqiy “Nasri xamsayi benazir”) maydonga keldi. Xalq kitoblari yo‘nalishidagi “Sanobar”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Yusufbek va Ahmadbek” kabi dostonlar ham yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |