"tadbirkorlik va boshqaruv" fakulteti "raqamli iqtisodiyot" kafedrasi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana02.03.2022
Hajmi0,52 Mb.
#477658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Abdulaziz

 
Tadbirkorlik sektori
– bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida 
amal qiluvchi birlamchi bo‗g‗inidir. U ish yuritish uchun o‗z kapitalini yoki qarz 
olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad 
ishlabchiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar 
xo‗jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Davlat
– o‗z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‗ymagan, asosan, iqtisodiyotni 
tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjet tashkilotlari va 
muassasalarining majmui.



Shuningdek, ba‘zi darslik va o‗quv qo‗llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir 
alohida, mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib ko‗rsatiladi. 
Bank
– iqtisodiyotning me‘yorda amal qilishi uchun zarur bo‗lgan pul massasi 
harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. Shunday qilib, yuqorida 
keltirib o‗tilgan bozor iqtisodiyoti subyektlarining o‗zaro ta‘siri va aloqasini 
quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin
1-Rasm. Bozor xo‟jaligi subyektlari o„zaro aloqasining umumiy modeli
1
 
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to‗rtta tarkibiy 
qismdan iborat bo‗ladi: narx, talab, taklif, raqobat.
Narxlar nisbati o‗zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun
ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishi zarurligini aniqlashda yo‗l ko‗rsatkich bo‗lib
xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‗zgarishlar o‗z
navbatida, narxlardagi o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‗lishi va unda xususiy
mulkchilikning ustuvorligi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashining mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‗zgarishlariga
1
Sh. Shodmonov. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T.: «Iqtisod - Moliya » nashriyoti, 2020. 788 bet. 



moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. 
Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu 
iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning 
birinchi ko‗rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g‗arbdagi rivojlangan 
mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy 
adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy 
belgilari: a) iqtisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi; b) 
kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, 
ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilarning shaxsan erkinligi; g) 
tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va 
taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining 
ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining 
kuchayishi; j) bozor xarakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma‘lum bozor 
uchun ishlash. 
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‗rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor
iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal
qiladi. Uning asosiy belgilari:
a) iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari,
ya‘ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning
bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‗lida to‗planib, milliy va xalqaro
miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fantexnika 
taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni,
rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‗rtasidagi nisbatlarni
tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo‗jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes
rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish,
marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar);


10 
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy
kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta‘minot va ijtimoiy sug‗urta fondlarining
vujudga kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib 
qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish uchun 
negiz va shart-sharoit bo‗lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon bozor xo‗jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining
o‗zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta‘sirning intensivligi darajasi hamda
davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy 
bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi . 
2

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish