"tadbirkorlik va boshqaruv" fakulteti "raqamli iqtisodiyot" kafedrasi


-rasm. Zamonaviy bozor xo‟jaligi modellari



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana02.03.2022
Hajmi0,52 Mb.
#477658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Abdulaziz

2-rasm. Zamonaviy bozor xo‟jaligi modellari 
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha 
hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‗lgan bir qator shart-sharoitlar bo‗lishi 
taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‗or texnologiya va yangi texnik vositalardan 
keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi, modernizatsiyalash 
diversifikatsiyalash va boshqalar.
 
2
Sh. Shodmonov. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T.: «Iqtisod - Moliya » nashriyoti, 2020. 788 bet. 


11 
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari 
Ijtimoiy xo‗jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‗lini tanlagan har 
qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal
bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, har qanday iqtisodiy
tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak 
bo‘ladi: 
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?
2) ushbu mahsulot va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida
ishlab chiqariladi?
3) bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha – «nima, qanday qilib, kim
uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an‘anaviy
iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‗p yillar davomida mavjud bo‗lib kelayotgan
an‘analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta‘sirida hal etilsa, ma‘muriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va 
rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o‗zgacha 
tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‗ziga xos xususiyatlaridan, 
uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi. Nima va qancha miqdorda ishlab 
chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan 
ta‘minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog‗liq. Bunda mavjud bo‗lgan 
resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida 
foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar 
ko‗rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu 
bilan birga mahsulot va xizmatlarning qanday to‗plami jamiyat talablarini to‗la 
qondira olishi e‘tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud 
bo‗lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo‗lgan mahsulot va xizmatlar 
yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovarni sotishdan olinadigan umumiy pul 
daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o‗rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‗batlantiradi. Birinchi bo‗lib tejamli 
texnologiyalarni qo‗llash korxonaning o‗z raqobatchilari oldidagi


12 
vaqtinchalik ustunligini ta‘minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi
korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi
texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor
iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‗lgan texnika 
va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha
xulosa 
qilinadigan bo‗lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim uchun va qanday qilib 
ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi:
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‗lovga layoqatli 
iste‘molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to‗lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini beradigan 
xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta‘minlaydigan, resurslarni tejash imkonini beradigan
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o‗zining afzalliklari bilan 
ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror 
amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta 
ustun jihatini ko‗rsatib o‗tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali 
taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi 
resurslarni jamiyatga eng zarur bo‗lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga 
yo‗naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg‗unlashtirishning ancha 
samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani
qo‗llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda
boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab
darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta‘minlaydi.
2. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim 
afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ijtimoiy 
ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‗lib alohida shaxs 
va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‗unlashtirish hisoblanadi. Bunday 
uyg‗unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi – markazdan 


13 
boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo‗llash bo‗lsa, ikkinchisi – bozor tizimi 
vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni 
majbur qilmasdan uyg‗unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti
tadbirkorlik va 
tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
3. Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta‘minlanishi.Bozor 
iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va 
korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‗lishadi. Chunki xo‗jasizlik, 
sustkashlik, beg‗amlik har qanday xo‗jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. 
Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda 
olishni ta‘minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million 
kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‗rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir
qatorda boshqa ko‗plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‗tish mumkin. Jumladan:
- uning ishlab chiqarishning o‗zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va
ko‗nikishining yuqori darajasi;
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning 
jadal sur‘ati;
- turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
- cheklangan axborot – turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish
darajasiga yo‗nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish
imkoniyati.
Shu o‗rinda ta‘kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‗ziga xos kamchilik 
va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u 
o‗zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yo‗l qo‗yadi va 
hatto buni rag‗batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita 
asosiy manbai mavjud:
1) bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib 
va o‗z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo‗lidan 
ozod bo‗lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‗shilib ketishi, kompaniyalarning 


14 
xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari masalan, jismoniy kuch 
ishlatish, zo‗ravonlik, tazyiq o‗tkazish va h.k.) ni qo‗llash
– bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik
ta‘sirining pasayishiga olib keladi;
2) bozor tizimi rag‗batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning
zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi
real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‗lishini; v) kompleksli,
markazlashgan va qat‘iyan bir butun bo‗lib birlashgan bozorning tarkib topishini; g) 
boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning 
hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud 
bo‗lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo‗llash 
asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda 
ko‗p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‗p bo‗lmagan yirik ishlab 
chiqaruvchilar mavjud bo‗lishini taqozo qiladi. Bozor tizimi jamiyatning yuqori 
ehtiyojli tovarlar bilan ta‘minlanishiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning 
kuchsizlanib borishi iste‘molchining erkinligiga ham putur yetkazadi. Bozor tizimi 
o‗zining iste‘molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash 
layoqatini ham yo‗qotib borishi mumkin. Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati 
jamiyat a‘zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining 
tabaqalanishi bilan bog‗liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada 
rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma‘lum 
darajada yumshatish mumkin. Bozor iqtisodiyotining umumiy e‘tirof qilingan 
kamchiliklaridan yana biri shundan iboratki, u ijtimoiy ne‘matlar va xizmatlarni 
ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a‘zolarini 
bunday ne‘matlar va xizmatlar bilan ta‘minlash davlat zimmasida bo‗ladi. Tovarlar 
hajmi bilan pul massasi o‗rtasidagi ro‗y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta 
olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, 
ya‘ni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik 
yoki salbiy jihatlari ham mavjud:


15 
- atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta‘siridan muhofaza
qilish mexanizmining mavjud emasligi;
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo‗qligi;
- mehnat qilish bilan bog‗liq kafolatlarning mavjud emasligi;
- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko‗maklashuvning 
yo‗qligi;
- rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlarning bo‗lib turishi hamda ijtimoiy 
ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining oshishi kabi holatlarining 
mavjudligi.
Shuningdek, 2008 yilda AQSh ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda 
ko‗plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyotning moliyaviy 
sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib 
kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‗p tomondan bozor iqtisodiyotining 
ziddiyatli jihatlari ta‘siri bilan bog‗liq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda 
bozorning o‗zini-o‗zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda davlatning 
nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e‘tibor qaratmaslik pirovardida 
inqiroz holatlarining ro‗y berishiga olib keldi. O‗zbekistonda davlat tomonidan bozor 
munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e‘tibor 
qaratilib, zarur bo‗lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari 
qo‗llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‗zini to‗la oqladi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish