"tadbirkorlik va boshqaruv" fakulteti "raqamli iqtisodiyot" kafedrasi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana02.03.2022
Hajmi0,52 Mb.
#477658
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Abdulaziz

O„zini o „zi boshqarish
. Jam iyatdagi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning ikkita 
turi mavjud bo'lib, ulaming birinchisi yuqoridan beriladigan buyaiq va ko'rsatmalar 
asosida boshqarish bo'lsa, ikkinchisi bozor munosabatlariga tayangan holda o'zini 
o‗zi boshqarishdir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlaming xo'jalik 
amaliyotida o'zini o‗zi boshqarish muhim tamoyil hisoblanadi. Mazkur tizim 


18 
sharoitida iqtisodiy taraqqiyotni davlat boshqamvi va menejerlar tajribasi hamda
donoligi ma‘lum darajada belgilab beradi. Biroq hal qiluvchi omil bo‗lib erkin bozor 
munosabatlari va erkin baholar xizmat qiladi. Adam Smit tomonidan „ko‗rinmas q o 
T deb atalgan talab va taklif iqtisodiyotni nafaqat tartibga solib turadi, balki 
boshqaradi ham. Tovar va xizmatlarning taklifi talabga nisbatan ko‗payib ketsa, 
narx-navo tushadi, aks holda ular ko'tariladi. iqtisodiyotning qaysi tarmog'i yoki 
sohasi ko‗proq daromad keltirsa, sarmoyadorlarning mablagiari o‗sha tomonga oqib 
kela boshlaydi. Sifatsiz tovarlar va xizmatlar yaratayotgan korxona va firmalar 
iqtisodiy jihatdan sinib, o‗z-o‗zidan yopilib ketadi. Yuqori sifatli tovar ishlab 
chiqaruvchilarning omadi chopaveradi, chunki, bir tomondan, tovarga talab katta 
bo‗lsa, ikkinchi tomondan, bu tovar yuqori baholarda sotiladi.
Shunday qilib, bozor mexanizmining o‗zi iqtisodiy obyektlar va jarayonlarni 
o'zini o‗zi tartibga soluvchi va boshqaruvchi qilib qo'yadi, xo‗jalik yuritishning eng 
oqilona usullarini tanlash, ishlab chiqarishning eng yangi texnologiyalarini joriy 
etishni tadbirkorlarning tabiiy ehtiyojiga aylantiradi.
O„z-o „zini moliyalashtirish. 
Har qanday xo'jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy 
faoliyat ko'rsatar ekan, uning oldida bitta muhim vazifa turadi. Bu vazifa o‗z 
mustaqilligini to‗la-to‗kis ta‘minlashdir. Buning uchun u o'zining xo'jalik faoliyati 
bilan bog'Iiq bo'lgan barcha moliyaviy sarf-xarajatlarni qoplashi va olgan foydasi 
hisobidan o ‗z taraqqiyotini amalga oshirishi kerak. O'zbekona ta'birbilan aytadigan
bo'lsak, bozor iqtisodiyoti sharoitida Jiar kim o ‗z aravasini o ‗zi tortishi kerak". 
To‗g‗ri, xo‗jalik yurituvchi subyektlar o‗z mablag‗lari yetarli bo'lmagan hollarda 
bankdan kredit (qarz)lar olishi mumkin. Biroq bu ham „o‗z aravasini o ‗zi tortish" 
bilan teng narsa. Chunki bankdan olingan qarzlarni qaytarish, qaytarganaa ham 
foizlari bilan qaytarish kerak. 
O'z -o ‗zini moliyalashtirish tamoyiliga amal qilish uchun xo'jalik yurituvchi 
subyektlardan uddaburonlik, tadbirkorlik, hisob-kitob bilan faoliyat yuritish, uzoqni 
ko'ra bilish va boshqa bir qator fazilatlar talab qilinadi. Iqtisodiy faoliyatning hisob-
kitobini joviga qo'ya olmagan, o'zining tovar va xizmatlariga bo'lgan joriy va 
istiqboldagi talabni yaxshi o'rganib chiqmagan tadbirkor foyda olish u yoqda


19 
tursin, hatto o‗z xarajatlarini ham qoplay olmaydi. Narx-navo erkinligi. Bozor 
iqtisodiyotining eng muhim belgisi va tamoyili hisoblangan narx-navo erkinligi 
shuni bildiradiki, tovar va xizmatlarning bahosi davlat tomonidan emas, balki 
sotuvchi bilan xaridoming o‗zaro kelishuvi asosida belgilanadi. Mamlakatimizda 
o'tgan asrning 90-villariga qadaramal qilgan markazlashgan rejali iqtisodiyot
sharoitida tovar va xizmatlarning bahosi, qoida tariqasida, davlat tomonidan 
belgilanib (voki o'rnatilib) kelinar edi. Baholar uzoq vaqt davomida amal qilar va 
shuning uchun tovar va xizmatlar yaratishga sarflanayotgan xarajatlarni hamma vaqt 
ham to'liq aks ettiravermas edi.
Undan tashqari uzoq vaqt amal qiluvchi baholar tovar va xizmatlarga bo'lgan 
talabni ham, ularning taklifidagi o'zgarishlami ham aks ettirish imkoniyatidan 
mahruni edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx-navoni erkinlashtirish degani, albatta, 
barcha tovar va xizmatlarning bahosi bozorda sotuvchi bilan xaridor 0‗rtasidagi 
kelishuv asosida shakllanadi, degan ma'noni bildirmaydi. Umumdavlat 
manfaatlaridan kelib chiqib, muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan tovarlar 
(masalan, paxta tolasi, oltin va boshqa qimmatbaho metallar)ning bahosini davlat 
belgilab beradi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin bozor baholari vetakchi 
o'rinni egallaydi. Shu bilan birgalikda, rivojlangan mamlakatlaming xo'jalik
amaliyotida shartnomaviy deb ataluvchi narxlar ham keng qo'llanadi. Ular uzoq vaqt 
davomida sheriklik aloqalari asosida ish vurituvchi firma va korxonalarning xo'jalik 
amaliyotida ko'proq qo'llanadi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish