3) Bozor iqtisodiyotiga o‟tishning sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‟li.
Bu
mamlakatlarda davlat mulki hukmron mavqega ega bo‘lib, iqtisodiyot davlat
tomonidan markazlashgan tarzda tuzilgan rejalar asosida boshqarilgan. Yaratilgan
mahsulot ham davlat tomonidan taqsimlangan.
Totalitar iqtisodiyotning bozor bilan umumiyligi yo‘q, ular bir-biriga zid,
tabiatan har xil. Shuning uchun ham bu modelda aholiga bozor munosabatlari
23
g‘oyalarini singdirmay, ularga yangicha ko‘nikma hosil etmay turib, bozor
iqtisodiyotiga o‘tib bo‘lmaydi, lekin bu tizimning afzalligi shundaki, u o‘ziga xos
usullar bilan kuchli ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kadrlar potentsialini
yaratgan. Ularga tayangan holda bozor iqtisodiyotiga o‘tish nisbatan engil kechishi
mumkin.
Umuman olganda o‘zining yorqinligi, samaradorligi, erishgan yutuqlari bilan
jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan modellar
«Amerika», «Germaniya»,
«Xitoy»
modeli va boshqalar hisoblanadi.
«AQSh modeli»
liberal model sifatida xarakterlanadi. Amerikacha andazaning
o‘ziga xos xususiyati uning tadbirkorlikni aholi orasida keng yoyishga,
ommaviylikka erishishni ta‘minlashga asoslanganligidir. U jamiyat a‘zolaridan har
birining ishbilarmonlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy faoliyatni, xususiy
manfaatdorlikni oshirish uchun keng shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Mamlakat
iqtisodiy rivojlanishidagi ayrim ziddiyatlar, pasayish va inflyatsiya singari salbiy
holatlar ko‘plab sug‘urta, xayriya jamg‘armalari, qolaversa, davlat yordamida hal
etiladi. Bunda davlat qonunlar (ular hamma sohani qamrab olgan) to‘la va to‘g‘ri
bajarilishini kuzatib boradi.
U boshqa modellardan quyidagi xususiyatlari bilan faq qiladi:
— davlat mulki ulushining kamligi (sanoatda, aktsionerlik kapitalida davlat
kapitalining hissasi 10%. Buyuk Britaniyada esa 24%, Frantsiyada 34%, Italiyada
38%);
— tadbirkorlikni keng ravishda qo‘llab-quvvatlash. Kichik biznes 90- yillarda
yangi ish o‘rinlarining 90% ini tashkil etgan;
— iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning minimal darajada aralashuvi
(iqtisodiyotda chuqur inqiroz ro‘y berib, tanglikdan olib chiqish jarayonida (60-
yillarda), qashshoqlik bilan
kurash yillarida davlat aralashuvi yuqori bo‘lgan, 70- yillardan boshlab davlat
aralashuvi qisqarib borgan);
— aholining tabaqalanishi kuchli, kam ta‘minlangan aholining hayot kechirish
darajasi past;
24
— ish haqida katta farq mavjud (firma boshliqlari bilan ishchi-xizmatchilar
o‘rtasidagi tafovut 110 martadan ortib ketadi).
Xozirgi paytda AQShda aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan yalpi milliy
mahsulot 28 ming dollarga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |