Zaytun, Yevropa zaytuni – Olea europaea L. Zaytun daraxti Zaytundoshlar – Oleaceae oilasiga mansub bo‘lib, balandligi 3-7 m gacha yetadigan doim yashil daraxt. Barglari nishtarsimon yoki cho‘ziq shaklda, qalin, tekis qirrali, ustki tomoni to‘q yashil, pastki tomoni kulrang bo‘lib, poyasi bilan shoxlarida qisqa bandi bilan qarama-qarshi o‘rnashgan. Mayda, ko‘rimsiz gullari shingilga yoki kam shoxli g‘o‘vakka to‘plangan. Mevasi – tuxumsimon yoki sharsimon danakli xo‘l meva. Zaytun may - iyun oylarida gullaydi, mevasi sentyabr - dekabrda pishadi. Bu qimmatli daraxt O‘rta Yyer dengizi atroflarida, Qrim, Kavkaz va Markaziy Osiyoning janubiy subtropik mintaqalarida o‘stiriladi. Zaytun eng qadimgi madaniylashtirilgan daraxt turi xisoblanadi. Mevasidan olinadigan moyi qimmatli xom-ashyo hisoblanadi. Mevalari to‘liq yetilganda extiyotlik bilan yig‘ib olinadi va moy olish uchun zavodlarga yuboriladi. Mevasida 70%, urug‘ida 30% zaytun moyi bo‘ladi. Moy emulsiyasi buyrak, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari, jigar, qovuq va siydik yo‘llarida paydo bo‘lgan toshlarni tushirishda hamda me’da-ichak kasalliklarida qo‘llaniladi. Moyidan yana ba’zi dori moddalarning yeritmalari va surtmalarini tayyorlash uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, moyi yumshoq surgi ta’siriga ega. U «Olimentin», «Sistenal», «Enatin», «Rovatin», «Rovaxol» kabi kompleks preparatlar tarkibiga kiradi. Zaytun moyi xazmi engil shifobaxsh bo‘lib, oziq-ovqat maqsadlarida keng ishlatiladi va undan texnikada ham foydalaniladi.
O ddiy anjir – Ficus carica L. Bu mevali o‘simlik Tutdoshlar – Moraseae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 8 m gacha yetadigan buta yoki kichik daraxt. Barglari yirik umumiy ko‘rinishi yumaloq-tuxumsimon yoki tuxumsimon, uch- besh bo‘lakli bo‘lib, uzun bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket joylashgan. Mayda, ko‘rimsiz gullari noksimon, uchi teshik to‘pgulning ichiga o‘rnashgan. Mevasi – noksimon yoki yassi sariq yoki to‘q qizil-qo‘ng‘ir rangli, syershira to‘p meva. Anjir yovvoyi holda Tojikiston, Turkmaniston janubidagi quruq subtropik xududda va Kavkaz subtropiklarida uchraydi. Anjir O‘zbekistonda, Qozog‘iston, Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Kavkaz va Qrimda madaniy holda ko‘plab navlari o‘stiriladi, ularni sovuqdan saqlash uchun qishga ko‘miladi. Tibbiyotda anjirning bargi va mevasi ishlatiladi. Mevasi tarkibida 20,3% gacha (quritilganida 75%) qandlar, vitamin B va C, karotin, organik (oksalat, limon, olma, sirka) kislotalar, fitsin, amilaza va proteinaza fyermentlari va boshqa biologik faol moddalar, bargida furokumarinlar (psoralen, byergapten va boshqalar) bor. Mevasi surgi dori – kafiol tarkibiga kiradi. Bargining furokumarinlar summasi preparati – psobyeran yeritma va tabletka xolida pes – vitiligo kasalligini davolashda ishlatiladi. Anjir mevasi tarkibida fitsin fyermenti bo‘lgani uchun u yana tromboemboliya kasalligini, ko‘p miqdorda qandlar va kaliy tuzlari saqlaganligi uchun yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Abu Ali ibn Sino anjir mevasini balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida eyishni, yo‘talni qoldirish uchun mevasini sutda pishirib, so‘ng iste’mol qilishni buyo’rgan. Anjir mevasi xalq tabobatida gastrit, surunkali qabziyatni davolash uchun hamda balg‘am ko‘chiruvchi va siydik xaydovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |