Mavzu: Genetikaning yangi yo’nalishlari:
Reja:
1.Genetika haqida tushuncha.
2.Irsiyatning mutatsiya nazariyasi.
3.O’zbekistonda madaniy o’simliklar genetikasi
Genetika haqida tushuncha.“Genetika” so‘zi grekcha “genesis” so‘zidan olingan bo‘lib, “kelib chiqish”, “tug‘ilishga taalluqli” degan m a’nolarni beradi. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat — irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganuvchi fandir. Irsiyat — organizmning o'z belgisi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlariga o'tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli tur doirasidagi individlar o‘xshash bo‘ladi. O'zgaruvchanlik — organizmlarning individual rivojlanish jarayonida yangi belgilarni kashf etish xossasidir. O‘zgaruvchanlik tufayli tur doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi. Demak, irsiyat bilan o'zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi, ammo birbiri bilan uzviy bog‘liq xossalardir. Irsiyat tufayli turning bir xilligi saqlanib borsa, o‘zgaruvchanlik uning xilma-xilligini ta ’minlaydi. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar organizm irsiyatining moddiy asoslari o‘zgarishiga bog‘liq. O‘zgaruvchanlik tashqi muhit sharoitlari bilan ham belgilanadi. O‘zgaruvchanlik tirik tabiatning xilma-xilligini yaratib, tanlash uchun material yetkazib beradi, irsiyat esa bu xilma-xillik orasidan eng moslanganlarini saqlab qoladi, o‘zgaruvchanlik natijalarini mustahkamlaydi. Tiriklikning bu ikkala qarama-qarshi bo‘lib tuyulgan xususiyatlari: irsiyat (konservativ) va o‘zgaruvchanlik (progressiv) organik olamning evolutsiyasi asosini tashkil qiladi. Genetika irsiyat va o ‘zgaruvchanlikni idora qilish y o ‘llarini ham o ‘rganadi, uning natijalaridan insoniyat uchun xizmat qilishda foydalanadi. Shuning uchun ham genetika fani boshqa biologik fanlar orasida yetakchi o ‘rinni egallaydi. Genetika irsiyat va o ‘zgaruvchanlikni idora qilish y o ‘llarini ham o ‘rganadi, uning natijalaridan insoniyat uchun xizmat qilishda foydalanadi. Shuning uchun ham genetika fani boshqa biologik fanlar orasida yetakchi o ‘rinni egallaydi. Insonlar juda qadim zamonlardayoq ota-onalar va bolalardagi belgilarning o‘xshashligiga, ular orasidagi farqlarning ham mavjud bo‘lishligiga, bolalarda uzoq ajdodlar belgisining yuzaga chiqishi mumkinligiga e’tibor berganlar. Insonlar irsiyat xususiyatlaridan stixiyali ravishda o‘z amaliy maqsadlarida madaniy o‘simliklar va uy hayvonlari navlari va zotlarini yaxshilashda foydalanib kelganlar. Irsiyat mexanizmlari to ‘g‘risida dastlabki fikrlarni qadimgi allomalar — Demokrit, Gippokrat, Platon, Arastu asarlarida 5 uchratish mumkin. Masalan, Gippokrat shunday yozgan edi: “...urug‘ butun tanani hosil qiladi, sog‘lom urug‘dan tananing sog‘lom qismlari, kasal urug‘laridan esa kasal qismlar hosil bo‘ladi. Kaldan — kal bola, ko‘k ko‘zlidan — ko‘k ko‘zli bola, g‘ilaydan g‘ilay, tuxumsimon kallalidan — tuxumsimon kallali farzandlar dunyoga keladi”.
Irsiyatning mutatsiya nazariyasi. Irsiyatning mutatsiya nazariyasi kashf etilishi (de-Friz, 1903) G. Tarixidagi muhim voqealardan biri boʻldi. Bu nazariyaga binoan kuchli taʼsir etuvchi omillar (mutagenlar) taʼsirida organizmlarning genlari tubdan oʻzgarib, yangi turgʻun xolatda nasldan-naslga beriladigan oʻzgaruvchanlik paydo boʻladi. Bu jarayon mutagenez, irsiy oʻzgargan belgi esa mutatsiya; mutatsiyaga ega boʻlgan organizm oʻz navbatida mutant deb ataladi. Ushbu nazariya dastlab rus olimi S. I. Korjinskiy tomonidan yangi dalillar bilan tasdiklandi. Nemis olimi G. Meller 1927 y.da drozofila pashshasiga radiatsiya nurlarini taʼsir ettirib, sunʼiy sharoitda koʻplab mutatsiya olish mumkin ekanligini isbotladi. U tajribada hosil boʻlayotgan mutatsiyalarni hisobga olish, ularning tabiatini oʻrganish metodini ishlab chikdi. Rus olimlari G. A. Nadson va G. S. Filippov (1925) rentgen nurlari taʼsir ettirib, madaniy oʻsimliklarning har xil mutatsiyalarini olishdi. Ingliz olimi Sh. Auerbax, rus olimi I. A. Rapoport ayrim kuchli taʼsir etuvchi kimyoviy moddalar taʼsirida mutatsiya olish metodini ishlab chikdi. Bu tadqiqotlar mutatsion G. Yoʻnalishining paydo bulishiga olib keldi. Evolyutsion G. Organizmlardagi genetik qonuniyatlarni populyatsiya darajasida tekshiradi. Bunday maʼlumotlar evolyutsion taʼlimotni genetik asoslashga imkon berdi. Evolyutsion G. Duragaylash, mutagenez, alohidalanish (izolyatsiya), kuchish (migratsiya), tanlash, genlar dreyfi, populyatsiya toʻlqini kabi omillarning evolyutsiyadagi ahamiyatini tushunib olishga imkon beradi. Turlar evolyutsiyasi, hayvonlar zoti va oʻsimlik navlari yaratishning genetik asoslarini urganish imkonini beruvchi genetikmatematik metodlar ishlab chikildi
O’zbekistonda madaniy o’simliklar genetikasi O'zbekistonda genetika fanining shakllanishi va rivojlanishida dunyoga
mashhur olim akademik N.I.Vavilovning o'simliklar genetikasi, selektsiyasi
va urug'chiligi haqidagi nazariy va metodik ilmiy-tadqiqot ishlarining
natijasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ayniqsa uning madaniy o'simliklarning
kelib chiqish markazlari haqidagi ta'limoti hamda N.I.Vavilov va uning
hamkasblari tomonidan sobiq Ittifoqda dunyoda eng boy o'simliklar
genofondidan iborat madaniy o'simliklar va ular-ning yovvoyi ajdodlarining
dunyo kollektsiyasining yaratilishi O'zbekis-tonda madaniy o'simliklar
genetikasi va selektsiyasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni
rivojlantirish uchun asos bo'ldi.
O'zbekistonda genetika fanining aksariyat yo'nalishlari bo'yicha ilmiy-
tadqiqot ishlarining hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyor-lashning
samarali bo'lishida O'zbekistonda ko'p yillar ishlagan mashhur olimlar –
akademiklar B.L.Astaurov, V.A.Strunnikov hamda rossiyalik olimlar –
akademiklar N.P.Dubinin, V.A.Shumnыy, professorlar – M.E.Lobashev va
D.V.Ter-Avanesyanlarning xizmati katta bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |