Mollyuskalar - Mollyuskalar (Mollusca) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Gavdasi, odatda, bosh, tana va oyoq boʻlimlaridan iborat (ikki pallalilardan tashkari). Tanasi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan oʻralgan. Mantiya bilan tanasi oraligʻida mantiya boʻshligʻi boʻladi. Bu boʻshlikda jabralar va boshqa organlar joylashgan. Ayirish, orka chiqaruv va jinsiy teshiklar ham mantiya boʻshligʻiga ochiladi.
Mantiya tananing orqa tomonida chigʻanoq hosil qiladi. Chigʻanoq tanani himoya qilib turadi. Harakat organi tananing qorin tomonidan hosil boʻladigan yassi yoki ponasimon yagona oyoqdan iborat.
Oʻpkali mollyuskalar — korinoyokli mollyuskalar kenja sinfi. Chigʻanogʻining balandligi 0,6—2,0 mm. Ayrim turlari chigʻanogʻi teshigining atrofida tishsimon oʻsimtalari bor; oyogʻi chigʻanoq ichiga tortilganida oʻsimtalar mantiya chetidagi yumshoq toʻqimaga tegib, undan shilimshiq suyuqlikni siqib chiqaradi; suyuqlik havoda qotib, chigʻanoq teshigini bekitadi va mollyuska tanasini qurib qolishdan saqlaydi. - Oʻpkali mollyuskalar — korinoyokli mollyuskalar kenja sinfi. Chigʻanogʻining balandligi 0,6—2,0 mm. Ayrim turlari chigʻanogʻi teshigining atrofida tishsimon oʻsimtalari bor; oyogʻi chigʻanoq ichiga tortilganida oʻsimtalar mantiya chetidagi yumshoq toʻqimaga tegib, undan shilimshiq suyuqlikni siqib chiqaradi; suyuqlik havoda qotib, chigʻanoq teshigini bekitadi va mollyuska tanasini qurib qolishdan saqlaydi.
Jabralari boʻlmaydi. Mantiya boʻshligʻi yuzasi oʻpka vazifasini bajaradi. 2 turkumi (oʻtroqkoʻzlilar va poyachali koʻzlilar), 100 ga yaqin oilasi, 30000 dan ortiq turi bor. Quruqlikda yashaydi yoki ikkilamchi tarzda suvda yashashga oʻtgʻan. Germafrodit, koʻpchiligi spermatomorf hosil qiladi; ayrim turlari tirik tugʻadi. Quruqlik Oʻpkali mollyuskalar ohak poʻchoq bilan qoplangan tuxumlarini pana joyga, suvdagi Oʻpkali mollyuskalar maxsus kapsulaga oʻralgan tuxumlarini suv oʻsimliklari va toshlarga yopishtirib qoʻyadi.
Jabralari boʻlmaydi. Mantiya boʻshligʻi yuzasi oʻpka vazifasini bajaradi. 2 turkumi (oʻtroqkoʻzlilar va poyachali koʻzlilar), 100 ga yaqin oilasi, 30000 dan ortiq turi bor. Quruqlikda yashaydi yoki ikkilamchi tarzda suvda yashashga oʻtgʻan. Germafrodit, koʻpchiligi spermatomorf hosil qiladi; ayrim turlari tirik tugʻadi. Quruqlik Oʻpkali mollyuskalar ohak poʻchoq bilan qoplangan tuxumlarini pana joyga, suvdagi Oʻpkali mollyuskalar maxsus kapsulaga oʻralgan tuxumlarini suv oʻsimliklari va toshlarga yopishtirib qoʻyadi. Oʻzgarishsiz rivojlanadi. Oʻsimlikxoʻr, baʼzi turlari yirtqich. Chuchuk suvda yashovchi turlari baliklar ozigʻi, quruqlikdagi Oʻpkali mollyuskalar oʻsimlik maysalarini yeb, ziyon keltiradi. Koʻpchilik turlari gelmintozlarni tarqatadi; ayrim Oʻpkali mollyuskalar (tok shilliq qurti) isteʼmol qilinadi. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq turi, jumladan, quruqlikda yashovchi shilliqlar, suvlarda chuchuk suv shilliqlari tarqalgan. - Jabralari boʻlmaydi. Mantiya boʻshligʻi yuzasi oʻpka vazifasini bajaradi. 2 turkumi (oʻtroqkoʻzlilar va poyachali koʻzlilar), 100 ga yaqin oilasi, 30000 dan ortiq turi bor. Quruqlikda yashaydi yoki ikkilamchi tarzda suvda yashashga oʻtgʻan. Germafrodit, koʻpchiligi spermatomorf hosil qiladi; ayrim turlari tirik tugʻadi. Quruqlik Oʻpkali mollyuskalar ohak poʻchoq bilan qoplangan tuxumlarini pana joyga, suvdagi Oʻpkali mollyuskalar maxsus kapsulaga oʻralgan tuxumlarini suv oʻsimliklari va toshlarga yopishtirib qoʻyadi. Oʻzgarishsiz rivojlanadi. Oʻsimlikxoʻr, baʼzi turlari yirtqich. Chuchuk suvda yashovchi turlari baliklar ozigʻi, quruqlikdagi Oʻpkali mollyuskalar oʻsimlik maysalarini yeb, ziyon keltiradi. Koʻpchilik turlari gelmintozlarni tarqatadi; ayrim Oʻpkali mollyuskalar (tok shilliq qurti) isteʼmol qilinadi. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq turi, jumladan, quruqlikda yashovchi shilliqlar, suvlarda chuchuk suv shilliqlari tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |