Umumiy test-1
1. Sun'iy mutagenez, duragaylash usullari fanning qaysi sohasida keng qo'llaniladi?
A) odam genetikasi B) seleksiya
C) solishtirma anatomiya D) odam fiziologiyasi
2. Plastik funksiyani aniqlang.
A) amilaza B) antitana C) kollagen D) gemoglobin
3. Dala qirqbo'g'imining jinsiy bo'g`ini uchun rnos keladigan javobni aniqlang.
A) yashil, poyali va bo'g'imlarga bo'lingan, zigota hosil qiladi
B) zigotadan rivojlanadi, avtotrof organizm
C) ildizpoyali o'simlik, spora hosil qiladi
D) sporadan rivojlanadi, zigota hosil qiladi
4. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o'g'il farzandi daltonik bo'lsa, shu oila uchun mos keladigan to'g'ri fikrlarni aniqlang. 1) ushbu oiladagi barcha qizlar rangni normal ajratadi. 2) oilada barcha o'g'il farzandlarning 25%i sog'lom tug'iladi. 3) ushbu oilada barcha qizlarni 50%i daltonizm bo'yicha tug'iladi. 4) oilada barcha o`g'il farzandlarning 50%i so`lom tug`iladi.
A)2,3 B)1,3 C)2,4 D)1,4
5. Oila sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang.
A) suvsarsimonlar, boshoqdoshlar
B) to`g' ayli baliqlar, tuyaqushsimonlar
C) suyakli baliqlar, tuyaqushsimonlar
D) hasharotlar, g'ozsimonlar
6. Vakillarida yon bargchali murakkab barglar uchraydigan o'simlik oilalarini aniqlang.
A) sho'radoshlar, ra'nodoshlar, qovoqdoshlar
B) ra'nodoshlar, tokdoshlar, dukkakdoshlar
C) ituzumdoshlar, burchoqdoshlar, gulhayridoshlar
D) loladoshlar, karamdoshlar, piyozdoshlar
7. Olma mevaxo'ri o'z ontogenezining qaysi bosqichida mevalarni zararlaydi?
A) yetuk organizm B) g'umbaklik
C) lichinkalik D) turum
8. Organizmga kirgan mikroblarni bir-biriga yopishtirib eritib yuboradigan moddalarni aniqlang. A) batsillalar B) antitoksinlar
C) antitelolar D) neyrogormonlar
9. Populatsiya darajasida qanday jarayonlar kuzatiladi?
A) modda va energiyaning davriy aylanishi
B) energiyani to'plash va taqsimlash
C) irsiy belgilarning avlodlarga o'tkazilishi
D) dastlabki evolutsion o'zgarishlar
10. Fitosenoz tarkibiga kiruvchi oq akatsiyaga xos belgilarni ajrating. 1) o'q ildiz sistemasiga ega; 2) popuk ildiz sistemasiga ega; 3) produtsent organizm; 4) poyasi kambiysiz; 5) tikani novda metamorfozi; 6) mevasi dukkak; 7) gulqo`rg`oni oddiy; 8) gulqo'rg'oni murakkab.
A) 1, 4, 5, 8 B) 2, 4, 6, 7
C) 1, 3, 6, 8 D) 2, 3, 5, 7
11. Gelmintologiya sohasida ish olib borgan olimni aniqlang.
A) M.S.Navashin B) G. de Friz
C) K.I.Skryabin D) Karpechhenko
12. Quyidagi qaysi xususiyatlar plastidaga xos? 1) anorganik moddalardan birlamchi uglevodlarni hosil qiladi; 2) prokariot va eukariotlarda uchraydi; 3) uglevod va lipidlarni sintez qiladi; 4) ayrimlarida oqsil va moylar to'planadi; 5) qo'sh membranali organoid; 6) hujayraning mexanik ta'sirlarga nisbatan mustahkamligini ta'rninlaydi.
A)2,3,6 B)1,4,6 C)2,3,5 D)1,4,5
13. Tayyorgarlik, glikoliz hamda aerob parchalanish bosqichlarini o'z ichiga oladigan jarayonni belgilang.
A) anabolizm B) dissimilatsiya
C) plastik almashinuvi D) fotosintez
14. Qaysi xususiyatlar sershox qirqbo'g'imning jinssiz bo'g'ini uchun xos? 1) zigota hosil qiladi; 2)ildizpoyali o'simlik: 3) ko'p hujavrali jinsiy a'zoga ega; 4) gametofit nasl hisobiga oziqlanadi: 5) oziq modda to'playdi; 6) sporofit hisoblanadil 7) rizoidli o'simlik.
A) 2;3 B) 3;4 C) 1;7 D) 5:6
15. Sut yo'nalishida yetishtiriladigan qoramol zotlarini aniqlang.
A) Yaroslav, Qozog' iston oqboshi
B) Qizil dasht, Gereford
C) Yaroslav, Qizil dasht
D) Qora-ola Xolmogor, Shortgorn
Do'stlaringiz bilan baham: |