13-amaliy mashg’ulot.
Dorivor daraxt o’simliklarning bioekologik
xususiyatlarini o’rganish.
Mashg‘ulotning maqsadi: O‘zbekiston florasidagi Dorivor daraxt o’simliklarning biologiyasi va ekologiyasi hamda tibbiyotdagi ahamiyati, kimyoviy tarkibi, tarqalishi, dorivorlik xususiyatlari haqida ma’lumotlar byerish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: O‘zbekiston florasida uchraydigan dorivor daraxt o’simliklarning xalq tabobati va rasmiy tibbiyotda foydalaniladigan turlarining biologiyasi, ekologiyasi haqida ma’lumotlar byeriladi.
G rek yong‘og‘i – Juglans regia L. Grek yong‘og‘i Yong‘oqdoshlar – Juglandaceae oilasiga mansub bo‘lib, balandligi 20, ba’zan 35 m gacha yetadigan syershox yirik daraxt. Barglari 3-5 bo‘lakli, toq patli murakkab bo‘lib, poyasi bilan shoxlarida bandi yordamida ketma-ket o‘rnashgan. Bo‘lakchalari qalin, o‘ziga xos hidli, qisqa bandli, tuxumsimon, tuxumsimon-nishtarsimon yoki cho‘ziq tuxumsimon va o‘tkir uchli. Mayda, ko‘rimsiz, bir jinsli gullari ko‘chala to‘pgulga (otalik gullari) yoki bir yillik shoxlariga yakka, 2-3 tadan, ba’zan 5 tadan joylashgan. Mevasi – soxta, danakli (yong‘oqli) meva. Aprel-may oylarida gullaydi, yong‘oq mevasi sentyabrda pishadi. MDH davlatlarida grek yong‘og‘i keng miqyosda o‘stiriladi. Tibbiyotda yong‘oqning bargi va yong‘oq mevasi ishlatiladi. Bargi yozning dastlabki kunlarida (iyun oyida) yig‘iladi va soya yyerda quritiladi. Mevasi xomligida (vitamin qonsentrati tayyorlash uchun) yoki to‘liq pishib yetilganda (moy olish uchun) qoqib olinadi, quritmay darhol yoki quyoshda quritib ishlatiladi. Ba’zan yong‘oqning po‘stlog‘i ham ishlatiladi. Uni yerta baxorda shoxlaridan shilib olinadi va quyoshda quritiladi. Yong‘oq po‘stlog‘i tarkibida oshlovchi, bo‘yoq moddalar, bargi tarkibida glikozidlar, flavonoidlar (kvyersetin va kempfyerol glikozidlari), 4-5% C, P va B2 vitaminlari, karotin, efir moyi, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Bundan tashqari, uning yosh mevasi po‘stida 3% gacha vitamin C, gidroyuglonlar, 25% gacha oshlovchi moddalar, urug‘i (mag‘zi) da 66,9-82,8% yog‘, karotin, C, E, P va B guruxidagi vitaminlar, temir, kobalt tuzlari va boshqa mikroelementlar bor. Bargidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida me’da-ichak yallig‘lanishi, ich ketishi, diabet va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Shu damlama bilan tyeri sili va boshqa tyeri kasalliklari, bolalarning raxit va shirincha kasalliklari hamda turli yaralar davolanadi, angina va gangivitda og‘iz chayiladi. Barg shirasi temiratki, tyeri kasalliklarini davolashda qo‘llanadi. Qorin og‘riganda va ko‘ngil ayniganda yong‘oq mag‘zini iste’mol qilish buyuriladi. Bargidan olingan yuglon preparati (surtma, yeritma va suspenziyalar) ilmiy tibbiyotda tyeri sili, ekzema, surunkali epidyermofitiya, temiratki, tyerining yuqumli, yiringli va boshqa kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladi. Yong‘oqning xom mevasi po‘stida yuqori miqdorda C vitamini (2000 mg % gacha) mavjud bo‘lib, undan C vitamin konsentrati tayyorlanadi, singa va boshqa avitaminoz kasalliklarini davolash hamda ularning oldini olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |