Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet226/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

O ddiy anor – Punica granatum L. Anor o‘simligi Anordoshlar – Punicaceae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 1,5-5 m keladigan buta yoki kichik daraxt. Barglari ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, qalin, yaltiroq bo‘lib, kalta bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida qarama-qarshi joylashgan. Qizil gullari yakka-yakka, ba’zan 2-5 tadan bo‘lib shoxlariga o‘rnashgan. Mevasi – yirik sharsimon, ko‘p urug‘li syersuv soxta meva. Urug‘lari to‘q qizil, och qizil, pushti yoki oq rangli, syersuv, shirin yoki nordon mazali et bilan o‘ralgan. Yovvoyi anor Markaziy Osiyoning va Kavkazning janubida (Armanistonda, Ozarbayjon janubida) quruq subtropik mintaqasida o‘sadi. O‘zbekistonda Surxondaryo viloyatining To‘polangdaryo xavzasida yovvoyi xolda uchraydi. Markaziy Osiyo, Kavkaz va Qrimda xalq seleksiyasi navlari madaniy holda ko‘plab yetishtiriladi, sovuqdan saqlash maqsadida qishga ko‘miladi. Tibbiyotda ushbu o‘simlikning poyasi, shoxi, ildiz po‘stlog‘i ham da mevasi ishlatiladi. Po‘stlog‘i tarkibida 0,25% alkaloidlar (peltyerin, izopeltyerin va boshqalar), smola, betulin kislotasi, oshlovchi va boshqa moddalar, meva po‘stida – 28% gacha oshlovchi modda, ursol kislota, yeyiladigan qismida qandlar, limon, olma kislotalar va C vitamini bor. Anor po‘stlog‘i preparatlari (qaynatmasi va peltyerin alkaloidi tuzlari) organizmdan lentasimon gijjalarni xaydash uchun, meva po‘sti qaynatmasi – ich ketishda va yaralarni davolashda qo‘llaniladi. Meva po‘stidan tanin, shirasidan limon kislota olinadi. Anorning nordon mevalari tarkibida (shirasi) 9% gacha limon kislotasi bor. Ibn Sino anor po‘sti qaynatmasi bilan qon tupurish, milk qonashi va me’da kasalliklarini davolagan. Shuningdek uni yaralarni yuvish, tishni mustaxkamlash maqsadida og‘izni chayish uchun ham da siydik haydovchi vosita sifatida ham qo‘llagan. Xalq tabobatida anor po‘stlog‘i bilan meva po‘stining qaynatmasi, gulining damlamasi, mevasi va uning shirasini ich ketishi, dizentyeriya, sariq kasalliklarini, qo‘tirni davolashda ham da qon oqishini to‘xtatishda (qon tupo’rganda, milkdan qon oqqanda), siydik va gijja xaydashda, og‘riq qoldirishda ishlatiladi. Singa kasalligining oldini olish va davolash, ishtaxa ochish uchun anor mevasi shira sini ichish tavsiya etiladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish