Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet227/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

B ehi – Cydonia oblonga Mill. Behi Ra’noguldoshlar – Rosaceae oilasiga mansub, bo‘yi 1,5-6 m gacha yetadigan daraxt. Tanasi qoramtir-kulrang po‘stloqli, syershox. Kesib turilmasa, ildizpoyasidan ko‘plab bachki novdalar chiqarib ko‘payib ketadi. Dastlab ular ko‘z ilg‘amas mayda tukli bo‘ladi, ammo keyinchalik ular to‘qilib ketib, yalang‘och qoladi. Barglari tuxumsimon yoki cho‘ziq tuxumsimon, pastki tomoni syertuk kulrang, usti to‘q yashil, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Gullari och pushti, besh bo‘lakli, yakka, yirik gulkosachasi mevasi uchida saqlanib qoladi. Mevasi har xil shaklda, katta-kichikligi ham har xil. Sariq, to‘q sariq, ba’zan qizg‘ish. Beshta uyachasida urug‘i joylashgan. Behi suvsiz, shirin burishtiruvchi ta’mga ega bo‘lib, xidi yoqimli. Behi aprel oyida gullab, oktyabr - noyabrda mevasi pishib yetiladi. Behi yovvoyi holda Markaziy Osiyoning janubidagi quruq subtropiklarda mintaqasida tog’‘ vodiylarida uchraydi. Uning xalq seleksiyasi navlari keng tarqalgan. Behi Markaziy Osiyo, Kavkaz, Qrim va boshqa iqlim sharoitlari yumshoq yyerlarda mevali daraxt sifatida o‘stiriladi. Xozirgi vaqtda uning bir qator yangi navlari yetishtirilib behizorlar tashkil qilingan. Xalq tabobatida mevasining o‘zi, urug‘i ishlatiladi. Ushbu o‘simlik urug‘i tarkibida 20% gacha shilliq modda, 0,58% amigdalin glikozidi va boshqa birikmalar bor. Yetilgan mevasi tarkibida 10% gacha qandlar (6,2% fruktoza), 5% atrofida pektin va 0,6% oshlovchi moddalar, 3% dan ortiqroq organik (olma, vino va limon) kislotalar, efir moyi, 10-20 mg % vitamin C, temir, mis tuzlari va boshqa birikmalar bo‘ladi. Urug‘ining qaynatmasi o‘rab oluvchi vosita sifatida me’da va ichak devorlari ta’sirlanishini kamaytirish hamda dori moddalarning so‘rilishini (shimilishini) cho‘zishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, qabziyatda surgi, nafas yo‘llari kasalliklarida (ayniqsa bolalar kasallanganda) ko‘krakni yumshatuvchi va balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Behi mevasi xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash uchun qadimdan ishlatib kelinadi. Behi mevasining damlama va qaynatmasini Abu Ali ibn Sino ich ketish kasallikni davolashda ishlatgan. Ishtaxa ochuvchi, burishtiruvchi va siydik haydovchi dori sifatida ichishga byergan. Meva shirasi bilan qon tupurish, astma va boshqa kasalliklarni, urug‘ qaynatmasi bilan o‘pka va yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini davolagan. Behi mevasi qaynatmasi ham da dimlab pishirilgan behi jigar, qon tupurish, yo‘tal va boshqa ko‘krak kasalliklarini davolash, ovqat xazmini yaxshilash, qusish va qon oqishini to‘xtatish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga undan yana siydik xaydovchi va burushtiruvchi vosita sifatida, urug‘ qaynatmasidan esa ich ketishni to‘xtatish maqsadida foydalaniladi. Oziq-ovqat sanoatida behi mevasidan mo’rabbo, kompot va qonsyervalar tayyorlanadi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish