Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet230/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

O ddiy qarag‘ay – Pinus sylvestris L. Oddiy qarag‘ay qarag‘aydoshlar – Pinaceae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 40 m gacha yetadigan doim yashil ninabargli daraxt. Daraxt tanasida shoxlari to‘p-to‘p joylashgan. Ninabarglari yarim silindrsimon, qattiq, o‘tkir uchli, ichki tomoni botiq ustki tomoni do‘ng, poyada juft-juft bo‘lib o‘rnashgan. Gullari bir jinsli, ko‘rimsiz, qubbalarga joylashgan. Otalik qubbalari bahorda yosh novdalarda hosil bo‘ladi, onalik qubbalari novdalarning uchki qismida 1-3 tadan joylashadi. Onalik qubbalari ikkinchi yili pishadi va yog‘ochlanib qoladi. Oddiy qarag‘ay MDH ning Yevropa qismi, Sibir, Qozog‘istonning shimoliy qismi, Kavkaz va Uzoq Sharqdagi ninabargli o‘rmonlarning asosiy o‘rmon hosil qiluvchi daraxtlaridan hisoblanadi, 150 mln gektarga yaqin maydonda o‘sadi. O‘zbekistonga introduksiya qilingan, tog’‘li xududlarda yaxshi o‘sishi bilan ajralib turadi. Tibbiyotda oddiy qarag‘ayning kO’rtagi, efir moyi, smolasi va smoladan olingan mahsulotlari ishlatiladi. Qo‘shaloq kO’rtaklar yerta baxorda, bo‘rtgan vaqtida o‘sib chiqqan joyi bilan birga qirqib olinadi va salqin joyda uzoq vaqt quritiladi. Efir moyi 15-20 sm uzunlikdagi quritilmagan novdalardan suv bug‘i yordamida xaydab olinadi. Smola va uning maxsulotlari daraxt po‘stlog‘ini tilib, daraxtni quruq xaydash yoki ekstraksiya qilish usuli bilan olinadi.
T og’‘olcha – Prunus sogdiana Vass. Tog’‘olcha yoki yovvoyi olxo‘ri Ra’noguldoshlar – Rosaceae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 12 mga yetadigan mevali daraxt. Tog’‘olcha asosan tog’‘larda keng tarqalgan va mevasining rangi, yirikligi va mazasiga ko‘ra kuchli polimorf xususiyatlarni namoyon qilgan. Tog’‘olcha olxo‘rining madaniy navlarini yovvoyi ajdodi hisoblanadi. Barglari ellipssimon, cho‘ziq-ellipssimon, tuxumsimon yoki teskari tuxumsimon, tishsimon, ba’zan qo‘shaloq tishsimon qirrali bo‘lib, bandi yordamida shoxi bilan poyasida ketma-ket o‘rnashgan. Gullari besh bo‘lakli, oq yashilroq yoki bir oz sarg‘imtir. Mevasi turli shaklda, katta-kichikligi ham har xil, sarg‘ish, och yashil, to‘q qizil, gunafsha rangli, syershira danakli meva xisoblanadi. Tog’‘olcha aprel oyida gullaydi, iyul - avgust oylarida mevasi pishadi. MDH ning Yevropa qismi, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, Sibir va Uzoq Sharqda bog‘larda mevali daraxt sifatida ko‘plab o‘stiriladi. Xalq tabobatida olxo‘rining mevasi ishlatiladi. Uni mevasi pishgan vaqtida tyerib olinadi va quyoshda quritiladi yoki quritilmasdan ishlatiladi. Mevasi tarkibida 36-17,2% qandlar, 0,59-1,6% organik (olma, limon, oksalat, xin va boshqa kislotalar), 10 mg% C, B, E, PP vitaminlari, karotin, biotin, flavonoidlar (kvyersetin, izokvyersitrin va boshqalar), antotsianlar, pektin, oshlovchi, minyeral va boshqa moddalar bor. Tog’‘olcha mevasi surgi vosita sifatida qo‘llaniladigan kafiol preparati tarkibiga kiradi. Tog’‘olchani Ibn Sino ham surgi (ko‘proq quritilmagan holida) va o‘t xaydovchi vosita sifatida qo‘llagan. Uning fikricha, nordonroq olxo‘ri o‘tni kuchliroq xaydaydi, surgi ta’siri esa shirinida kuchliroq. Ibn Sino tog’‘olcha daraxtining tanasi va shoxlaridan olinadigan yelimni yaralarni davolashda, unga sirka, asal yoki shakar qo‘shib temiratkiga qarshi ishlatgan. Tog’‘olcha yelimini yana qovuqdagi toshlarni maydalash va tushirish, meva shirasini esa ayollarda ginekologik kasalliklarda qo‘llagan. Tomoq og‘riganida tomoqni tog’‘olcha va olxo‘ri bargi qaynatmasi bilan chayishni buyo’rgan. Tog’‘olcha va olxo‘ri mevasi (quritilgan va quritilmagan xoldagisi) ham da uning shirasi yumshoq, surgi ta’siriga ega. Nordon navlari ovqat xazm bo‘lishini yaxshilaydi. Shuning uchun xalq tabobatida tog’‘olcha va olxo‘ri mevasi yoki quritilgan meva qaynatmasi (yoki damlamasi) qabziyatda surgi dori o‘rnida ham da o‘t pufagi, buyrak, yurak kasalliklarida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, mevasining shirasi ishtaxa ochish (nordon navlarining shirasi) va ovqat xazmini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Bu shira ayniqsa qish va baxor oylarida, organizm vitaminlarga muhtoj bo‘lganda foydali hisoblanadi.
Xandon pista – Pistacia vyera L. Xandon pista Pistadoshlar – Anacardiaceae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 5-7, ba’zan 10 m ga yetadigan daraxt. Barglari toq patli murakkab, ko‘pincha 3 ta, ba’zan 5-7 ta yumaloq-tuxumsimon yoki ellipssimon, qalin, tekis qirrali, och yashil rangli bargchalardan tashkil topgan bo‘lib, bandi yordamida shoxlarida ketma-ket o‘rnashgan. Mayda, ko‘rimsiz, bir jinsli gullari ro‘vaksimon gul to‘plamiga joylashgan. Mevasi – tuxumsimon, to‘q-qizil rangli, quruq danakli meva. Xandon pista mart - may oylarida gullaydi, mevasi avgust - sentyabrda pishadi. Markaziy Osiyoning tog’‘li xududlarida toshloq qoyali joylarda, o‘rmon qiyaliklarida, tog’‘ etaklari va adirlarda katta-katta pistazorlar hosil qilib o‘sadi. Kavkaz va Markaziy Osiyoning tog’‘li xududlarida sanoat plantatsiyalarida o‘stiriladi. Bargida hosil bo‘ladigan o‘simtalari – buzg‘unchasi, xalq tabobatida yana bargi, mevasi va daraxt tanasidan olingan smolasi ishlatiladi. Bargi yoz oylarida yig‘iladi va soya yyerda quritiladi. Mevasi pishganida bargdagi buzg‘unchasi tyerib olinadi va ochiq havoda -quyoshda quritiladi. Buzg‘uncha tarkibida 30-50% oshlovchi moddalar, bargida 13-14% oshlovchi moddalar, C vitamini va organik kislotalar, urug‘ida – 60 % gacha yog‘ bor. Buzg‘unchasidan tanin olinadi. Tanin burushtiruvchi, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Shuning uchun uning dorivor preparatlari (tanalbin va tansal tabletka xolida) me’da-ichak kasalliklari (me’da-ichak katari, entyerit, kolit, ich ketar) ni davolashda ishlatiladi. 1-2% li tanin yeritmasi og‘iz bo‘shlig‘i, burun va tomoqning yallig‘lanish kasalliklarida chayish uchun ishlatiladi. Taninning 5-10% li yeritmasi shilliq qavatlarga surtish, kuyganni, surunkali ekzemani va turli yaralarni davolash ham da ichak yallig‘lanishida xuqna qilish uchun qo‘llaniladi. Odam morfin, kokain, atropin, nikotin, fizostigmin va boshqa alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanganda taninning 0,2-2% li yeritmasi ichiriladi yoki 0,5%li yeritmasi bilan me’da yuviladi.
Xandon pista qadimdan xalq orasida turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelinadi. Xandon pista mevasi bilan Abu Ali ibn Sino me’da, jigar va boshqa kasalliklarni davolagan. Bargidan tayyorlangan qaynatmasi xalq tabobatida ich ketishni ham da turli kasalliklarni to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Mevasidan tayyorlangan damlamasi bilan me’da va ichakning yuqumli kasalliklari, urug‘i damlamasi bilan o‘pka sili va quvvatsizlik davolanadi. Xandon pista mevasi kuchli antioksidantlik xususiyatlariga ega.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish