Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet234/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Anabazis (Anabasis aphylla L.) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 30—75 sm ga yetadigan chala butadir. Poyasining eng pastidan bir yillik novdalar hosil bo‘ladi. Poyasi yashil, syersuv, silindrsimon. Novdalari bargsiz, barglari yo‘qolib po‘stloqlarga— tangachalarga aylangan. Uning chetlari pardasimon hoshiyali va to‘mtoqroqdir. Anabazis mart oyida ko‘karadi. Uning ildizi yo‘g‘on, o‘qildizli. U iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari ko‘rimsiz, uzunligi 1,5—2,5 mm ga yetadi, to‘pgullari boshoq shaklida, novdasining uch qismida joylashgan. Mevasi avgust-sentyabr oylarida pishadi. Mevasi 3 ta yaxshi o‘sgan va 2 ta uncha yaxshi o‘smagan sargish yoki pushti rangli qanotchalardan iborat. Mevasi syersuv bo‘lib, qanotchalarga nisbatan qisqaroqdir. Anabazis respublikamizning ko‘pgina viloyatlaridagi taqir, sho‘rxok, sho‘rtob va qumloq tuproqlarda o‘sadi. Amudaryo vodiysida, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot (Qoraqalpog‘iston) tumanlarida va Xorazm viloyatining sizot suvlari yyer yuziga yaqin joylashgan sho‘rxok tuproqlarda ko‘p o‘sadi va katta maydonlarni egallaydi. Anabazis tarkibida,— deydi Granitov,— nikotinga o‘xshash anabazin, afiyalidin, shupinin va afillin degan zaharli moddalar bor. Qozog‘istondagi maxsus zavodda anabazin sulfat ishlab chiqarilib, u qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashishda ishlatiladi. Shu maqsad uchun yana anabazisni suvda qaynatib, hosil bo‘lgan suyuqlikni ham ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda ana'bazisning o‘zidan sulfidin preparatini o‘rnini bosa oladigan qimmatli dorilar tayyorlash mumkinligi aniqlangan.
Oqsaksovul (Haloxylon pyersicum Bge.) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 5 m ga yetadigan daraxtdir. Barglari mayda, kattaligi 1,5 mm bo‘lgan tangachaga aylangan. Umumiy belgilari jihatidan qorasaksovulga o‘xshaydi. Shu sababli uning biologiyasini bu yyerda qayta takrorlamadik. Oqsaksovulning qorasaksovuldan farqi, asosan qumda o‘sishi, tangacha shaklidagi barglarga ega bo‘lishi, gullarining qisqa novdachalarga o‘rnashganligi, ya’ni vegetativ novdalarda gullarning bo‘lmasligi va tanasining oq po‘st bilan qoplanganligidadir. Oqsaksovulni ko‘kligida mollar yaxshi yemaydi. Uni kuzda va qishda yumshagan shoxchalarni yaxshi yeydi. Bundan tashqari, undan kumlarni mustahkamlashda, yaylovlarni syero‘t, syerhosil qilishda keng foydalanish mumkin. Oqsaksovul ekilgan maydonlarning xavosi nam va issiq bo‘lib, turli xil bir yillik o‘tlarning ancha normal o‘sishiga imkon byeradi va ularni garmseldan saqlaydi. U cho‘lda ixota daraxtzorlari vazifasini o‘tashi, ko‘chma qumlarni tutib qolishi sababli, u temir yo‘l yoqalariga, cho‘ldagi ovul, quduqlar atrofiga ekiladi. Oqsaksovul eng sifatli yoqilgi hamdir. Ayniqsa undan tayyorlangan ko‘mir oyoq og‘riq kasalligini davolashda qadimdan ishlatilib kelingan. Oksaksovul kulidan achchiq tuzla|r olinadi. U Qizilqum, Buxoro viloyatining qumloq joylarida, Ustyurtning janubiy tomonidagi adirda ko‘p o‘sadi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish