AFLOTUN PIYOZI / Allium aflatunense B. Fedtsch
E ndemik o‘simlik. Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 80–200 sm oralig‘idagi ko‘p yillik piyozli o‘t. Piyozi yirik, diametri 6 sm gacha etadi. Qobig‘i qora-kulrang. Poyasining tubini eni 10 sm keladigan tasmasimon barglari o‘rab olgan. To‘pguli sharsimon, gullari ko‘p va tig‘iz, yulduzsimon gulqo‘rg‘on bo‘lakchalari och binafsha rangli. May–iyun oylarida gullab, urug‘i iyun–iyulda etiladi.
Tarqalishi. Toshkent viloyati: Piskom, Ugom, Chotqol tizmalarida tarqalgan. Qirg‘izistonda, Chotqol va Farg‘ona tizmalarida uchraydi.
O‘sish sharoiti. Tog’‘larning o‘rta va yuqori qismlarida o‘tlar bilan qoplangan yonbag‘irlarda va daryo bo‘ylaridagi sizot suvlari uncha ko‘p bo‘lmagan joylarda o‘sadi.
Soni. Bir-biridan ajralgan holda kichik-kichik to‘plar tashkil qiladi.
Ko‘payishi. Asosan urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Piyozining mahalliy aholi tomonidan ozuqa sifatida ishlatish hamda dorivor va manzarali o‘simlik sifatida tomorqa yerlariga ekish uchun qazib olinishi, kuz va qishda turli hayvonlar tomonidan piyozlarining eyilishi kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘ida o‘stirilmoqda.
Muhofaza choralari. Chotqol biosfyera qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi.
VIKTOR OMONQORASI / Ungyernia victoris Vved.
A reali juda qisqarib borayotgan kamyob endemik o‘simlik. Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 20–25 sm ga etadigan ko‘p yillik, piyozli o‘t. Piyozining eni 4–7 sm, qoramtirqo‘ng‘ir rangli, ko‘p qavatli qobiqlar bilan o‘ralgan. Barglari 7–10 ta, qalami, ko‘kimtir, silliq. Gulpoyasi avgust oyida barglari qurib ketgandan so‘ng o‘sib chiqadi. To‘pguli soyabonsimon, 4–7 gulli. Ko‘sakchasi keng yuraksimon pallali. Avgust oyida gullab, mevasi sentyabrda etiladi.
Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasida, Cho‘lbayir tog’‘larida, Xonaqasuv daryosining yuqori qismlarida tarqalgan. Arealining shimoliy chegaralari Qo‘shtut, Sho‘ra, Xonaqa dovonlari, janubda esa Bobotog’‘ning shimoliy yonbag‘irlari orqali o‘tadi. Tojikistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti. Tog’‘larning o‘rta qismida mayda zarra jins tuproqli yonbag‘irlar, daralar va ba’zan surilmalarda o‘sadi.
Soni. Bir-biridan uzoq masofalarda joylashgan, uncha katta bo‘lmagan (1–1,5 ga) maydonlarni egal laydi
Ko‘payishi. Urug‘idan va piyozidan (uni bo‘lak larga ajratib) ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Barglarining har yili uzluksiz dorivor xom ashyo sifatida yig‘ib olinishi tufayli piyozlari maydalashib, o‘simlikning yyer usti qismi ham quriy boshlagan.
Madaniylashtirilishi. 1970 yildan tabiiy arealiga yaqin joylarda ekib o‘stirila boshlandi.
Muhofaza choralari. Tabiatda saqlanib qol gan maydonlari nazorat qilinishi, ruxsatsiz yig‘mas lik talab etiladi. Shuningdek, madaniy sharoitda o‘stirish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilishi lozim. Cho‘lbayir tog’‘ida tabiiy holda o‘suvchi omonqoralarni saqlab qolish va urug‘ini tyerish uchun buyurtmaxona tashkil qilinishi kyerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |