O’zbekiston o’simliklari tasnifi



Download 21,6 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2022
Hajmi21,6 Kb.
#521347
  1   2
Bog'liq
amaliy mashgulot


O’zbekiston o’simliklari tasnifi
Respublikamiz hududida 146 oilaga mansub 4148 o`simlik turi mavjud bo`lib,shundan 3000 turi yovvoyi holda o`sadi, bulardan 9% i faqat O`zbekistonda uchraydigan endemik o`simliklardir.O`zbekiston florasida Eron, Afg`oniston va O`rta dengiz bo`yi mamlakatlari florasining vakillari ko`p uchraydi. Shuningdek, shimoliy qo`shni hududlar florasining ayrim vakillari mavjud Cho`l mintaqasi o`simliklari ham xilma-xil ekologik sharoitga va o`ziga xos xususiyatlarga ega. Cho`l o`simliklarining hayoti asosan iqlim sharoitiga, xususan namlik bilan ta’minlanishi darajasiga bog`liq. Cho`l zonasi o`simlik o`sishi uchun qanchalik noqulay bo`lmasin, u erda o`sadigan o`simlik turlari xilma-xil guruhlar vakillaridan tashkil topgan. Bular asosan kserofitlar, mezokserofit efemerlar va mezokserofit efemeroidlar guruhlaridan iborat. O`zbekiston cho`llaridagi efemerlar jazirama issiqlar boshlanguncha o`z hayot jarayonlarini to`liq o`tib tugallaydilar (masalan, lolaqizg`aldoq, chitir, chuchmo- ma, gunafsha). Efemeroid o`simliklar guruhiga yozgi jazirama issiqlik boshlanguncha vegetasiyasini davom ettiruvchi ko`p yillik o`simliklar kiradi. Iloq, lola, boychechak, yovvoyi piyoz va qo`ng`irbosh bularga misol bo`ladi. Mezokserofit o`simliklar guruhiga yozgi jazirama issiqlar boshlanganda o`z hayotini anabioz holda, ya’ni majburiy tinim holatida o`tkazishga moslashgan o`simliklar kiradi. Kserofit o`simliklar guruhiga quruq va issiq yoz sharoitig moslashgan issiq yozda ham o`z vegetasiyasini davom ettiradigan o`simliklar kiradi. Ularning ildizlari juda uzun, bargalari namni kam bug`latishga moslashgan mayda bo`ladi yoki butunlay bo`lmaydi. O`zbekistonda cho`l mintaqasi katta maydonni egallaganidan v shimoldan janubga katta masofaga cho`zilganidan hamda mutlaq balandlik har xil bo`lganidan iqlimi, o`simligi va tuproqlari ham xilma-xil. Shu sababli bu mintaqa ikki qismga: pastki cho`l va yuqoricho`lga bo`linadi. Pastki cho`l mutlaq balandligi 250 metrgacha bo`lgan hududlarni egallaydi, o`simligi ancha turli-tuman. Bu cho`lda barg va poyalari semiz o`simliklar o`sib, ularda tuz ko`p bo`ladi. Pastki cho`lda eng ko`p tarqalgan o`simliklar qorasaksovul, cherkez, qorabaroq, sarsazan, achchibuta, boyalich, cho`g`on, karrak, arpag`on, donasho`r, xabalak, qorasho`ra, baliqko`zlardan iborat. Yuqori cho`lga mutlaq balandligi 250-400 m bo`lgan hududlar kiradi. Ularning o`simlik dunyosi xilma-xil. O`simlik qoplamining asosini shuvoq tashkil etadi. Yuqori cho`lda eng ko`p tarqalgan o`simliklarga yovshon, quyonsuyak, qizilqandim, singren, qirqbo`in, iloq, yantoq, kavrak, isiriq, achchiqmiya, boychechak, chuchmoma, partek, yaltirboshlar kiradi. Umuman olganda cho`l mintaqasida o`simlik qoplami siyrak, lekin nam etarli bo`lgan bahorda cho`l yamyashil tusga kiradi, efemer va efemeroidlar er betini qoplaydi. Jazirama issiq va quruq kunlar boshlanishi bilan ular quriydi va cho`l sarg`ish ko`rinishga ega bo`ladi. O`zbekistonda tekislik qismidagi tuproq-grunt sharoitlariga bog`liq holda turli o`simlik tiplari uchraydi. Qumli, gilli, toshloq (gipsli), sho`rxok erlar o`simliklari bir-biridan farq qiladi. Qumli cho`llarda tuproq tarkibining 80-90 % i qumlardan iborat, u suvni yaxshi o`tkazadi. Shuning uchun qumli cho`llarda yozda tuproqning 50 sm gacha bo`lgan yuza qismi quriydi, undan pastdagi 60- 120 sm qalinlikdagi qatlamida nam saqlanadi. Bu hol qumli130 tuproqlarda oziqa kam bo`lsa ham o`simliklarning o`sishi uchun qulay sharoit yaratadi va ularning xilma-xilligiga sabab bo`ladi. Qumli substratda o`sishga moslashgan o`simliklarni psammofitlar deyiladi. Oʻzbekistonda oʻsimliklarning balandlik mintaqalari. Yer yuzasi mutlaq balandligi oshgan sari iqlimning oʻzgarishi togʻlarda oʻsimliklarning balandlik mintaqalanishiga olib keladi. Biz quyida balandlik mintaqalari oʻsimliklarini akad. Q. Zokirov tasnifi boʻyicha koʻrib chiqamiz. Adir (togʻ oldi)mintaqasi Oʻzbekistonda dengiz sathidan 400-500 m dan 1200 m gacha, respublika janubida 1600 m gacha boʻlgan togʻ oldi tekisliklarini oʻz ichiga oladi. Bu togʻ oldi hududlarining relefi notekis, tuprogʻi boʻz tuproq, choʻlga nisbatan yogʻin birmuncha koʻp yogʻadi, yer osti suvlari koʻproq, oʻsimliklar qoplamining asosiy qismini rang va qoʻngʻirbosh tashkil etadi. Adirlarning boʻz tuproqlaridagi nam miqdori iqlim sharoitiga bogʻliq boʻlganligidan vegetatsiya davri uzoq davom etadigan oʻsimliklar uchun ancha noqulay. Adir mintaqasining oʻsimliklarini Ye.P.Korovin ikki tipga boʻladi: efemerlar tipi va togʻ dashtlari-savannalari tipi. Efemerlar tipi adirning pastki zonasida keng tarqalgan. Asosan chala choʻl xarakteridagi oʻsimlik turlaridan iborat. Pastki adirlarning mutlaq balandligi 400m dan to 600-800 metrgacha boradi, tuprogʻi och va oddiy boʻz tuproqlardan iborat. Asosiy oʻsimliklari rang va qoʻngʻirbosh boʻlib, erta bahorda yashil gilam hosil qiladi. Pastki adirda efemerlardan yana noʻxatak, sariq yoʻngʻichqa, yaltirbosh, lolaqizgʻaldoq, chitir, kelin supurgi, momiq koʻp yillik oʻsimliklardan oqquray, choʻl yalpizi, karrak, qoʻziquloq, mingbosh, qoʻypechak, qoqioʻt, mayinshuvoq kabilar ham koʻp tarqalgan. Pastki adir nam bilan yarim taʼminlangan lalmidir. Yuqori adirlarning balandligi Oʻzbekistonda 600-800 m dan 1000- 1200 – 1600 metrgacha boradi. Bu yerlarda nuroq jinslar, tub togʻ jinslari yer yuziga chiqib yotadi, asosan toʻq boʻz tuproqlar tarqalgan. Yuqori adirdagi oʻsimliklar togʻ dasht-savanna oʻsimliklaridan iborat. Koʻpchilik mutaxassislar yuqori adir oʻsimliklarini ¸bugʻdoyiqliº har xil oʻtlar oʻsadigan quruq dasht oʻsimliklari tipi deb yuritadilar. Yuqori adirda kserofit xususiyatli har xil oʻtlar boʻlib, ular orasida bugʻdoyiq eng keng tarqalgan. Ular orasida efirli oʻt-togʻ yalpizi, efemeroidlar-chuchmoma, lola, shirach, murakkab guldoshlardan sariq andiz, soyabonli guldoshlardan ferullaning bir necha turi oʻsadi. Adir mintaqasi asosan uzumchilik, bog`dorchilik mintaqasi hisoblanadi. U o`simlikka boyligi hamda dehqonchilik va chorvachilik uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Tog` mintaqasiga O`zbekistonda dengiz sathidan 1200-1600 metrdan 2700-2800 metrgacha bo`lgan balandliklar kiradi. Bu mintaqa gumid iqlimi, sersuv daryolari, jigar rang, qo`ng`ir va kul rang tuproqlari, notekis relefi bilan adirlardan ajralib turadi. Tog` mintaqasi o`simliklari asosan tog` dashtlari, tog` keng bargli o`rmonlari, tog` igna bargli o`rmonlari o`simliklari tiplarga bo`linadi. Tog` dashtlari tog` mintaqasining pastki va qisman o`rta qismlarini (1200-2000 m ) egallagan. Bu erlarda, asosan boshoqlilardan bug`doy, betaga, chalov, ismaloq, qaltiq, qo`ng`irbosh, ikki pallalilardan qo`ziquloq, astragal, bo`tako`z, shuvoq kabilar keng tarqalgan. Ko`p yillik efemeroidlardan lola, piyozgul, shirach, chuchmoma, boychechaklar, butalardan na’matakning bir necha turi, zirk, uchqat, tobulg`a, bodomcha- lar ham uchraydi. Na’matakzorlar asosan G`arbiy Tyanshan, Zarafshon, Turkiston tog`larida 1500-2000 metr balandliklarda keng tarqalgan. O`zbekiston tog`larida bargli o`rmonlar Ugam, Piskom, Chotqol, Farg`ona va Hisor tog` tizmalarida uchraydi. Ularda asosan olma, tog`olcha, yong`oq, bodom, do`lana kabi mevali daraxtlar va, shuningdek, bir necha tur zarang, terak, tol, qayin, chetan kabilar o`sadi. Hisor tog`larida yovvoyi holda o`sadigan anor, anjir, xurmo va chilonjiyda ham uchraydi. Bargli o`rmonlarda yong`oqzorlar keng tarqalgan.


Download 21,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish