2-bosqich S2-03-gurux “QXMS” yo’nalishi talabasi Gulmatov Mirzoxidjon Rustamovichning
MUSTAQIL ISHI
Andijon qishloq ho’jaligi va agrotexnologiyalari instituti
“Qishloq ho’jaligi maxsulotlarini quritish texnologiyasi” fanidan tayyorlagan R E J A: - 1. O’rik quritish usullari
- 2. Turshak, Qaysa, Kuraga tayyorlash texnologiyasi
- 3. Xulosa
- 4. Foydalangan adabiyotlar
Mavzu: Danakli mevalarni quritish texnologiyasi.
O’zbekistonda o’rik asosan mevasini yangilida iste’mol qilish, quritish va konservalash uchun ekiladi.
QURITISH:
TABIIY
SUN’IY
Tabiiy quritish Mahsulotlarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi. Bu jarayon uzoq vaqt davom etadi.
Sun’iy quritish
Bu jarayon maxsus quritish qurilmalarida olib boriladi.
Respublikamiz iqlim sharoitining harorati yuqori, havo namligi past bo’lishi meva va uzumni oftobda quritish uchun juda qulay bo’lib hisoblanadi. Oftobda quritilgan mahsulot, sun’iy quritilganiga nisbatan
sifati bo’yicha juda yuqori baholanadi.
Saqlash va quritish jarayonida mahsulotlarni qorayishdan ximoyalash uchun sul’fitatsiya qilinadi. Sul’fitatsiya qilish uchun NATRIY SUL’FIT (Na2SO3)- 0,1—0,5 %
NATRIY BISUL’FIT (NaHSO3)-
YOKI
NATRIY PIROSUL’FIT (Na2S2O5)-
Eritmalariga 2-3 minut davomida botiriladi. Mahsulotlar sul’fitatsiya qilinganda ranggi va askorbin kislota miqdori yaxshi saqlanadi.
O’RIKNI QURITISH USULLARIGA QARAB UNDAN
TURSHAK
KURAGA
QAYSA
TURSHAK Danagi bilan quritilgan o’rikdir. Turshakni quritish — hosilni uzish, tashish, saqlash, navlarga ajratish, kalibrovka qilish, yuvish, qaynoq suvga botirib olish, dudlash, quritish, namini baravarlash, idishlarga joylash va saqlashdan iborat. O’rik, o’z naviga xos rang va shaklga kirgan, eti yetarli darajada tig’iz bo’lgan davrda uziladi. Ochiq joyda quritish 3-4 kun davom etadi. Keyin o’rik soyaga olib shtabellarga taxlanadi. Shu xolda yana bir necha kun quritiladi. Hammasi bo’lib quritish 8-10 kun davom etadi. Mevasi bir tekis qurib, po’sti ajralmaydigan bo’lganda quritish tugallanadi. Siqilib bir-biriga yopishib qolgan osongina ajraladi. Ammo padnosta mevalarni bir tekis quritib bo’lmaydi. Turshakni 75-80% ida namlik 15-17% ni tashkil qilsa, u obdon qurigan bo’ladi. QAYSA - Danagini olib, quritilgan o’rikdir. Uni tayyorlash usuli turshaknikidan farq qilmaydi. Masalan mevalar podnoslarda dudlangan quritish maydoniga qo’yiladi va ular bir ikki kun turib yana ochiq maydonda saqlanadi. Bir ikki kundan so’ng ular ag’darib, danagi olingach, og’zi yopib qo’yiladi. Bir kundan keyin podnoslar shtebelga olinadi va mevalar soyalarda quritiladi. Bundan keying ishlar turshak tayyorlashdan farq qilmaydi. Qaysa 8-13 kunda yetilib, xom ashyoning 20-27% i miqdorida maxsulot olinadi.
KURAGA - Ikkiga yorib quritilgan o’rikdir. U yirik mevalardan tayyorlanadi. O’rikni terish, tashish, saqlash, navlarga ajratish va yuvish turshak tayyorlashdan farq qilmaydi. Yaxshilab yuvilgan o’rik chizig’idan ikkiga ajratilib danagi olinadi. Bu ish qo’lda bajariladi. Kuraga 5-7 kunda obdon qurib bo’ladi Uni qo’lga olib ezib korganda sinmaydigan, po’sti va eti qayishqoq bo’lsa, tayyor xisoblanadi. Uning name 18% dan oshmasligi kerak. Xo’l mevadan 19-26% kuraga olinadi
XULOSA
Meva-sabzavotchilik mahsulotlarini nobud qilmay qayta ishlash, mavsumiyligini uzaytirish ham foydalanilmagan imkoniyatlardan biridir. Yangiligicha saqlangan ho'l mevalar assortimenti mo'lligi bozorlarda shu turdagi mahsulotlarni tannarxining har yili qishki-bahorgi mavsumda sun'iy ravishda ko'tarilib ketishini oldini oladi hamda aholi ijtimoiy himoyasiga ijobiy ta'sir etib, turdosh mahsulotlar qishki mavsumdagi importiga hojat qolmaydi. Tahlillar natijasining ko'rsatkichiga ko'ra, meva-sabzavotchilik mahsulotlari hajmlarining yildan-yilga oshib borishi saqlash va qayta ishlash tarmog'idagi bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, sohani isloh qilishda zamonaviy innovasion, resurs tejaydigan raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda tub burilishni amalga oshirishni talab etmoqda.
Tahlillar va BMTning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasidagi tashkilotining (FAO) ma'lumotlariga ko'ra, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini yig'ishtirish, tashish va saqlashdagi yo'qotishlar hajmi 22-45 foizgacha, isrofgarchiliklar esa 12-18 foizni tashkil etmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish, meva-sabzavotchilikni uzoq muddat barqaror rivojlanishini ta'minlab, tarmoq samaradorligini oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirish, uning xavfsizligini ta'minlash, eksport geografiyasini kengaytirish hamda xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.
FOYDALANGAN
ADABIYOTLAR
- “Ozbekiston qishloq va suv ho’jaligi” jurnali Maxsus son 2019 yil ToshDU, A.Rasulov assistant, S.Sharipov t.f.n, dotsent
- “Meva sabzavotlar quritish texnologiyasi” o’quv qo’llanma T.Hudoyberdiyev
- Internet saytlari
4. "Экономическое обозрение" jurnali 6 (246)-son
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |