Statistik kuzatish uslubiyoti



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana28.10.2022
Hajmi0,59 Mb.
#857315
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-Mavzu. Statistik ma\'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash usullari



Statistik ma’lumotlarni to`plash va qayta ishlash usullari
16 
2-MAVZU 
STATISTIK KUZATISH USLUBIYOTI 
REJA: 
2.1.
 
Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha 
2.2.
 
Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari 
2.3.
 
Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari 
hamda statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati 
2.4.
 
Statistikada jamlash: turlari va mohiyati 
2.5.
 
Guruhlash metodi: mohiyati,ahamiyati va turlari 
 
2.1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha
Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’yekt haqida tegishli 
ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun 
ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi. 
Masalan, tekshiruvchiga respublikadagi yoki viloyatdagi banklarning moliyaviy 
holatini o’rganish topshirildi. Bu ishni bajarish uchun tekshiruvchi barcha banklar 
bo’yicha moliyaviy holatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar to’g’risida ma’lumotlarni 
boshlang’ich manbalardan olishi kerak. Bu ko’rsatkichlarga qanday omillar ijobiy 
yoki salbiy ta’sir ko’rsatganligi haqida, moliyaviy holatni yaxshilash uchun qanday 
zaxiralar mavjud edi va ulardan banklar qanday foydalanganligi to’g’risida 
ma’lumotlar yig’ish kerak. Bunday ma’lumotlarsiz moliyaviy holatni o’rganib 
bo’lmaydi.
1
Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy 
ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan 
maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi. Eng asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini qayta 
ishlab to’g’ri xulosalar chiqariladi. 
1
X.Shodiyev,I.Habibullayev tahriri ostida. Statistika. (daslik). Toshkent.:2013 yil.33-41 betlar. 
Shunday qilib, statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va 
jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur 
bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. 


Statistik ma’lumotlarni to`plash va qayta ishlash usullari
17 
Agarda to’plangan ma’lumotlar noaniq va noto’g’ri bo’lsa, birinchidan 
sarflangan vaqt va mablag’ zoe ketgan bo’ladi, ikkinchidan esa, olingan natijalar va 
chiqarilgan xulosalar noto’g’ri bo’lishi mumkin. 
Har qanday ma’lumot to’plash ham statistik kuzatish hisoblanmaydi. Uni 
o’tkazishda quyidagi talab va tamoyillarga rioya qilinadi. 
Statistik kuzatish ma’lumotlarni bir-biri bilan uzviy bog’langan va bir 
butunlikda qayd qilish zarur. Masalan, moliyaviy holat o’rganilayotgan bo’lsa, uning 
yaxshilanib yoki yomonlashib borayotganligini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni bir 
guruhini o’rganib xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki ular bir-biriga bog’liq, bir-
birini taqozo qiluvchi ko’rsatkichlardir. Agarda bir guruh ko’rsatkichlarni tahlil qilib 
xulosa chiqarsak, oldindan ko’zlangan xatolarni keltirib chiqaramiz.
Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda to’plam 
birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon chegarasida 
to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir. 
Masalan, o’sha moliyaviy holatni o’rganish misolimizga qaytaylik. Agarda 
birinchi yilda to’plamning barcha birliklari (faraz qilaylik 114 ta), kelgusi yili 
to’plamning bir qismi (94 tasi), uchinchi yilda qolgan bir qismi (20 tasi) kuzatilsa, 
olingan ma’lumotlar vaqt va to’plam birliklarini qamrab olish bo’yicha to’la-to’kis 
bo’lmaydi va ularni taqqoslash mumkin emas. 
To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va ob’ektivligi haqida 
hech qanday shubha bo’lmasligi kerak. Agarda qandaydir bir shubha tug’ilsa (uni 
hajmidan qat’iy nazar), to’plamga kiritilgan har bir ko’rsatkich mustaqil ekspertlar 
tomonidan tekshirib ko’rilgani ma’qul. Bu yerda gap arifmetik hisob-kitob ustida 
ketmayapti, balki har bir birlikni ob’yektiv haqiqatni aks ettirishi ustida bormoqda. 
Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’yektlar bo’yicha) dastur va 
metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga 
aylanadi. 
Masalan, aholi fikrini o’rganmoqchisiz. To’plamga kiradigan aholi soni 1000 
kishi. Ularni barchasiga bir xil savollar bilan murojaat qilish kerak va javoblarni 


Statistik ma’lumotlarni to`plash va qayta ishlash usullari
18 
olishdan oldin respondentlarni savollarga javob berish yo’riqnomasi bilan tanishtirish 
to’g’ri javoblar olishga asos bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o’z vaqtida 
to’plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to’ldirilib boriladigan statistik 
ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur. Ular ishonchli, 
to’liq va ob’yektiv bo’lishi hamda o’z vaqtida to’planishi kerak. Kechikkan ma’lumot 
– keraksiz ma’lumotdir. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish