7 - tajriba. Laktozaning oksidlanish reaktsiyalari.
Bu disaxarid bir molekula d–glyukoza va bir molekula d–galaktozadan tuzilgan. Laktoza
faqat sut tarkibida uchraydi, miqdori 5-8 foizni tashkil etadi. U suvda yaxshi erimaydi,
suyuqlanish temperaturasi 202
0
C. Laktozani olish uchun dastavval sutdagi oqsillarni mis
gidroksid yordamida cho’kmaga tushiriladi. So’ngra filtrat bilan Trommer, Feling va oyna
reaktsiyalaridan bittasi ishlanadi.
Kerakli asbob va reaktivlar:
probirkalar, 100 ml kolba, sut, distillangan suv, 10% NaOH
eritmasi, 5% CuSO
4
eritmasi.
Ishning bajarilishi:
Bitta 100 ml hajmli kolbaga 2,5 ml sut, 46 ml suv, 5 foizli mis sulfat eritmasidan 1,5 ml
va natriy ishqorning 10 foizli eritmasidan 0, 15 ml quyiladi. Aralashma chayqatilgach suyuqlik
30 minut tinch saqlanadi. Shunda sutdagi oqsillar cho’kmaga tushadi. Bundan keyin kolbadagi
cho’kmali suyuqlik voronkaga o’rnatilgan filtr orqali filtrlanadi. Filtratdagi cho’kma
tashlangach, bir probirkaga filtratdan 1-2 ml olib okidlanish ya‘ni Trommer, Feling va oyna
reaktsiyalaridan biri ishlanadi.
Polisaxaridlar
Polisaxaridlar yuqori molekulali moddalar bo’lib, amorf tuzilishga ega. Ular suvdv
erimaydi, lekin ayrimlari kolloid eritma hosil qiladi. Ularning mazasi ham shirin emas.
Polisaxaridlar kimyoviy tarkibiga ko’ra ikki guruhga: gomo va geteropolisaxaridlarga bo’linadi.
Gomopolisaxaridlarning tarkibi faqat bir xil monosaxarid qoldig’idan iborat. Masalan,
kraxmal, glikogen gidrolizga uchraganda glyukoza, inulin esa fruktoza hosil qiladi.
Geteropolisaxaridlar tarkibida ikki va undan ortiq turdagi monosaxarid qoldig’i uchraydi.
Ular gidrolizga uchraganda ayrim hollarda monosaxarid xarakteriga ega bo’lmagan moddalar
ham hosil bo’ladi. Masalan, xondroitinsulfat kislota to’liq gidrolizga uchraganda, glyukouronat
kislota va galaktozamindan tashqari, sirka va sulfat kislota ajralib chiqadi.
Polisaxaridlar oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalariga kirishmaydi. Lekin ular spirt
gidroksidlari bo’yicha reaktsiyaga kirishib, oddiy va murakkab efirlar hosil qiladi.
Polisaxaridlarning ko’pchiligi kislotalar ishtirokida qaynatilsa yoki ularga ferment ta‘sir
ettirilsa, oson gidrolizlanadi. Bunda avval oligosaxaridlar, so’ngra monosaxaridlar hosil bo’ladi.
Ular ishqor ta‘sirida gidrolizlanmaydi.
Kraxmal, glikogen (hayvon kraxmali), insulin, tsellyuloza, dekstrin, xitin, gialuronat va
xondroitinsulfat kislotalar, geparin va boshqalar tabiatda eng ko’p tarqalgan polisaxaridlar
hisoblanadi. Ular organizmda turli-tuman vazifalarni bajaradi.
Polisaxaridlar bir-biridan molekulasining o’lchami, bog’lanish usuli va tipi, tarkibiy
qismlari, xossa hamda bajaradigan vazifalari jihatidan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |