Bo‘ri zovur ichida
O yinning tavsifi. Maydonchaning o‘rtasida ko'ndalangiga 1,5—2 qadam oraliqda parallel chiziqlar o‘tkaziladi. Bu shartli ravishda zovur bo‘ladi. Zovuming ikki yonidan 10—15 m nanga uy chegarasini bildiradigan yana ikkita parallel chiziq o'tkaziladi. Onaboshi qilib tayinlangan o‘yinchi, ya’ni bo‘ri zovurda turadi. Qolgan o‘yinchilari, ya’ni echkilar yon chiziqlardan birining orqa- sidagi «uy»ga joylashadilar.
0‘qituvchining ishorasi bilan echkilar oldinga yuguradilar, yo‘l- da zovur ustidan sakrab o'tib, maydonchaning qarshi tomonidagi chiziq orqasiga borib turadilar. Bo‘ri zovurdan chiqmasdan, sakrab o‘tayotgan echkilami ushlashga (ulaiga qo‘l tegizishga) harakat qiladi.
Bo‘rining qo‘li tekkan o‘yinchi tutilgan joyda to'xtab qoladi. Zovurdan omon-eson sakrab o‘tgan echkilar qarama-qarshi lomondagi chiziqqa qarab yuguradilar. Rahbar ushlangan o‘yin- chilami aniqlab oladi va ulaiga o'yinda yana qatnashishga ruxsat beradi. Echkilar zovurdan uch marta sakrab o‘tganlaridan keyin yangi bo‘ri tayinlanadi.
Echkilar zovurdan uch marta sakrab o'tishida ulaming ko‘p- rog‘ini tuta oigan bo‘ri hamda biron marta ham qo‘lga tush- magan yoki boshqa o'yinchilarga qaraganda kamroq tutilgan echkilar yutgan hisoblanadi.
O yinning qoidalari. 1. 0‘yinchi sakrayotib zovuming ikkinchi tomonini bir oyog'i bilan bosgan bo'lsa ham onaboshi unga qo‘1 tegizmasligi kerak. 2. Orqada qolgan o'yinchi rahbaming shosh- masdan «bir, ikki, uch» deyishidan kechikmay zovurdan sakrab o'tishi kerak, aks holda tutilgan hisoblanadi. 3, Zovurdan sakrab o‘tmagan o‘yinchi ham yutqazgan bo'ladi.
139
Eslatma. 0‘yinchilar soni ko‘p bo‘lsa (yoki bolalar o‘yin bilan birinchi marta tanishtirilayotganda), ulaming hammasini baravar emas, balki ikki yoki uch guruhga bo‘lib navbati bilan yugurtirish mumkin.
0‘yinning ikkinchi varianti asosan quyidagicha o‘tkaziladi. Yu- gurib o'tuvchilar tomonida, zovurdan 4—5 qadam narida rahbar tayinlangan o‘yinchilar yerdan 50—60 sm baland qilib (o‘yin- chilaming tayyoigarligiga qarab) arqonchani tortib turadilar. Ech- kilar yugurib kelib arqonchadan sakrab o‘tadilar, keyin, zovurdan hatlaydüar. Arqonchani tortib turuvchi bolalar har safar yugurib o‘tib bo‘lgach, navbatdagi yugurib o'tish boshlanadigan tomonga o‘tib turadilar.
0‘yinning o‘ziga xos harakatlari chap berib va uzunlikka sakrab qisqa-qisqa yugurishlardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |