UDK 796.2(075) BBK 75.5/7ya7
ISBN 978-9943-5379-2i^r
SO‘Z BOSHI
Uzoq o‘tmish tarixiy taraqqiyotining mutlaq zanjiri bolgan inson sivilizatsiyasining shunday ustunlari va tamal toshlari borki, ularda o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakning bir-biri bilan uyg'unligi, rivoji va davomiyligi saqlanib keladi, avloddan avlodlarga meros sifatida o‘tadi hamda qadriyatlar darajasiga yetadi.
Qadriyatlarda esa bir butun xalqning, millatnmg iymon-e’ti- qodi, or-nomusi, insof-diyonati mujassam etiladi. Shuning uchun ham tarixning ma’lum bir bo‘lagida, ya’ni davrida qadriyatlarni avaylash, asrash, rivojlantirish va keyingi avlodlarga meros sifatida qoldirish ushbu ishlar uchun mas’ul shaxslar, qolaversa ziyolilar, tadqiqotchi-olimlar zimmalariga ulug‘ vazifalami yuklaydi.
0‘zbekiston Respublikasida, ko‘pgina chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport masalalarida jahon pedagogikasining ayrim dolzarb yo‘nalishlarida nomlari hurmat bilan tilga olinadigan yirik olim, professor Tal’at Usmanxodjayev bir qator shogirdlari «bilan bu borada ancha samarali ishlami amalga oshirdi. Bir necha monografiya, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar T. Usmanxodjayev muallifligida jamoatchilik qo'liga yetib bordi.
Mana, pedagogika fanlari doktori, professor T.S. Usmanxodjayev, dotsent A.A. Pulatov, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent S.S. Tajibayev, o‘qituvchi F.A. Pulatovlar bilan hamkorlikda yaratgan «Milliy va harakatli o‘ymlar» darsligi. 0‘zbekiston pedagogika fanining eng so‘nggi talablari, yutuqlari asosida yaratilgan bu kitob-manba hozirgi kunda birgina jismoniy tarbiya instituti emas, ushbu yo‘nalish mavjud bo‘lgan barcha oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘jallangan.
0‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan bosh- lab jismoniy tarbiya, sportning milliy turlarini va harakatli o‘yin- lami rivojlantirish hamda takommillashtirishga e’tibor kuchaydi.
3
Xususan, mamlakatimiz mustaqilligining dastlabgi yillarida qabul qilingan bir qator Qonun, Farnion hamda qarorlar ham buni yaqqol isbotlab turibdi. Masalan, 0‘zbekiston Resublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonunining qabul qilinishi (04.09.2015) mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Bu Qonun yurtimizda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining huquqiy asosini yaratdi. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari to‘g‘risida»gi Qarori, «Sog‘lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi, «Milliy olimpiya qo‘mitasining tuzilishi va faoliyatining mazmuni to‘g‘risida», «Milliy xalq o‘yinlari va sport turlarining tiklanishi to‘g‘risida», «0‘zbekiston Respubli- kasida fiitbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», «0‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» va shu kabi yana bir qator hayotbaxsh qarorlari millatimizning kelajagi yo‘lida qilingan buyuk ishlaming mustahkam poydevoridir.
Bu tarixiy va ulkan ahamiyatga ega bo'lgan Qarorlar har biri- mizga quwat, ilhom, yana ham aniqrog‘i juda ulug‘ imkoniyatlar eshigini ochadi. Taqdim etilayotgan ushbu yangi darslik hozirgacha amalda qo‘llanib kelingan shu yo‘nalishdagi darsliklarga ijodiy va tanqidiy yondoshib, ulaming eng yaxshi jihatlari, ilg‘or maktab murabbiylarining va boshqa mutaxassislarining ish-tajribalarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilganligi alohida tahsinga loyiqdir.
0‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining maqsadi — yosh avlodni zabardast polvonlar va dovyurak ajdodlarimiz kabi taibiya- lash hamda ushbu xalq harakatli o‘yinlarini o‘zlashtirish tufayli ulami har tomonlama jismonan, ma’nan va ruhan rivojlantirish barobarida 0‘zbekiston tarixiga, madaniyatiga, an’analarimizga qiziqish va hurmat hissini oshirishdan iboratdir.
Kitobning o‘ta muhim va foydali ahamiyati shundaki, mualliflar milliy va harakatli o‘yinlar to‘g‘risida tarixiy manbalar hamda ulug‘ mutafakkir, donishmand allomalarning fikr- mulohazalarini, bobokalonlarimiz Amir Temur, Ahsher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, Muhammad Zahiriddin
4
Boburdan boshlab, XIX—XX asr yozuvchi va shoirlari Fitrat, ChoMpon, Avloniy, Oybek va boshqa adiblarimiz xalq harakatli o'yinlariga keng e’tibor berganliklarim aniq misollar asosida tahlil qilib, ularning ahamiyatli tomonlarini ochib berganlar. Respub- likamizning taniqli va zahmatkash olimlari tomonidan yaratilgan ushbu yangi darslikni 0‘zbekiston davlati oliy ta’limi professor- o'qituvchilari, magistrlari, bakalavr-talabalari qizg‘in kutib olishlari va undan amalda unumli foydalanishlariga katta umid bog'lasa bo‘ladi.
Xalqaro pedagogika fanlari Akademiyasining akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor, O ‘zbekiston Respublikasi Oliy ta ’lim va xalq ta ’limi a ’lochisi *
Do'stlaringiz bilan baham: |