UMAR XAYYOM
G‘iyosiddin Abdulfatx Umar ibn Ibrohim Xayyomiy Nisho- puriy 1048—1132-yillarda yashab, ijod qilgan. U o'zidan keyingi avlodlarga juda boy she’riy va ilmiy meros qoldirib ketgan sharqning buyuk mutafakkirlaridan biridir. Umar Xayyomni ruboiynavis shoir sifatida butun dunyo biladi. Ammo u buyuk astronom, matematik, tarixchi-etnograf sifatida ham jahon madaniyati tarixida munosib mavqega ega. lining «Navro‘znoma» asari uzoq tariximizdan, Navro‘z bayramining kelib chiqishi, shunga bogliq ajdodlarimizning urf-odatlari, rasm-rusumlari, an’analari va xalq o‘yinlari haqida ham batafsil fikr yuritadi.
U Quyosh taqvimi (kalendari)ni ishlab chiqqan bo‘lib, bu taqvim hozir ham qoMlanib kelinayotgan Grigoriy taqvimidan ko‘ra mukammalroqdir. Shu taqvim bo‘yicha qadimiy podshohlaming Navro‘z kunini qanday belgilaganliklari va bayramni qay tarzda o‘tkazganliklarini tarixiy dalillar bilan bayon qiladi. Hozirgi kunda ohayotgan Navro‘z bayrami bilan Umar Xayyom tasvirlayotgan davrdagi Navro'z bayrami orasida katta farq mavjud. Ugari ham, hozirgi kunda ham bayramlarda xalq o'yinlari keng ko‘lamda o'tkazilgan. U «Navro‘z»da o‘tkaziladigan xalq o'yinlaridan qilichbozlik, tiyrandozlik, chavandozlik kabi odatlar haqida qim- matli ma’lumotlar qoldirgan.
Umar Xayyom Navro'zning joriy qihnishi sababini quyidagicha izohlaydi: «...Oftobning ikki otlanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha: Oftob har uch yuz oltmish besh kecha-kunduzning to‘rtdan birida Hamal burjining birinchi daqiqasiga chiqib ketgan paytining o‘zida yana qaytib keladi va har yili bu davr kamaya boradi.
37
Yoyning shaklini falak qismlaridan olganlar, chunk! olimlar falak doirasining qismlaiini, qavs, ya’ni yoy deganlar. Qavsning bir uchini ikkinchi uchi bilan birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq — vatar, ya'ni kerish deyiladi, falak doirasining markazidan chiqib, qavs kengligining o‘rtasidan o£tadigan chiziqni saxm, ya’ni o‘q deydilar. Bir tomondan, yoy odamga ham o‘xshaydi, chunki unda tomirlar, asab torlari, suyak, teri va go‘sht bor, kerish esa uning «joni», chunki o‘q-yoyning «hayoti» unga bog‘liq. Yulduz ilmiga suyanib tasdiqlashlaricha, yoy sohiblari, agar mergan bo'lsalar va kamon otishga ko‘p vaqt ajratsalar, hech narsaga muhtoj bo£lmaydilar. Har bir kishining g‘alabasi uchun lozim qurol o‘q bo‘lib, o‘qchilar bir bo‘lsa, qo‘shin g‘olib bo£ladi* (35-bet). Tibbiyot nuqtayi naza- ridan qaraganda, o‘q-yoyni bilish ko£p tomondan foydali: u bilan nafaqat jismoniy mashqlar qilish mumkin, balki ular asab tizimlarini ham kuchli qiladi, bo1g‘inlarni yumshatib, ulami farmonbardor etadi, hofizani o‘tkirlashtiradi, yurakni baquwat etib, falajlik va qaltiroqlikdan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |