Sport va harakatli 0‘yinlar



Download 1,28 Mb.
bet17/174
Sana31.08.2021
Hajmi1,28 Mb.
#160626
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   174
Bog'liq
SPORT VA HARAKATLI

HUSAYN VOIZ KOSHIFIY

Husayn Voiz Koshiñy XV asrda Hirotda yashagan Sharqning mashhur allomalaridan biridir. U axloq, tarix, tasawuf, nujum, riyoziyot, fiqh sohalariga doir qirqdan ortiq asar yaratgan. Shular qatorida xalq o‘yinlarining o‘n beshga yaqin xili haqida mukammal ma’lumotlar qoldiigan.

Koshifiyning «Futuwatnomayi sultoniy yoxud javonmardlik tariqati» risolasi axloq va odob dasturi sifatida qo‘ldan qo‘lga o‘tib, katta qiziqish ila o‘qib kelinmoqda. Bu nodir risola bag‘oyat muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega bofiib, futuwat haqida mashhur pandnomalar, javonmardlarning rasm-u rusumi, odobi xususidagi fikrlardan iborat. XV asrda Hirotda yashagan atoqli tojik yozuvchisi Husayn Voiz Koshifiyning «Futuwatnomayi sultoniy» nomli risolasi, ilmning ko‘p qoida-nizomlarini qamrab olgani, sodda va ravon tilda yozilgani büan ajralib turadi.

U o‘z zamonidagi tomosha ko‘rsatuvchi pahlavonlar, kurash tushuvchilar, toshotarlar, nova tortuvchilar, hammollar, dorbozlar, kuchini namoyish quluvchilar (zurgarlar), tomosha ko‘rsatuvchi




42





o‘yin ahli (kosa o‘ynovchilar, qo‘g‘irchoqbozlar va soqqabozlar), kabza ma’nosida va kabza turlari (qilich, qalqon, gurzi, urushi kamoni (yoyi), to‘qmoq (yog‘och bolg‘a), pichoq, boltacha (qassoblik pichog‘i) va bolta haqida batafsil to'xtaladi.

Husayn Koshifiy tomosha ko‘rsatuvchi pahlavonlami sakkiz toifaga ajratadi, ya’ni: kurash tushuvchilar, tosh o'ynovchilar, loy tashuvchilar («novandozlar»), zambil ko'taruvchilar, dorbozlar, gurzi ko‘taruvchilar va zo‘rlar. U kurash ommabop milliy sport turi bo‘lib, barcha uchun manzurligini, bu ish bilan shug‘ul- lanuvchi kishilar har qanday vaziyatda to‘g‘rilik va pokLik, adolat qonuniyati bilan yashash kerakligini uqtiradi.

Uchinchi faslning birinchi qismida kurashning ma’nosi, kurashda asl mohiyat, ilm bilan qo‘shilgan kuch qanaqa narsa, kurash tushish ilxnmi yoki amalmi, kurash ustalarining odobi, shogirdlar odobi, komil ustoz qaysi, kimni pahlavon deyish mumkin, kurashning qanday turlari bor, kurashchilarning tili nima, kurashchilarning oxirgi maqsadi, kurashning onasi qaysi, yiqilishga sabab nima va shu kabi qator masalalar yechimi o‘z ifodasini topgan.

Koshifiy toshotarlar pok va taqvodor kishilardirlar, ularning vazifasi tosh bilan dushmanga aniq zarba yetkazishdir, deydi. Ularning odobi oltita, deb aytadi:



  1. butun choralami ishga solib, kuch va malaka to‘plash va buni dushmanga qarshi sarflay bilish;

  2. toshga qo‘l tekkizishdan oldin o‘tgan azizlar va pirlami esga olish;

  3. qo‘lni toshga urgandan keyin jasorat va mardlik ko'rsatishga intilish;

  4. majlis ahlidan madad va himmat tilash;

  5. ko‘z bilan tilni va qo‘l bilan ko‘ngilni ishlar va narsalardan saqlash;

  6. ma’raka hunardan forig‘ bo Ugandan keyin takbir va salovat aytish.

Asarda dorbozlar tashqi ko‘rinishidan o‘yin-tomosha ahlidan bo‘lsalar-da, ammo ishlaiining asosi jur’at va quwat bo‘lganidan, ular ahli zo‘r (pahlavonlar) jumlasiga kiritiladi, Dorbozlik ulug‘


43





bir kasbdir va bu ishning ustalari pokiza axloqli va rostgo‘y bo‘lishlari kerak.

Kuchini namoyish qiluvchilar (zurgarlar) toifasi quyidagi hunarlarni ko‘rsatadilar, ya’ni: 1) mardgirlik (odam ko‘tarish); 2) tosh sindirish; 3) suyak sindirish; 4) dorbozlik; 5) tosh otish; 6) tegirmon toshini ko‘tarish; 7) fil bilan olishish; 8) kamondan o‘qni uzoqqa otish; 9) sakrash. Qayd qilingan barcha hunarlarning mohiyati nimadan iborat ekanligi ochib berilgan, jumladan, odam ko‘tarishning ma’nosi haqiqatda nima, desalar, ko‘targan kishini yiqitmaslik, ya’ni mardlik obro‘yini yerga tushurmaslik, past ket- maslik.

Tosh sindirish bu — qattiqlik va tosh yuraklik sifatlarini sindir- moq va ushbu sifatlami barham etmoq demak. Suyak sindirishning ma’nosi, suyak haqiqatning mag‘zi va ham pardasidir, ya’ni mardlik bilagi bilan xudparastlik pardasini ko‘z oldidan ko'tarib, haqiqat mag‘ziga ko‘z tiksin demakdir.

Tegirmon toshini ko‘tarishning ikki ma’nosi bor, binobarin, tegirmonning ustki toshi — doimo harakatda, bu esa tariqat talabida muttasil jadd-u jahd qilmoqni ifodalaydi. Ostki tosh qimirlamay turadi, bu esa chidam va sabot timsolidir. Demak, tegirmon toshini ko‘targan odam shu sifatlarni o‘zida muvofiqlashtiruvchi kishidir.

Fil ko'tarishning ma’nosi shundan iborat, fil ulug‘vorlik bel- gisidir, fil ko‘tarish esa dunyo ishlari falak azimati oldida arzimasdir, degan ma’noga ishoradir.

Sakrashning ma’nosi shuki, nafs uy dushmanidir, undan sakrab, qutulib chiqish kerak, osoyishtalik, muvaffaqiyatga erishish nafs bilan jang qilish orqali qoTga kiritiladi. Shuni e’tiqod bilan anglab yetish kerakki, zurgarlik (kuch-quvvatni namoyish etish)ning haqiqati nafs dushmanini poymol etishdir, boTmasa ko‘p hayvonlar va parrandalaming quwati odamzodnikidan ortiq. Shuning uchun kuch-quwatga uchmaslik va nafs havosidan voz kechish kerak, shunda ma’rakalarning pahlavoni ayni vaqtda futuwat pahlavoniga ham aylanadi. Shayx Sa’diy aytganlaridek:




Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish