149
larga oigan o‘rinlariga qarab ochkolar beriladi. O'yinning oxirida 4 ta nuqtadan eng kam ochko to‘plagan jamoa yutgan hisob- lanadi.
O y inning varianti. Agar o'quvchilaming soni ko‘p bo‘lmasa, masalan, 12 nafardan oshmasa, ulami ikki jamoaga bo‘lish mum- kin va har bir jamoa bir qatorga saflanib, o‘zi tomonidagi old chiziqda turadi.
Har bir o'yinchini oldiga to‘pni qarama-qarshi tomondagi shchitga, so‘ngra o‘z tomondagi shchitga olib kelib tashlash va tushgandan so‘ng uni o‘zining jamoasidagi keyingi o‘yinchiga uza- tish vazifasi qo'yiladi.
To‘p ushlovchiga
Oyinga tayyorlanish. Zalning yoki maydonchaning qarama- qarshi burchaklariga uchburchak va 1—1,5 metr kenglikda yo'llar chiziladi. 0‘yinda ikkita jamoa qatnashadi, ularda albatta bir- biridan ajratiladigan belgi bo‘lishi shart. Har bir onaboshi bittadan to‘p ushlovchi va ikkitadan himoyachilami tayinlaydi. To‘p ushlov- chüar raqib himoyachilarining oldida yo‘lak ichida yoki zonada turadilar. Qolgan o‘ynovchilar esa ikkitadan bo‘lib butun maydon bo'ylab tarqaladilar (7-rasm).
Oyinning tavsifi. O'yin basketbolga o'xshab maydon mar- kazidan boshlanadi. 0‘qituvchi to‘pni ikki jamoaning ikkita o‘yinchisi o‘itasiga yuqoriga otib o‘yinga kiritadi O'yinchilar yuqo- riga sakrab to‘pni o‘z jamoasidagi o‘yinchilaiga oshirishga harakat qiladilar.
0‘yinchilar to'pni bir-birlariga oshirib, o‘zlarining to‘p ushlov- chilariga yaqinlashib borib, to‘pni ularga uzatadilar. Himoyachilar o‘z navbatida bularga qarshilik ko'rsatib, to‘pni ushlab olib, o‘zi- ning o‘yinchilariga uzatadilar. Har bir to‘p ushlovchilar ushlagan to‘pi uchun jamoaga bir ochko beriladi. Har bir olingan ochkodan keyin, yutqazgan jamoa himoyachilari to‘pni otib o'yinga kiri- tadilar.
Ma’lum bir vaqt ichida, ya’ni 8-10 daqiqa davomida ko‘p ochko to‘plagan jamoa yutgan hisoblanadi.
150
О У inning qoidalari. 0‘yinda basketbol o'yin qoidalarini qo'llash murnkin. To'pni ushlovchilar va himoyachilar to‘pni ilib olgandan so‘ng zonadagi chiziqni bosishi man etiladi.
Qatorlar bo'ylab to‘plar poygasi
O'yin maydonchada, zalda yoki koridorda o'tkaziladi. Uni o'tkazish uchun basketbol yoki voleybol to'plari (jamoalar soniga qarab) kerak bo'ladi. Bunda to'ldirma to'plar, bavroqchalar yoki tayoqchalardan foydalanish ham murnkin.
Oyinga tayyorlanish. O'yinchilar bab-baravar ikki jamoaga bo'linadilar. Jamoalar bir-biriga yuzma-yuz turib ikki qatorga saflanadilar. Qatorlarda birinchi bo’lib turgan o'yinchilarning qo'llarida bittadan to'p bo'ladi.
0‘yinning tavsifi. Qatorda birinchi bo'lib turgan o'yinchilar rahbaming «Diqqat, marsh!» deb signal berishi bilan to'plarni
15Î
o‘z qo'shnilariga va ular ham o‘z navbatida to‘pni o'zidan keyingi o'yinchilarga uzatadilar. To‘plar shu tariqa qator oxirigacha uzatib boriladi. Qator oxirida turgan o'yinchilar to'pni olishlari bilan qator oldiga qarab yuguradilar va qator oldiga turib olib, to‘pni o‘z qo'shnilariga uzata boshlaydilar va hokazo. To‘p poygasini boshlagan o‘yinchilar qatorning oxiriga kelib qolganlaridan so‘ng to'pni olishlari bilan qator oldiga qarab yuguradilar va o‘z jamoa- larining oldiga turib olib, to‘p ushlagan qo‘llarini yuqoriga ko‘ta- radilar. To‘p poygasini oldin tugatgan, ya’ni o‘yinchilaming ham- masi poygani boshlovchi rolini bajaigan va poyga boshlanishida birinchi bo‘lib turgan o‘yinchisi o‘z joyiga oldin kelib ulguigan jamoa g‘alaba qozonadi.
Oÿiming qoidalari. 1. To‘p faqat o‘z qo'shnisiga uzatiladi. Uni bir necha o‘yinchidan oshirib uzatishga ruxsat etilmaydi. Bu qoidani buzgan jamoaga jarima ochkosi beriladi. 2. Agar o‘yin- chilardan birontasi to'pni tushirib yuborsa, uni o‘sha o‘yinchining o‘zi borib ohshi va o‘z joyiga qaytib kelib, to‘p uzatishni davom ettirishi kerak. 3. Наг gal oxiigi o'yinchi qatorning old tomoniga yugurib o‘tib, birinchi bo'lib turib olganidan keyin jamoaning hamma o'yinchilari yarim qadam orqaga suriladilar. 4. O'yinni boshqa jamoaga qaraganda oldin tugatgan va jarima ochkosi olmagan jamoa yutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |