Uch variantli to‘p
1-variant. Bu o‘yinda nechta o‘quvchi qatnashishi oldindan belgilab qo‘yilmaydi. Unda ikkitadan 20-30 tagacha o‘yinchi qatnashishi mumkin. 0‘yinning bu varianti faqat qiz bolalarga mosdir.
0‘yin uchun voleybol to‘pi yoki oddiy reziná to‘p kerak.
Oyinning tavsifi. 0‘yinni yakkama-yakka yoki jamoalarga bo‘- linib o‘ynash mumkin. 0‘ynovchilardan biri to‘pni zarb bilan yerga uradi va to‘p havodaligi vaqtida o‘zi bir aylanib, oldiugi turgan holatiga qaytadi. 0‘ynovchi yana shu harakatni takrorlaydi. 0‘yin shu tartibda davom ettirilaveradi.
0‘ynovchi to‘pni ura olmay qolsa yoki noto‘g‘ri urib yuborsa (to‘p boshqa tomonga sapchib ketsa), muvozanatini yo‘qotsa, o‘yin to‘xtatiladi.
O ‘yinning qoidasi. To‘pni eng ko‘p marta urib sapchitgan o‘yin- chi g‘olib hisoblanadi.
Metodik ko ‘rsatmalar. Bu o‘yin kichik va o‘rta maktab yoshi- dagi qizlar uchun tavsiya qilinadi.
131
Bu o‘yin chaqqonlik, muvozanatni saqlay olish kabi muhim sifatlami tarbiyalaydi, shuningdek, to‘pni boshqara olish mala- kalarini mustahkamlaydi.
variant. 0‘yinni o‘tkazish tartibi va o‘ynovchilammg soni birinchi variantdagidek bo'ladi.
Oÿinning tavsifi. 0‘ynovchi devordan 1—1,5 metr oraliqda turib to‘pni devorga uradi. Devorga tekkan to‘p sapchib qayt- gunicha qarsak urishi va to‘pni ilib olishi kerak. Bunda harakatning bir necha elementlarini: bir aylanib olish, cho‘qqayib o‘tirish va hokazolami qo‘llash mumkin. Bu o‘yin ham kichik va o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun tavsiya qilinadi.
variant. 0‘ynovchilartengikkijamoagabo‘linib, 5—6 qadam oraliqda bir-birlariga yuzma-yuz bo‘lib qator turadilar. 0‘yinda to‘pning to‘g‘xi uzatilishi va ilib olinishi e’tiborga olinadi. Agar o'yinchi to‘pni noto‘g‘ri uzatsa yoki noto‘g‘ri ihb olsa, unga jarima ochkosi beriladi, jarima ochkolarini kam oigan komanda yutgan hisoblanadi.
Bu o‘yin o‘rta va katta maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun tavsiya qilinadi.
Qarmoqcha
Oÿinga tayyorlanish. 0‘yin uchun uzun arqon kerak. Arqon- ning bir uchiga yarmigacha qum solingan xaltacha bog‘lab qo‘yiladi. Hamma o‘ynovchilar aylana hosñ qilib turadilar (1-rasm).
Oÿinning tavsifi. Onaboshi davra o‘rtasida turib, uchiga xaltacha bog‘langan arqonchani aylantiradi. 0‘ynovchüar hushyor bo‘lishlari va arqoncha uchiga bog‘langan xaltacha oyoqlariga teg- masligi uchun arqoncha aylantirilayotgan paytda sakrab-sakrab turishlaii kerak. Oyog‘iga xaltacha tekkan (qarmoqqa ilingan) o'yinchi davra o‘rtasiga chiqadi va onaboshi bo‘ladi, ya’ni arqonchani aylantiradi.
Metodik ko ‘rsatmalar. 0‘yinni boshlashdan oldin kimki arqon- chaga uch marta qoqilsa, doña o‘rtasiga chiqadi, deb tushuntirish kerak. O‘ynovchilami ikki jamoaga bo‘lish mumkin. Bunda ikkala jamoaning o‘yinchilari arqonchaga necha martadan qoqilganini
132
hisoblab borib, o‘yin oxirida qaysi jamoa g'olib chiqqanini aniqlash lozim. Bu o‘yinni 3—5 daqiqa davom ettirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |