Basketbolchilar musobaqasi
O'yinga tayyorlanish. 0£yin maydonchada yoki gimnastika zalida o£tkaziladi, uni o£tkazishda ikkita basketbol yoki voleybol to£pidan foydalaniladi. 0‘ynovchilar ikki komandaga bo£linib, bir- biridan 3 metr oraliqda parallel qatorlarga saflanadilar. Qatorlar boshida turgan o£yinchilaming oyoq uchlaridan start chizig‘i o£t- kaziladi. Qatorlar oldidan taxminan 18—20 metr nariga savat o£ma- tilgan basketbol taxtasi yoki biron narsaga birkitilgan halqa qo‘yiladi. Savat bilan start chizig£i o£rtasiga (har bir qator oldiga) 2—3 ta g£o£lacha qo‘yilgan bo£ladi. Qatorlar oldida turgan o£yin- chilarga bittadan to£p beriladi.
143
0£yinning tavsifi. 0‘qituvchi «Tayyorlan!». «Marsh!» — deb ko‘rsatma berishi bilan qatorlar boshida tuigan o‘yinchilar to‘pni bir qo'llab yerga urib-urib oldinga yuguradilar. Ular o‘z g‘o‘la- chalarini aylanib o‘tib, savat yoki halqa yaqiniga keladilar, to‘pni savat yoki halqa ichiga tashlab, yana ilib oladilar. Keyin to‘pni yerga qattiq uradilar va bunda to‘p yerdan ko'tarilib, ikkinchi o‘yinchiga, ya’ni o£z jamoasida navbat kutib tuigan sherigiga uchib borishi kerak. Navbatdagi o‘yinchi ham to‘pni ihb ohshi bilanoq uni yerga urib-urib oldinga yugurib ketadi va birinchi o'yinchining harakatlarini takrorlaydi. Yugurishni tamomlagan o‘yinehilar qator oxiriga o‘tib turadilar. To‘p bilan yugurishni (hamma harakatlami bajaigan holda) oldin tamomlagan jamoa g‘olib hisoblanadi.
Oyinning qoidalari. 1. To'pni qo‘ldan chiqarib yuboigan o£yin- chi uni olib kelishi va shu joydan yugurishni davom ettirishi lozim. 2. To‘pni olib ketayotgan o'yinchi g‘o‘lachani qulatib yuborsa, uni joyiga turg‘azib, o‘yinni davom ettiradi va shundan keyingina to'pni olib ketishi kerak. 3. Navbat kutib turgan o‘vin- chilar to‘pni qabul qilib olayotganlarida start chizig‘idan o'tmasliklari lozim. 4. 0‘yinning natijasini hisoblashda to‘p savatga tushgan-tushmaganligi nazarda tutüadi.
Metodik ko'rsatmalar. Bu estafetani murakkablashtirish ham mumkin. Masalan, har bir jamoa o£yinchilari qatorda ikkitadan bo£lib turadilar. Signal berilishi bñan qator boshida turgan ikki o£yinchi baravar yugura boshlaydi. Ular to£pni bir-biriga uzatib boradilar, taxtaga yaqinlashganda to'pni savat yoki halqaga tashlaydilar va ihb oigan to£plami navbatdagi o‘yinchilaiga irg£i- tadilar.
Kartoshka ekish
0‘yinga tayyorlanish. 0£ynovchilar o‘zaro teng 2 yoki 3 jamoaga bo£linib, bir-biriga parallel qatorlarga saflanadilar. O'yin uchun 5 tadan kartoshka solingan 2—3 xalta bo'hshi kerak. Qator- lardan 20—30 metr nariga ketma-ket 5 tadan doirachalar chiziladi.
0£yinning tavsifi. 0£qituvchi «Diqqat», «Marsh!» — deb komanda berishi bilan qator boshida turgan o‘yinchilqr o£z doira-
144
chalariga yuguradilar, kartoshkalami doirachalar ichida qoldirib, yugurganlaricha qaytib keladüar va xaltachalarini navbatdagi o‘ynovchilarga beradilar. Bu o‘ynovchilar ham yugurib borib, kartoshkalami xaltachalarga soladilar va yana o‘z qatorlariga qaytib keladüar va hokazo. Hamma o‘ynovchilari oldinroq yugurib bo‘l- gan komanda yutgan hisoblanadi.
O ‘yinning qoidalari. 1. Kartoshkalami faqat doirachalar ichiga qo'yish kerak. Agar biron kartoshka doiracha ichidan tashqariga dumalab chiqsa, o‘ynovchi qaytib kelib, uni doirachaga qo‘yishi va shundan keyingina yugurishni davom ettirishi lozim, 2. Sherikdan xaltani qabul qilib olgandan keyingina yugurib ketish mumkin. 3. Yugurib qaytib kelgan o‘ynovchi qatorning oxiriga borib turadi.
Metodik ko‘rsatma. Hamma o‘ynovchilar yugurishda qatna- shishlari lozim. Xato qilgan o'yinchiga jarima ochkosi berish mumkin.
Halqaga irg‘itish
Bu o‘yinda 20—30 nafar o‘yinchi qatnashishi mumkin. 0‘yin yaylovda yoki voleybol ustuni o‘matilgan sport maydonchasida o‘tkaziladi.
0‘yinning tavsifi. Halqa daraxtga, voleybol ustuniga yoki bo‘yi 3—4 metrli maxsus yasalgan blokka o'matiladi. Halqa bilan irg‘itish oralig‘i 10—15 metr bo‘lishi mumkin. Irg‘itish uchun tennis kop- tog‘i yoki kattahgi va oghrligi o'shanday lattadan yasalgan koptok bo‘lishi mumkin.
0‘yinni jamoalarga bo‘linib yoki bo‘linmasdan o‘tkazsa ham bo'ladi.
Jamoalarga bo‘linganda o‘yinni qaysi jamoa boshlashi chek tashlash yoJi bilan aniqlanadi.
Har bir o‘ynovchi irg‘itish chizig‘iga keladi va koptokni irg‘itib halqaga tashlaydi.
0‘yinning qoidalari. Halqaga tushirilgan har bir koptok uchun bir ochko beriladi. Agar o£ynovchilar juda ko‘payib ketsa, halqalar sonini ham ko‘paytirish mumkin.
145
Eng ko‘p ochko to'plagan o‘yinchi yoki jamoa g‘olib hisob- lanadi.
Metodikko‘rsatmalar. Bu o‘yin o‘rta va katta maktabyoshidagi o'quvchilar uchun tavsiya qüinadi. 0‘yin mo‘ljal olish qobiliyatini o'stiradi va hamda irg‘itish malakalarini hosil qilishga yordam beradi. Shuningdek, o‘ynovchilarda jamoa oldidagi mas’uliyatni sezish hissini tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |