Siyosatshunoslik


bet176/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Konservatizm. 
XVIII asrda liberalizmning raqibi o‘laroq xudo 
tomonidan o‘rnatilgan tartiblaming buzilmasligi g‘oyasining ilgari 
suruvchisi sifatida paydo bo‘ldi. Uning asosiy qoidalari angliyalik 
mutafakkir va siyosatchi E. Berk, fransiyalik jamoat arboblari 
de Mester va de Bonald tomonidan asoslab berildi.
Bu qoidalaming negizida tabiiy ravishda qaror topgan nar- 
salar tabiatining buzilmasligi, oila, millat, din, tabaqaviy bolinish 
bilan bog‘liq bo‘lgan an’anaviy qadriyatlami saqlab qolish g‘oyasi 
yotadi.
Ana shundan kelib chiqib, konservatorlar ijtimoiy taraqqi- 
yotda yangiliklarga nisbatan vorislikning ustuvorligini yoqlab 
chiqadilar. Ulaming fikricha, siyosiy prinsiplami urf-odatlarga, 
milliy an’analarga, qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
institutlarga moslashtirish lozim. Zinapoya tarzidagi ijtimoiy 
tuzilishning yuqoridan o‘matilganligiga hech qanday shubha yo‘q 
va shuning uchun uni inson tomonidan o ‘zboshimchalik bilan 
o ‘zgartirib bo‘lmaydi. Bundan kelib chiqadiki, tenglik prinsipi 
inson tabiatiga zid keladi va uni jamiyat tuzilishining negiziga 
qo‘yib bo'lmaydi.
Neokonservatizm. 
Tarixiy taraqqiyot konservatizmda ham 
o ‘zgarishlar yasadi. U bugun liberalizm singari bozor, raqobat 
erkinligini ta ’minlashni, iqtisodiyotga davlatning aralashuvini 
cheklashni talab qilmoqda. XX asming 70-yillarida konserva­
tizm tarixida yangi tarixiy davr — neokonservatizm (D. Bell, Z. 
Bzejinskiy, N. Podgorets, N. Kristoll, A. Xayek) boshlandi. Bu 
yangi oqimning paydo bo‘lishini tadqiqotchilar AQSHda Ronald 
Reygan boshchiligida respublikachilar partiyasining, Buyuk Bri- 
taniyada Margaret Tetcher boshchiligida konservatorlar parti­
yasining, Germaniyada (o‘sha davrda — G FR ) Gelmut Kol bosh-
243


chiligida XDS-XSS1 blokining hokimiyatga kelishi bilan bog‘- 
laydilar.
Neokonservatizm neoliberalizm va sotsializmga qarshi tu- 
rish maqsadida shakllandi. Neoliberalizm davlatning iqtisodiy 
faoliyatga aralashishi zarurligini tan oladi va davlat ijtimoiy 
dasturlarining rivojlantirilishini qo‘llab-quwatlaydi. Neokonser­
vatizm esa aksincha, davlatning iqtisodiyotga aralashishini 
cheklashni talab qiladi. Antietatizm2, davlatning ijtimoiy vazifa- 
larini cheklash neokonservatizm g‘oviy-siyosiy ko‘rsatmalarining 
belgilovchi alomatidir.
Neokonservatorlar qarashlariga ko‘ra «eng yaxshi hukumat 
shuki, u kamroq boshqaradi». Ular aholining kam ta’minlangan 
qatlamlari foydasiga resurslami qayta taqsimlash maqsadida yirik 
kapitalga solinayotgan soliqlarga qarshi chiqadilar. Ular teng 
taqsimlashning ashaddiy dushmanlari sifatida davlatning ijtimoiy 
dasturlarini qisqartirishni talab etadilar. Neokonservatorlar fikricha, 
hozirgi davlat kishilar uchun natijalar tengligini emas, balki im- 
koniyatlar tengligini yaratib berishi kerak. Davlatning «sog‘iladi- 
gan sigir»ga aylanishi insonni buzadi, ishdan chiqaradi. Har bir 
kishi o‘z faoliyatida davlatga emas, balki o'zining kuchiga hamda 
o‘z yaqinlari va hamyurtlariga tayanishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, konservatizm mafkurasida oila, din, 
axloq, ayrim guruhlaming imtiyozli o‘m i haqidagi eski davr- 
ning qadriyatlari yangi, burjua munosabatlari davrining indivi- 
dualizm, bozor erkinligi kabi qadriyatlari bilan chambarchas 
bog‘Ianib ketgan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish