Siyosatshunoslik


bet175/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

240


Xiii|siyosiy mafkura — bu muayyan ijtimoiy guruhning hoki­
miyat^ intilishini yoki undan foydalanishini asoslovchi va siyosiy
harakqffiing и yoki bu strategiyasini ко ‘zda tutuvchig‘oyaviy tizim-
dir.
Agai- fanning vazifasi haqiqatni izlash bo‘lsa, mafkuraning 
vazifa8j aholining ommaviy siyosiy ongini egallashdir. Aholini 
real bifi^shtirish qobiliyati muayyan mafkuradagi g‘oya va qoida- 
lar kisyarning yaxshi turmush tarzi haqidagi kundalik qarashlari 
va tas^vurlariga qanchalik mos kelishiga bog‘liq.
S%$iy mafkura zamon va makondan tashqarida bo‘lgan 
mavhufl ruhiy hodisa emas. U muayyan tarixiy sharoit bilan bog‘liq
— aniq jjtimoiy mazmunga ega bo‘lgan m a’naviy hodisadir. Har 
bir ta%jy davr o‘ziga xos va o‘ziga mos mafkuraviy oqimlarni 
ilgari %adi. Bundan hozirgi zamon ham mustasno emas.
Hcizjrgi zamonning eng yirik mafkuraviy oqimlari libera- 
lizm, tanservatizm va sotsial-demokratiyadir.
Lil)efalizm — lotincha «libiralis» so‘zidan olingan bo‘lib, «er­
kin» degan m a’noni anglatadi. U XVII—XVIII asrlarda m a’rifat- 
parvai|jjc g‘oyalari negizida burjua sinfi mafkurasi sifatida 
shakllandi. Bu mafkuraning asosiy qoidalari J. Lokk, T. Gobbs, 
Sh. Moiiteskyo, A. Smit, T. Jefferson asarlarida ishlab chiqildi 
va aso^ndi.
Li%alizm poydevorini shaxs erkinligi, uning jamiyatdagi 
barch^ jostitutlarga nisbatan eng oliy qadriyat ekanligi, shaxs- 
ning bajn o ‘z oldida, ham jamiyat oldida mas’ulligi, barcha 
kishila^ing o ‘zini-o‘zi ro‘yobga chiqarish huquqini tan olishligi 
kabi pfjflsiplar tashkil etadi. Bu mafkura parlament tuzumining, 
muhm, $iyosiy muammolarni hal etishda murosai-madora, ke- 
lishuvjiijig tarafdoridir.
U ^ v la tn in g k o ‘payib ketgan iq tiso d iy va ijtim oiy 
funksiya|ariga salbiy munosabatdadir. Liberalizm hokimiyatning 
taqsirn]apishi, siyosiy plyuralizm, elitalar raqobati, qonunning 
ustuvorijgini e ’tirof etadi. Fuqarolaming huquq va erkinliklarini 
ta ’mi%shni o ‘zining asosiy m aqsadi deb biladi. Boshqa 
kishilaming qarashlari va e’tiqodlariga sabr-toqatli bo'lishlik 
himoya qilinadi. Erkinlik prinsipi liberalizm tarafdorlari 
tomoni^n davlat cheklashlaridan erkin b o ‘lishlik sifatida talqin
241


etiladi. Bu g'oyani Lokk inson o‘ziga nima kerakligini har qan­
day hukumatdan ko‘ra yaxshi biladi, deb talqin etgan edi.
Liberalizm hokimiyatni meros qilib qoldirishning barcha 
shakllariga va tabaqaviy imtiyozlarga qarshi chiqadi. «Davlat — 
tungi qorovul» mazmunidagi g‘oyani ilgari suradi. Bu g‘oyaning 
mazmuni shuki, davlat faqat ijtimoiy tartibni qo‘riqlash va 
mamlakatni tashqi tahdiddan himoya qilishni ta ’minlaydigan, 
kamroq, lekin kerakli vazifalar bilan ta’minlanishi kerak. Shuning 
uchun aynan liberalizmda fuqarolik jamiyatining davlat ustidan 
ustuvorligi g‘oyasi qaror topdi va amalga oshirilmoqda.
Lokk fuqarolik jamiyati — bu doimiy kattalik, davlat esa 
undan kelib chiquvchi, deb yozgan edi.
Liberalizm erkinlikning bozor talqinini tadbirkorlik erkinligi 
sifatida baholaydi. Ya’ni, bu mafkura erkinlik va xususiy mulkning 
o‘xshashligiga asoslanadi. Unda xususiy mulk inson erkinligining 
kafolati va o‘lchovi sifatida qaraladi. Iqtisodiy erkinlikdan siyosiy 
va fuqarolik erkinligi keltirib chiqariladi. Klassik liberalizm 
g‘oyalari anglo-sakon mamlakatlarida, awalo, AQSHning siyosiy 
va iqtisodiy taraqqiyotida o‘zining bir qadar to ‘laroq ifodasini 
topdi. AQSHda individualizm jamiyat tuzilishining bosh prinsipi 
sifatida qaraladi. Mustaqillik va o ‘zining kuchiga tayanish, 
raqobat erkinligi amerikacha turmush tarzining asosiy g‘oyaviy 
ustunlaridir.
Neoliberalizm. Ijtimoiy-iqtisodiy o ‘zgarishlar ta’sirida XX 
asming 30-yillarida liberalizm neoliberalizmga o ‘sib o ‘tdi. Unda 
AQSH prezidenti T. Ruzveltning «Yangi yo‘li» katta o‘rin tutdi. 
Ruzvelt davlatning iqtisodiy va ijtimoiy roli masalasini qaytadan 
ko‘rib chiqdi. Neoliberallar davlatning iqtisodiy munosabatlami 
tartibga solishi, faol ijtimoiy siyosat olib borishi zarurligini tan 
oladilar. Ular ijtimoiy adolatni o‘matishni, monopoliyalaming 
hokimiyatini cheklashni, moddiy boyliklami soliq tizimi va 
davlatning ijtimoiy dasturlari orqali jamiyatning quyi qatlamlari 
foydasiga qayta taqsimlashni yoqlab chiqadilar. Shuningdek, 
liberalizmda boshqaruvchi va boshqariluvchilarning o‘zaro 
kelishuvi, siyosiy jarayonda ommaning ishtirok etishi zarurligi, 
siyosiy qarorlami qabul qilish amaliyotini demokratlashtirish 
muhim xarakterli xususiyatdir.
242


Umuman, liberalizm G'arb demokratiyasining g‘oyaviy asosi, 
AQSHda esa AQSH demokratik partiyasining g'oyaviy-nazariy 
mafkurasidir.
Hozirgi zamonning yana bir mafkuraviy oqimi konserva- 
tizm bo‘lib, u lotincha «konservare» so'zidan kelib chiqqan 
hamda «saqlash», «qo‘riqlash», «buzilib ketishdan saqlab qolmoq» 
degan m a’nolami anglatadi. ,

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish