Siyosatshunoslik


bet173/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Birinchidan, 
0 ‘zbekistonda din madaniy-mafkuraviy omil- 
lar umumiy silsilasiga kiruvchi barcha milliy qadriyatlar qatorida 
teng huquqli qadriyat sifatida tan olinadi.
Ikkinchidan, sof diniy ehtiyojlami qondirishdan tashqari har 
qanday g‘arazli maqsadga erishish yo‘lida diniy omillardan 
foydalanish qat’iyan man etiladi.
1 Узбекистан Республикасининг Конституцияси. - Т., 2008. — 18, 31, 57,
61-модцалар.
237


Ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning asosiy 
yo‘nalishi islom diniga emas, balki islomning muqaddas aqida- 
larini niqob qilib olgan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi 
qaratilishi lozim. Biroq ayrim xorijiy mamlakatlar matbuotidagi 
maqolalarda islom dini, siyosiy islom, terrorizm va diniy 
ekstremizm bir biri bilan qorishtirib yuborilmoqda. H atto 
G'arbda ayrim davlat arboblari terrorizm bilan bevosita bog'liq 
bo‘lgan siyosiy islomga ham beixtiyor islom dinining tarkibiy 
qismi, deb qarashm oqda. Vaholanki, terrorizm va islom 
ekstremizmi islom dini bilan faqat konfessional jih atd an
bog‘liqdir.
Islom dinini agressivlikda, terrorchilikda ayblash jahon 
miqyosida islom nufuzining, islom mavqeyining oshib borishi- 
dan talvasaga tushish, global iqtisodiy, siyosiy madaniy va de- 
mografik jarayonlarda gegemonligini tarixan yo‘qotayotgan 
postindustrial jamiyatlaming siyosiy kuchlari uchun xosdir.
Xullas, umume’tirof etilgan demokratiya va plyuralizm ta- 
moyillariga asoslangan davlat va din o ‘rtasidagi yangicha 
munosabatlami fuqarolarimiz ongiga singdirib borish, har qanday 
diniy-ekstremistik harakatlarning oldini olish eng m uhim
vazifalardan biridir.
2. «Siyosiy mafkura» tushunchasi. Hozirgi zamonning
asosiy mafkuraviy oqimlari
Siyosiy mafkura. 
Siyosiy mafkura siyosatshunoslikning eng 
murakkab kategoriyalaridan biridir. Chunki jamiyatni boshqa- 
rish zarurati muayyan g'oyaviy dastumi va nazariyani taqozo 
etadi. Bu vazifani mafkura bajaradi. Mafkurasiz siyosiy hokimiyat 
bo‘lmaganligi kabi davlat va uning siyosiy institutlarisiz mafkura 
ham bo‘lmaydi. Shu bois mafkura ijtimoiy hayotni tashkillash- 
tiruvchi, boshqaruvchi va muayyan maqsad sari yo‘naltiruvchi 
dastur, ta’limot bo‘lib xizmat qiladi. Mafkura asos e’tiboriga 
ko‘ra siyosat bilan uzviy bog‘liqdir. Siyosatning o ‘zgarishi 
mafkuraga ham ta’sir ko‘rsatadi.
«Mafkura» arabcha so‘zdan olingan bo'lib, tor m a’noda 
qarashlar va e’tiqodlar tizimi, majmui degan m a’noni anglatadi. 
Keng ma’noda mafkura — jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy,
238


axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar 
majmuidir. G ‘arb mamlakatlari tillarida mafkura «ideologiya» 
atamasi vositasida qo'llaniladi1.
Mafkura, xususan, siyosiy mafkura masalalari tahlili XIX 
asr oxiri XX asr boshlarida taniqli nemis olimi M. Veber tad- 
qiqotlarida yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi.
Shuni ta ’kidlash zarurki, mafkura masalasi sobiq SSSRda 
o‘ta mutlaqlashtirildi. Mafkura va siyosat o‘rtasidagi muvoza- 
natning buzilishi oqibatida sinfiy dushmanga qarshi kurash ni- 
qobi ostida nafaqat kom m unistik mafkuraga zid g‘oyaviy 
unsurlar, balki har qanday hurfikrlilik ta ’qib ostiga olindi. 
Trotskizmga qarshi kurash, kollektivlashtirish, madaniy inqilob, 
stalincha qatag‘onlar o‘z qamroviga ko‘ra fashizm mafkurasidan 
qolishmadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin NATO va Varshava 
Shartnomasi davlatlari o‘rtasida vujudga kelgan «sovuq urush» 
siyosati ham asos e’tibori bilan mafkuraviy tabiatga ega edi. 
H ar qanday ilmiy va madaniy hurfikrlilikka, agar u kommuni­
stik mafkura qoliplariga to ‘g‘ri kelmasa, g‘ayriinsoniy, zararli 
deb qaraldi. Bundan ilm-fan va madaniyat ravnaqi katta zarar 
ko‘rdi. Sovet mafkurasining tub xususiyatlaridan biri shunda 
ediki, u xalqlaming milliy o'zligini, madaniyati, axloqi va m a’- 
naviyatining betakror jihatlarini inkor etar, «sovet xalqi» degan 
mavhum tushuncha ostida barcha millatlami birlashtirishga uri- 
nar edi. Natijada, ayrim kam sonli xalqlar o ‘z tili, milliy mada- 
niyatini yo'qotishgacha yetib bordilar.
Aslida mafkura siyosatga oqilona yo'nalish berishi, uni ja ­
miyat hayotining turli jabhalaridagi real holat bilan tanishtirishi 
lozim. Siyosatning mafkuraga tayanishining sababi — mafkura- 
ning jamiyat ma’naviy kayflyatini, orzu-umidlarini, maqsad va 
manfaatlarini ifodalovchi g‘oyaviy dastur ekanligidadir. Bu borada 
siyosiy mafkura alohida o'rin tutadi. Chunki u huquqiy mafkura 
kabi dem okratik, huquqiy davlat va fuqarolik jam iyatini 
shakllantirishda yetakchi omillardan biri hisoblanadi. Siyosiy

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish