lar nazorati ostida bo‘ladi. Masalan,
Shveytsariyada fuqarolar-
ning o'zlari tomonidan masalalar ко‘rib chiqiladi va o ‘zlari to-
monidan hal qilinadi. Bunga muhim qonunchilik hujjatlarini
qabul qilish, muhim siyosiy va mahalliy ahamiyatga molik qaror-
lar qabul qilish kabilar kiradi.
Bevosita demokratiya fuqarolarning siyosiy faolligini oshira-
di, hokimiyat legitimligini mustahkamlashni ta ’minlaydi, davlat
instituti va mansabdor shaxslar faoliyatini samarali nazorat qilish
imkoniyatini yaratadi. Natijada, hokimiyatni suiiste’mol qilish,
d e p u ta tn in g
x a lq d a n
u z ilib
q o lis h i,
a m a ld o rla r
byurokratlashuvining oldi olinadi. Lekin bevosita demokratiya-
da ham fuqarolarning siyosatga ta ’sir etish imkoniyatlarini
mutlaqlashtirish kerak emas. Chunki bevosita demokratiya fu-
qarolarga
ovoz berish vositasida, odatda, prezident, hukumat,
partiya yoki tashabbuskor guruh tom onidan tayyorlangan
muayyan qonun loyihasini, qarorlami m a’qullash yoki rad etish
huquqini beradi, xolos. Lekin fuqarolarning bevosita o'zlariga
qonunlarni tayyorlash, ularni qonunchilik organlariga yoki
umumxalq ovoziga qo‘yish huquqi berilgan taqdirda ham aholi-
ning asosiy qismi bunday ishlarda juda sust ishtirok etadi.
Vakillik demokratiyasida esa xalq xohish-irodasi uning o ‘zi
tomonidan emas, balki uning hokimiyat organlaridagi vakillari
orqali amalga oshiriladi. Bu — fuqarolarning boshqaruvdagi
bilvosita ishtiroki b o ‘lib, ular
qonunlarni qabul qilish va
farmoyishlar berish vakolati berilgan o ‘z vakillarini hokimiyat
organlariga saylaydilar. Bunday demokratiyaning aniq ta ’rifmi
nemis siyosatshunosi Ralf Darendorf o'zining tom m a’nosiga
qarama-qarshi o ‘laroq demokratiya «xalq hokimiyati» emas,
bunaqasi umuman bo‘lmaydi. Demokratiya xalq tomonidan say-
lanadigan, kerak bo‘lsa uning o ‘zi chaqirib oladigan hukumat,
bundan tashqari, o ‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan hukumatdir, deb
ta ’riflaydi. Bunday hukumat vakillik demokratiyalarida ikki usul:
parlam ent va prezident boshqaruvi orqali shakllantiriladi.
Masalan, Buyuk Britaniya parlament shaklidagi boshqaruvning
vatani hisoblanadi. Boshqaruvning bu shaklini Shvetsiya, D a
niya, Norvegiya, Germaniya,
Avstriya, Shveytsariya, Belgiya,
Italiya, Ispaniya, Portugaliya kabi mamlakatlarda kuzatsak,
203
AQSH, Rossiya, 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston davlatlarida esa
boshqaruvning prezidentlik shakli hukmronlik qiladi.
Vakillik demokratiyasining asosida doimiy o'tkaziladigan,
haqqoniy, halol va muqobil saylovlar yotadi. Hatto bir nomzod
qo‘yilganda ham xalq uchun saylovda hamisha tanlov mavjud.
Bor-yo‘g‘i bir nomzod qo‘yilganda
ham saylovchining oldida
kamida uchta yo‘l ochiladi: birinchidan, shu nomzod uchun
ovoz berishi mumkin; ikkinchidan, shu nomzodga qarshi ovoz
berishi mumkin; uchinchidan, saylovlarga kelmasligi va bu bilan
uni inkor etishi mumkinki, natijada yana yangi saylov o‘tkazishga
asos yaratiladi. Shu tariqa fuqarolar o ‘zlarining ustlaridan
hokimiyat saylab, uning faoliyatidan
hisobdor va xabardor
bo‘lishga haqli bo‘ladilar.
Demokratik shart-sharoitlarda fuqaroning erkinlik, mas’uli-
yat to ‘g‘risidagi tushunchalari hamda huquqiy savodxonlik da
rajasi muhim ahamiyatga ega. Masalan, tabiiy holatda inson
o‘z shaxsi va mol-mulkining mutlaq hokimi, boshqalar bilan
teng, hech kimga qaram bo‘lmagan mavjudot ekan, nega u bu
erkinligidan
ixtiyoriy ravishda voz kechib, o‘zini boshqaning
hokimiyati va rahbarligiga bo‘ysundiradi? Lokkning ta ’biri bilan
aytganda, «tabiiy holatda inson shunday huquqqa ega, ammo
hayotda bunday huquqdan foydalanishi amri mahol, doimiy
ravishda boshqalarning bu huquqqa tajovuz qilish xavfi mavjud.
Axir, hamma ham uning darajasida hukmbardor,
chunki har
bir odam unga teng, qolaversa, odamlaming kattagina qismi
tenglik va adolatga rioya qilavermaydi, shuning uchun inson
tabiiy holatda ega bo'lgan mol-mulkidan
foydalana olishi
anchayin xavfli, anchayin ishonchsiz». Bu insonni xavotir va
qo‘rquvlarga to ‘la erkinligidan voz kechishga undaydi va u «o‘z
hayotini, erkinliklari va m ol-m ulkini asrab qolish uchun
birlashgan yoki birlashishga tayyorlanayotganlar jamiyatiga
qo‘shiladi. Shuning uchun insonlar davlatga birlashuvi va o‘zini
hukumat hokimiyatiga topshirishining ulug‘ va bosh maqsadi
hayotini, haq-huquqlarini va mol-mulkini himoya qilishdir»1.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: