lashib qolishi, hokimiyatning byurokratlashuvi
hamda oligar-
xiyalashuvi, ijroiya hokimiyati tomonidan qonun chiqaruvchi-
laming asta-sekin siqib borilishi oqibatida davlatda avtoritar ten-
densiyalarning kuchayib borishi, hokimiyat legitimlashuvining
sustligi shular jumlasidandir.
Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari jamiyat siyosiy hayotini
demokratik tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Agar
demokratiyaning amal qilish mexanizmlari, demokratlashtirish-
ning shart-sharoitlari, saylov va undan ko‘zlangan asosiy maq-
sadlar kabi yuqorida ko‘rib chiqilgan masalalar zamiriga chu-
qurroq e’tibor bersak, oxir-oqibatda
ularning barchasi inson
huquqlarini ta’min etishga borib taqalishini ko'ramiz. Demak,
insonning jamiyatdagi yuridik va ijtimoiy-iqtisodiy huquq va
erkinliklarini kafolatlamasdan turib jamiyatda demokratik siyosiy
jarayonlami amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. Yana shuni
e ’tiborga olish kerakki, dem okratiyani am alga oshirish
mexanizmlari qotib qolgan aqida emas. Bu m exanizm lar
demokratiya rivojlanishi jarayonida rivojlanib boradi.
2. Demokratik siyosiy tizimning asosiy
shakllari va prinsiplari
Siyosat ilmida zamonaviy demokratiyaning uch asosiy shak
li (modeli) — mumtoz-liberal demokratiya, jamoaviy demokra
tiya, plyuralistik demokratiya ajratib ko‘rsatiladi.
1.
Mumtoz-liberal demokratiya.
Mumtoz-liberal demokra
tiya inson huquqlarining davlat huquqlaridan ustuvorligida
namoyon bo‘ladi. Chunki liberalizm ijtimoiy fikr tarixida birinchi
bor individni jamiyat va davlatdan, ikki muxtor sohani — davlat
va fuqarolik jamiyatini bir-biridan ajratdi, davlatning fuqarolik
jamiyati va shaxs bilan munosabatlarini qonun va vazifalar
jihatidan chekladi, ozchilikning ko‘pchilikka nisbatan muxtori-
yati va huquqlarini himoya qildi, barcha fuqarolarning siyosiy
teng
huquqliligini bayon etdi, shaxsni siyosiy tizimning bosh
elementi sifatida fundamental, begonalashmaydigan huquqlar
bilan ta’minladi. Demokratiyaning bu shakli AQSHda namoyon
bo‘lmoqda. Davlat faoliyati bu yerda, asosan,
jamoat tartibini
saqlashga, fuqarolar huquqlarini yuridik himoyalashga qaratil-
206
gan. Biroq bu yerda ham individual, guruhlararo manfaatlar
bilan umumiy manfaatlar o‘rtasida ziddiyatlar mavjud.
Mumtoz-liberal demokratiyaning asosiy xususiyatlari:
1. Individuallik, hokimiyatning birlamchi va bosh manbayi
deb
shaxsning tan olinishi, davlat qonunlari ustidan individ
huquqining ustuvorligi.
2. Erkinlikning siyosatda faol va teng huquqli qatnashish
imkoniyati emas, balki davlat va boshqa kishilar tomonidan
aralashuvlardan saqlangan bo‘lishning passiv individual huquqi
sifatida talqin etilishi.
3. Parlamentarizmning ustunlik qilishi.
4. Davlat boshqaruvi va vakolati, asosan, jam oat tartibini,
fuqarolar xavfsizligi va huquqini, ijtimoiy tinchlikni saqlash bilan
chegaralanib, uning
fuqarolik jam iyati ishlariga, iqtisodiy,
ijtimoiy, m a’naviy-axloqiy jarayonlarga aralashmasligi.
5. Hokimiyat taqsimlanishi tamoyiliga amal qilish.
6. Ozchilik ustidan ko‘pchilikning hokimiyatini cheklash,
individual, guruhiy mustaqillikni hamda erkinlikni ta ’minlash.
Ozchilik q a t’iy belgilangan m asalalardagina ko'pchilikka
bo'ysunishga majburdir, boshqa hollarda esa to ‘liq mustaqildir.
Lekin aholining quyi tabaqalari, awalo, yollanma ishchilar
va ayollar XX asr boshlariga qadar saylov huquqlariga ega bo‘lish-
magan. Saqlanib qolgan mulkiy va boshqa senzlar tufayli kishi
lar ovoz berish huquqiga ega bo'lmas edilar. Masalan, AQSH-
ning ayrim shtatlarida o ‘ziga xos mulk senzi — saylov solig‘i
1961-yilda bekor qilingan edi. Nazardan soqit qilmaslik kerak-
ki, mumtoz liberalizm ommaga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lgan.
Jumladan, ilk liberalizm mafkurachilari — Jon Lokk,
Shari Lui Monteskyolami fuqarolarning teng siyosiy huquqlar
bilan ta ’minlanishi, ulaming davlat boshqaruviga jalb etilishi-
dan ko‘ra yangi mulkdorlar sinfini monarxlar zo'ravonligi va
feodal cheklashlardan himoyalash ko‘proq tashvishlantirgan.
Shu bilan bir qatorda aholining kambag‘al qatlamlari, ayol-
laming amalda teng huquqli emasligi oqibatida kelib chiquvchi
o‘ta cheklangan siyosiy ishtirokchilik, uning oqibatlari bo'lgan
siyosiy
loqaydlik, fuqarolarning hokimiyatdan begonalashuvi
demokratiyaning bu modeli kamchiliklaridir. Chunki bunday
207
sharoitlarda yuzaga chiquvchi ijtimoiy muhit davlat va jamiyat-
ning asoslarini yemiruvchi manmanlikni va o‘taketgan xudbin-
likni rag‘batlantiradi.
Lekin xalq hokimiyatchiligi idealidan ancha uzoq ekanligiga
qaramay demokratiyaning bu modeli inson erki, qadr-qimmati
va eng asosiy huquqlari hurmat qilinishi yo‘lidagi katta qadam
bo‘ldi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: