Siyosatshunoslik


  Plyuralistik demokratiya


bet154/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

3. 
Plyuralistik demokratiya.
Plyuralistik demokratiya G ‘ar- 
biy Yevropadagi postindustrial mamlakatlariga xos demokrati- 
yadir. Demokratiyaning ushbu shakli «plyuralistik» deb nomla- 
nishiga sabab, u awallari mavjud bo‘lmagan iqtisodiy, ijtimoiy, 
madaniy, diniy, guruhiy, hududiy manfaatlar va ularni ifoda- 
lash shakllarining turli-tumanligiga asoslanadi. Bu manfaatlarni 
siyosiy partiyalar, turli uyushma va birlashmalar, jamoatchilik 
harakatlari, fuqarolaming tashabbuskor guruhlari siyosat sahna- 
siga olib chiqadilar. Ya’ni, demokratiyaning bu shakli xalqni 
tushunishda individualistik (m um toz-liberal) va jam oaviy 
demokratiyalar o‘rtasidagi oraliq mavqeni egallab, siyosatning 
bosh subyektlari sifatida individlar ham emas, xalq ham emas, 
balki kishilaming turli guruhlarini tushunadi. Chunki, har bir 
odam muayyan oilaviy, kasbiy, etnik, diniy, m intaqaviy, 
demografik va boshqa guruhning vakili o‘laroq shaxs sifatida 
shakllanadi. Guruhlar yordamidagina shaxs o ‘zining siyosiy 
qarashlarini ifoda etadi va o‘z manfaatlarini himoya qiladi. Xalq 
esa murakkab va ziddiyatli bo'lgan qism sifatida talqin etiladi. 
Ko‘plab guruhlar - partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlar 
hokimiyatga, hukmron guruhlar faoliyatiga ta ’sir o ‘tkazishga 
harakat qiladilar. Bunday modeldagi demokratiyaning vazifasi
— jamiyatdagi, plyuralizmni rag‘batlantirish, barcha fuqarolarga 
o ‘z qiziqishlarini ochiq ifodalash uchun birlashishlariga imkon 
berish, o ‘zaro kelishuvlar yordamida ulaming siyosiy qarorlarda 
ifodalanuvchi muvozanatini topishdir.
Shu hoi e’tiborga molikki, zamonaviy G ‘arb jamiyatlarida 
biror bir guruh boshqa ijtimoiy uyushmalarning qo‘llab-quwat- 
lashisiz hokimiyatni monopollashtirishga va qarorlar qabul qilish- 
ga qodir emas. Aynan norozi guruhlar hokimiyatning mono- 
pollashtirish jarayonlarini to'xtatib qoluvchi ijtimoiy posangi 
vazifasini bajaradilar. Siyosiy qarorlar qabul qilinishi jarayonida
210


muayyan guruh manfaatlarining kamsitilishi kamsitilgan guruh 
a ’zolarining siyosatga tortilishini va keyingi siyosatga ta ’sirini 
kuchaytiradi. Shu tariqa plyuralistik demokratiya turli ijtimoiy 
guruhlarga o ‘z manfaatlarini erkin ifoda etish va raqobatli 
kurashda kelishuvga asoslangan qarorlami qabul qilishga imkon 
beradi.
Bu — zamonaviy G ‘arb demokratiyasidir, u liberal (AQSH) 
siyosiy tizimdan o ‘sib chiqqan va uning asosiy tashkiliy prinsip- 
larini meros qilib olgan. Ularga konstitutsionalizm, hokimiyat­
ning bo‘linishi, shaxsiy erkinliklar, inson huquqlari, ozchilik- 
ning mustaqilligi kabi qadriyatlar kiradi.
Plyuralistik demokratiya dunyoning ko‘plab mamlakatlarida 
e’tirof etildi va amalda qo‘llana boshlandi. Biroq demokratiya­
ning bu shaklida aholining guruhlarga mansubligi masalasi ideal- 
lashtirilgandir. Chunki G ‘arbda aholining uchdan bir qismi man- 
faat guruhlarida birlashgan bo'lsa, aholining qolgan qismi esa 
siyosatda passivdir. Buning ustiga ziddiyatlarga layoqatlilik, ma­
salan, siyosiy imkoniyatlar: pul, bilim, ommaviy axborot vosi- 
talari va boshqalar jamiyatda tengsiz taqsimlanganki, pensio- 
nerlar, nogironlar, malakasiz ishchilar bunday keng imkoniyat- 
larga deyarli ega bo‘lmagan holda, yirik kapital egalarida bu 
imkoniyatlar keragidan ham ko‘proq ekanligi amaliy siyosat- 
shunoslik tadqiqotlari orqali aniqlangan. Shuning uchun plyu­
ralistik demokratiya ko‘pchilik hokimiyati bo ‘la olmaydi. Biroq 
bugungi kunda xalq hokimiyatchiligiga bundanda yaqinroq de­
mokratiya shakli mavjud emas. Chunki u har holda xalqni hoki- 
miyatga ko'proq yaqinlashtiruvchi, barcha xohlovchilarning 
qarorlar qabul qilishda qatnashishlariga imkoniyat beruvchi de­
mokratiya shaklidir.
Xullas, muayyan davlat «demokratik davlat», u yoki bu 
jamiyat «demokratik jamiyat» deya atalmog‘i uchun qator ta- 
lablarga javob bermog‘i lozim. Zamonaviy siyosatshunoslikda 
bu talablar quyidagicha qayd etiladi:
1) imkon qadar ko'proq katta yoshli aholining fuqarolik 
huquqlariga egaligi;
2) siyosiy hayotda ishtirok etishda barcha fuqarolarning teng 
imkoniyatga egaligi;
211


3) masalalaming ovoz berish yo‘li bilan hal etilishi;
4) ko'rilayotgan masala bo‘yicha har bir fuqaroning to ‘liq 
tasawurga ega bo'lish uchun imkoniyatga egaligi;
5) har bir fuqaro, fuqarolar guruhi yoki ommaviy tashkilot- 
laming hokimiyat faoliyatini to‘siqsiz nazorat qilish huquqi;
6) hokimiyat barcha darajalari ishida oshkoralik mavjudligi.
Demokratik siyosiy tizimning asosiy shaldlari to ‘g‘risidagi
yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, ulaming har biri o‘z afzal- 
liklariga va kamchiliklariga ega. Zamonaviy demokratiya xilma- 
xil ijtimoiy guruhlarga o ‘z manfaatlarini bayon etish imkoni- 
yatlarini beruvchi va raqobatli kurashda ulaming muvozanatini 
aks ettiruvchi, murosai-madoraga asoslangan boshqaruv shakli- 
dir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish