Ўсимликларнинг вегетатив органлари. Илдиз ва унинг тузилиши, типлари ҳамда метоморфозларини ўрганиш ва гербарийлар тайёрлаш


- rasm.To‘pgullar va ularning xillari. A. Oddiy to‘pgullar sxemasi



Download 12,51 Mb.
bet7/15
Sana22.02.2022
Hajmi12,51 Mb.
#99943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
hisobot[1]

13- rasm.To‘pgullar va ularning xillari. A. Oddiy to‘pgullar sxemasi: 1–shingil; 2–boshoq; 3–so‘ta; 4–kallakcha (boshcha); 5–savatcha; 6– soyabon; 7–qalqon; (soxta soyabon).B. Murakkab to‘pgullar sxemasi. 1–murakkab boshoq; 2–murakkab soyabon 3,4–ro‘vak.D. Ba’zi to‘pgullarning ko‘rinishi: 1–shingil; 2–oddiy boshoq; 3– murakkab boshoq; 4–oddiy soyabon; 5–murakkab soyabon; 6–qalqon; 7– kallakcha (boshcha); 8–savatcha va uning kesmasi; 9–murakkab shingil; 10–kuchala; 11–dixaziy; 12–gajak.

6- Mavzu: Meva va urug', uning tiplarini órganish. Meva urug'larining tabiatda tarqalishiga moslanishlari. Meva va urug' nomunalarini yig'ish va kolleksiyalar tayyorlash.


Meva (fructus) — yottiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi; odatda, urugʻlanish natijasida hosil boʻladi. Ammo, partenogenez yoʻli bilan koʻpayadigan oʻsimliklar mevasi (partenokarp M.) urugʻlanishsiz yuzaga keladi va urugʻsiz boʻladi. Mevalarning shakli, kattaligi va rangi har xil. Meva bitta tugunchadan hosil boʻlsa (oʻrik, gilos, olcha, mosh, jagʻ-jagʻ va boshqalar) oddiy yoki asl meva, bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab meva, tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan boʻlsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta meva deb ataladi.
Meva 3 qismdan — sirtqi qism yoki poʻst (ekzokarp)dan, poʻstsimon yoki yogʻochlangan qism (endokarp) va ular oʻrtasiga joylashgan oraliq qism (mezokarp) — meva etidan iborat. Hoʻl (etli, sersuv) va quruq (yupqa, quruq) mevalar bor. Hoʻl mevalar danakli (oʻrik, shaftoli, olcha va boshqalar) va urugʻli (olma, qovun, bodring va boshqalar) mevalarga boʻlinadi. Ular pishganda ochiladigan va ochilmaydigan boʻladi. Quruq meva tuzilishiga qarab bir nechtaga boʻlinadi: yongʻoq mevalar — poʻsti qattiq yogʻochsimon (yongʻoq, oʻrmon yongʻogʻi va boshqalar); pista mevalar — poʻsti dagʻal (kungaboqar, maxsar va boshqalar); doncha mevalar — poʻsti yupqa, urugʻga yopishgan (arpa, bugʻdoy. sholi, tariq va boshqalar) va qanotchali mevalar — urugʻida qanotchasimon parda boʻladi (qayragʻoch, shumtol, zarang va boshqalarda). Ochiladigan mevalar, odatda, koʻp urugʻli boʻlib, ochilish usuli va xonalarining soniga qarab bir necha xilga ajratiladi. Bargak meva — sallagul, isparak, tasmachoʻp; qoʻzok meva— turp, sholgʻom, indov; qoʻzoqcha meva— oʻsma, jagʻjagʻ, qatron; koʻsak meva — gʻoʻza, koʻknor, lolaqizgʻaldoq oʻsimliklarida uchraydi(14-rasm). Boʻlinadigan mevalar ikki va koʻp xonali tugunchadan hosil boʻlib, pishganda ayrim mevachalarga ajraladi (kashnich, ukrop, kovrak, kampir-chopon, tuyaqorin va boshqalarning mevalari). Meva tiplarini sistemaga soluvchi har xil tasniflar taklif qilingan, lekin ularning hammasini ham mukammal deb boʻlmaydi.

14-rasm. Mevalar va ularning xillari. A. Quruq mevalarning xillari: 1–bargak; 2–to‘pbargak; 3–dukkak; 4–qo‘zoq; 5–qo‘zoq; 5–qo‘zoqcha; 6,7–ko‘sakcha; 8–don; 9–pista; 10,11,12–yong‘oq; 13–to‘pyong‘oq; 14,15–qanotchali meva.B. Ho‘l mevalarning xillari: 1,2–rezavor mevalar; 3–bir danakli meva; 4–ko‘p danakli meva; 5–ko‘p yong‘oqli meva; 6– olma (soxta meva).
Arman olimi A. L. Taxtajyan mevani tutashmagan mevabarglardan hosil boʻlgan apokarp meva va tutashgan meva barglardan tuzilgan senokarp mevaga ajratadi. Senokarp mevani sinkarp, parakarp valizikarpga ajratdi. Apokarp meva eng soddasi hisoblanadi. Mevaning biologik ahamiyati urugʻlarni himoyalash va tarqatishdir. Mevaqat urugʻlarni pishib yetilmasdan qurib qolish, shikastlanish va hayvonlarga yem boʻlishdan saqlaydi. Meva shamol, suv, odam va hayvonlar yordamida tarqaladi. Meva qimmatbaho oziq moddalar (oqsil, moy, uglevod va vitaminlar)ga boy. Koʻp oʻsimliklarning Mevalarini odam va hayvonlar isteʼmol qiladi, ulardan dori va boʻyoqlar tayyorlanadi. Begona va zaharli oʻsimliklarning mevasi xoʻjalikka zarar yetkazadi.

Download 12,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish