Ўсимликларнинг вегетатив органлари. Илдиз ва унинг тузилиши, типлари ҳамда метоморфозларини ўрганиш ва гербарийлар тайёрлаш


ILDIZNING BIRLAMCHI ANATOMIK TUZILISHI



Download 12,51 Mb.
bet3/15
Sana22.02.2022
Hajmi12,51 Mb.
#99943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
hisobot[1]

ILDIZNING BIRLAMCHI ANATOMIK TUZILISHI.
Ildizning o‘sish nuqtasidagi meristema hujayralardan hosil bo‘lgan to‘qimalarning hammasi ildizning birlamchi anatomik tuzilishini tashkil qiladi. Masalan: meristema hujayralarining tashqi qoplami birlamchi qoplovchi to‘qima epidermani, birlamchi po‘stloqni, markaziy tsilindrni hosil qiladi. Ildizning shimish zonasidan yupqa qilib bir necha ko‘ndalang kesmalar kesib olinib floroglyutsin va xlorid kislota ta'sir ettiriladi, so‘ngra qoplag‘ich oyna yopiladi. Tayyor bo‘lgan mikropreparat mikroskop ostida o‘rganiladi, (yoki doimiy preparatlardan ham foydalanish mumkin). Dastlab mikroskopning kichik ob'ektivida ildizni o‘rab turuvchi birlamchi qoplovchi to‘qima- epiderma, ichkariroqda birlamchi po‘stloq ko‘rinadi. Birlamchi po‘stloq quyidagi qismlardan iborat: ekzoderma, mezoderma, endoderma.
Ekzoderma- po‘stloqning tashqi qavati bo‘lib, uning ikki va undan ortiq qatlamini, bir - biriga zich joylashagan hujayralar tashqil qiladi. Epiderma nobud bo‘lishi bilan ekzoderma hujayralari po‘sti po‘kakka aylanadi. Shundan boshlab ekzoderma to‘liq himoya vazifasini bajaradi.
Mezoderma-ekzodermaning ichki tomonida joylashgan bo‘lib, yupqa sellyuloza devorli tirik parenximatik hujayralardan iborat bo‘ladi. Ekzodermaga yaqin joylashgan hujayralar ancha mayda, o‘rta qismidagilar yirik va hujayralar aro bo‘shliqlar mavjud. Endodermaga yaqin qismidagi hujayralar yanada mayda va zich joylashgan bo‘ladi. Mezodermaning vazifasi suv va unda erigan moddalarni to‘plash va uni markaziy tsilindrga o‘tkazishdan iborat.
Endoderma –birlamchi po‘stloqning ichki qavati hisoblanadi. U bir-biriga zich, bir-biriga qator joylashgan hujayralardan iborat. Hujayra po‘sti po‘kaklanishi yoki yog‘ochlanishi ham mumkin. Natijada suvni o‘tkazmay qo‘yadi. Endodermadan suv va unda erigan moddalar maxsus po‘sti qalinlashmagan hujayralar orqali o‘tadi. Ularni o‘tkazuvchi hujayralar deb ataladi. Endi ildizning birlamchi markaziy tsilindri bilan tanishiladi. Markaziy tsilindrning endodermaga tutashib turadigan qismidan bir va bir necha qator hujayralardan tashkil topgan, peritsikl qatlami boshlanadi. Peritsikl merisistematik to‘qima vazifasini bajaradi. Undan yon ildizlar, ildiz bachkilari, hosil bo‘ladi.
Ayniqsa peritsikl qavati ildizning birlamchi tuzilishidan ikkilamchi tuzilishga o‘tishida, kambiy xalqasini hosil bo‘lishida aktiv qatnashadi. Markaziy tsilindrning qolgan qismini, asosan o‘tkazuvchi naylar to‘plami tashkil etadi. Ksilema va floema elementlari markaziy tsilindrda radius bo‘lib joylashadi. Ksilema halqasimon va spiralsimon naylardan iborat. Yulduzsimon shaklda o‘rnashgan ksilema, nurlari orasida floema joylashagan. Ksilema bilan floema orasida esa parenxima hujayralari bo‘ladi. Ildiz markazini o‘zak to‘ldirib turadi. O‘zak yupqa devorlari, ba'zan zahira moddalar saqlovchi parenxima hujayralardan tuzilgan. Ildiz o‘zagi sklerenxima tortmasi shaklida ham bo‘lishi mumkin.

Download 12,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish