LIANALAR (frans. liant, her — bogʻlanish) — oʻsimliklar, qoyalar va b. narsalarga chirmashib oʻsadigan butasimon yoki oʻtsimon oʻsimliklar guruhi. Bunday oʻsimliklar yorugʻlikka intilib uchidan tez usadi va atrofidagi daraxtlarga oʻralib, koʻpincha ularni nobud etadi. Asosan, tropik oʻrmonlarda (2000 turi) oʻsib, changalzorlar hosil qiladi. Oʻzbekistonda xmel, yovvoyi tok, aktinidiya va b. oʻsadi. Lianalarning baʼzi turlari manzarali oʻsimlik sifatida koʻpaytiriladi. Gulli oʻsimliklar, qirqquloqlar va ochiq urugʻlilarining ayrim turlari Lianalarga kiradi(11-rasm)
11- rasm: Lianalar
5- Mavzu: Gul, gul formulasi, diagrammalarni órganish. Tupgullar va ularning kalsifikatsiyasi, gerbariylar tayyorlash.
Gul yopiq urug`li o`simliklarning jinsiy ko`payish organi bo`lib, shakli o`zgargan novdadir. U gul orni, gulqo`rg`on, changchi va urug`chidan tashkil topgan. O`simliklar qaysi sistematik birlikka mansubligiga qarab gulari xilma-xil bo`ladi.
O'simliklarning guli novdasiga bandi bilan birikib turadi va unga gulband deyiladi. Gulbandning yuqori qismida biroz kengnygan joy —gulo'rni bor, unda gulning hamma qismlari joylashadi. Gulbandi shakli va o'lchami bilan bir-biridan farq qiladi.
Tabiatda gulbandi rivojlanmaydigan o'troq gullar ham uchraydi.
Gul — quyidagi to'rt qismdan tashkil topgan
Gulkosacha — gulni tashqi tomondan ocrab turadigan qavat
U gulkosachabarglardan tashkil topgan. Gulkosacha yashil va boshqa ranglarda bo'ladi.Gultoj — guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo'rg'on qavati. U gultojbarglar yig'indisidan iborat. Gultoj turli rangda bo'ladi.
Changchi — gulqo'rg'on ichida joylashgan muhim qismi.
U ikki qismdan: changdon va changchi ipidan tashkil topgan.
Changchi iplari changdonni ushlab turadi va gulo'rni bilan bog'laydi.
O'simlikning turiga qarab changchilar bittadan bir nechtagacha bo'lishi mumkin.
Changchi iplanning soni va shakli gulga bog'liq.
Shunga ko'ra, changchi iplari alohida-alohida, qo'shilib yoki tutam hosil qilib gulo'rniga joylashadi.
Ayrim gullarda changchi iplari bo'lmaydi
Urug'chi — gulning o'rtasida (markazida) joylashgan eng muhim qismi.
U tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat.Tuguncha — urug`chining kengaygan pastki qismi. Uning ichida urug'kurtak joylashgan. Tugunchadan meva hosil bo'ladi. Tugunchalar gulning boshqa a'zolariga nisbatan joylanishiga qarab ostki va ustki bo'ladi. Tuzilishiga ko'ra, tuguncha bir va ko'p uyali bo'ladi.
Ustuncha — urug'chining o'rta qismi. U tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib turadi. Uning ichi g'ovak bo'ladi.
Tumshuqcha — urug'chining (ustunchaning) eng yuqori qismi — uchi. U changlarni ushlash uchun xizmat qiladi.
Gulqo'rg'on — gul ochilguncha changchi va urug'chilarni o'rab5 tashqi ta'sirdan saqlab turadi. U oddiy yoki murakkab bo'ladi. Gulqo'rg'on bo'laklarining rangi asosan bir xil bo'lsa uni oddiy gulqo'rg'on deyiladi. Oddiy gulqo'rg'on yashil ranglioddiy gulkosacha yoki gultojdan iborat 2 bo'ladi(12-rasm).
Lola, chuchmoma, gulsafsarning guli oddiy gulqo'rg'onli bo'ladi.
12-rasm. Gul tuzilishi
Agar gulqo'rg'on gulkosacha va gultojdan tashkil topgan bo'lsa murakkab gulqo'rg'on deyiladi. Ko'pchilik o'simliklar (olma, g'o'za, olcha, nok)ning guli murakkab gulqo'rg'onli bo'ladi.
Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilgan yoki qo'shilmagan gullar ham bor. Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilgan gullarga qo'ypechak, karnaygul, marmarak kabilarning guli misol bo'ladi. Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilmagan gullarga o'sma, g'o'za, olma, nok, lola, boychechak va boshqa o'smilMarning gullari kiradi.
Tabiatda yana shunday gulli o'simliklar borki, ular gulining gulqo'rg'oni yo'qolib ketgan yoki tangachaga aylangan. Bularga tol, terak, tut, yong'oq kabilar kiradi.
Gullarning tuzilishi formulasi orqali beriladi.
Gullarning tuzilishi bilan tanishishni osonlashtirish maqsadida gullarning diagrammasi va formulasidan foydalaniladi.
Gul tuzilishining sxema bilan ifo-dalanishiga gul diagrammasi deyiladi.
Formulada gul qismlarining nomi shu qism nomining boshlang'ich harfi bilan, soni esa raqamlar bilan belgilanadi. Masalan, gulkosacha-barglar — «Gk», gultojbarglar — «Gt», changchilar — «Ch», urug'chilar — «U», oddiy gulqo'rg'on esa — «Og» harflari bilan ifodalanadi.
Halqadagi qismlar qo'shilgan bo'lsa, ularning sonini ko'rsatuvchi raqam qavs ichida beriladi, aksincha ular qo'shilmagan bo'lsa, qavssiz (ochiq) yoziladi. Halqadagi qismlarning soni ko'p bo'lsa, cheksizlik belgisi«oo» qo'yiladi. Halqada uchrashi kerak bo'lgan qism rivojlanmagan bo'lsa —0 (nol) bilan belgilanadi. Agar gul qismlarining har biri bir emas, balki ikki halqada joylashgan bo'lsa, har qaysi halqadagi qism sonini ko'rsatuvchi raqam yozilgandan keyin + (plus) ishorasi qo'yiladi, so'ngra keyingi halqadagi qismning soni yoziladi.
Misol uchun bir nechta o'simlik gulining formulasi keltirildi.
1. Jag'-jag' (achambiti) gulining formulasi — Gk4Gt4Ch4+2U(2). boh. Gulkosachabarg va gultojbarglari 4 tadan, bir-biri bilan qo'shilmagan, changchilar 6 ta bo'lib, ikki halqada (birin-chisida 4 tasi, ikkinchisida 2 tasi) o'rnashgan, urug'chi 1 ta, lekin u ikkita urug'chi bargning qo'shilishidan hosil bo'lgan.
2. Olxo'ri gulining formulasi — Gk5Gt5ChooUr
Izoh. Gulkosachabargi va gultojbarglari 5 tadan, qo'shilmagan, changchilari soni cheksiz, urug'chisi esa 1ta.
3. Lola gulining formulasi — Ogj^Chj^U^.
Izoh. Oddiy gulqo'rg'on, gultoji 6 ta, ikki halqada (har bir halqada 3 tadan) o'rnashgan, changchilari 6 ta, ikki halqada o'rnashgan, urug'chisi 1 ta, 3 ta urug'chi bargning qo'shilishidan hosil bo'lgan.
4. Sachratqi gulining formulasi — Gk0Gt(5)Ch(5)U(2
To'pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o'simliklarga lola, binafsha va behini misol qilib keltirish mumkin.
Agar bitta umumiy bandda (gulpoyada) bir nechta gul joylashgan bo'lsa, unga to'pgul deyiladi. To'pgullar xilma-xil bo'ladi. Masalan, so'ta, shingil, kuchala, soyabon, ro'vak, savatcha, kallak va boshqalar.
Gulning changlanishi ko'p jihatdan to'pgulga bog'liq. To'pguldagi gullar oddiy gullarga qaraganda yaxshi changlanadi.
O'simliklar tarixiy rivojlanish jarayonida o'ziga xos to'pgullar hosil qilgan. To'pgullar oddiy va murakkab bo'ladi.
Oddiy to'pgulda gulpoya shoxlanmaydi, murakkab to'pgulda esa shoxlanadi.
Olma, nok, gilos, olchaning lo'pguli oddiy qalqonsimon bo'ladi. Bularda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar Ы(а r.nlpoyacla navbat bilan joylashadi. Bu gullarning yuqori qismi bir xil tekislikda bo'ladi.Zubturumning mayda gullari uzun juilpoyada bandsiz joylashadi. Bunday to'pgul oddiy boshoq deb ataladi.
Karam, rediska, jag'-jag va qurttananing gullari to'pgul, gulpoyaga uzun bandi bilan ketma-ket birlashgan. Buni oddiy shingil deyiladi Sabzi, ukrop, petrushka, shashir va bodiyon shoxlangan murakkab soyabonga ega.
Boshoqli o'simliklarning ko'pchiligi (bug'doy, arpa, javdar va bug'doyiq kabilar)da ikkita-uchta gul birlashib, oddiy boshoqcha hosil qiladi. Bunday boshoqchalardan bir nechtasi umumiy gulpoyaga birikib, murakkab boshoq hosil qiladi. Ток, sholi, qamish, nastarin, kelin supurgi, otquloq, rovoch kabi o'simliklar murakkab shingil — ro'vak hosil qiladi(13-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |