Ўсимликларнинг вегетатив органлари. Илдиз ва унинг тузилиши, типлари ҳамда метоморфозларини ўрганиш ва гербарийлар тайёрлаш



Download 12,51 Mb.
bet9/15
Sana22.02.2022
Hajmi12,51 Mb.
#99943
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
hisobot[1]

17-rasm.
Bogeotsenoz oʻz tarkibining nisbatan turgunligi, bir xilligi bilan ajralib turadi, shu bilan birga ularning inson faoliyati bilan yaratiladiganlari juda oʻzgaruvchan. Har bir biogeotsenoz yagona murakkab organizmni tashkil etadi. Shuning uchun unga taʼsir etishda biogeotsenozning hamma komponentlari oʻrtasida vujudga kelgan aloqadorlik va oʻzaro taʼsirini hisobga olish zarur. Biogeotsenozdagi bir yoki bir qancha komponentlarning oʻzgarishi biogeotsenozaro boglanishning barcha majmui butunligini buzilishga olib keladi. Maye, dunyo boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilining oʻrtacha 25% zararkunanda va kasalliklardan nobud boʻladi. Ularga qarshi kimyoviy preparatlar qoʻllash bevosita ijobiy natijalar berish bilan birga jiddiy salbiy oqibatlarga ham olib keladi va pirovardida inson tomonidan yaratilgan sunʼiy biogeotsenoz, yaʼni agrotsenoz mahsuldorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Oʻrta Osiyoning qurgʻoqchil yerlarida sunʼiy biogeotsenozning shakllanishi (mas, Mirzachoʻlning oʻzlashtirilishi) katta ahamiyatga ega boʻlib, insonning tabiatga rejali ravishda taʼsir koʻrsatishiga misol boʻla oladi. Har yili sugoriladigan yerlar agrotsenozlaridan olinayotgan millionlab tonna paxtani aytib oʻtishning oʻzi kifoya. Agrotsenoz, xususan paxta agrotsenozi, ayniqsa, monokultura sharoitida sodda, past darajada rivojlangan va shu sababli noturgun sistemaga aylanadi. Shuning uchun agrotsenozlarda turlar boʻyicha xilmaxillikka intilish zarur. Bu yoʻnalishda dala ihota oʻrmon mintaqalari barpo etish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni oʻzlashtirish, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usullarini qoʻllash, yaʼni agrotsenozlarga foydali hayvonlarni, mas, entomofaglarni jalb etish va boshqa maʼlum ahamiyatga ega. Biogeotsenoz haqidagi bilimlar, texnika imkoniyatlari, xoʻjalik yuritish iqtisodiyoti va madaniyati rivojlangan sari biogeotsenoz tarkibidagi agrotsenozlar ekinlar mahsuldorligini oshirishda yanada samarador boʻladi.
10- Mavzu: Chók ósimliklari jamoalarining óziga xos
xususiyatlari va turlarinining óziga xos xususiyatlari
Choʻl (tekislik)dagi oʻsimliklar hayoti, asosan qum va gipsli tuproqlar hamda shoʻrxok bilan bogʻliq. Qumli choʻlga Qizilqum, Qashqadaryoning quruq oʻzani (Sandiqliqum), Surxandaryoning quyi qismidagi Kattaqum va Xorazm voxasidagi qumli massivlar kiradi. Aksariyat qumliklar oʻsimliklar bilan mustahkamlangan. Qum uyumlarida daraxt yoki yirik butalardan oq saksovul, juzgʻun (qandim), cherkez; butalardan oq boyalich, quyon suyak, qizilcha kabi oʻsimliklar oʻsadi.

18- rasm. Chól mintaqasi ósimliklari
Juzgʻun ildizlari yon tomonga 20 m gacha oʻsib qumlarni maʼlum darajada ushlab turadi. Qumlarni mustahkamlashda koʻp yillik oʻtlardan selen alohida ahamiyatga ega. U tarqoq ildizlari hamda yer ustki qismlari (poyalari) bilan qumlarning koʻchishiga toʻsqinlik qiladi va boshqa oʻsimliklar (juzgʻun, saksovul va boshqalar) urugʻini tutib qolib, oʻsishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, qumda rivojlanishiga moslashgan koʻp yillik efemer oʻsimlik — iloq ildiz poyasi orqali ham koʻpayadi. Qisqagina bahor oylarida tez oʻsib, gullab, meva berishga ulguradi.
Gipsli choʻlga Ustyurt, janubiy-gʻarbiy va shimoliy-gʻarbiy Qizilqumda joylashgan ayrim hududlar (massivlar) kiradi. Gipsli choʻl florasi turlarga uncha boy emas. Oʻsimliklar formatsiyasi (jamoasi)ni shakllantirishda, asosan, shoʻradoshlarga mansub turlar ishtirok etadi. Jumladan, yarim but ava butalardan buyurgʻun, voyalich hamda bir yillik shoʻralar (baliqkoʻz), shuvoq turkumiga mansub oq jusan kabi turlar va efemerlarni koʻplab uchratish mumkin.
Shoʻrxok tuproqlar tarkibidagi tuzlar miqdoriga qarab oʻsimliklar turlicha boʻladi. Nam, qatqaloqli va mayin shoʻrxokli tuproqlar oʻsimlik rivojlanishi uchun juda noqulay. Lekin, shunga qaramay, ayrim joylarda sarisazan, qizilshoʻra, qorabaroq, shohilak, oqbosh, buzoqbosh, donashoʻr, shoʻra, ajriq kabi oʻsimliklar uchrab turadi. Umuman, bunday sharoitda oʻsadigan turlar soni 100 dan ortiq. Shoʻrxoklarda keng tarqalgan oʻsimliklarga saksovul (ikkala turi ham) kabi shoʻradoshlar oilasining juda koʻp vakillari (baliqkoʻz, quyonjun, qora shoʻra) kiradi. Ular choʻlning ogʻir (issiq va quruq) sharoitda oʻsishga turlicha shaklda moslashgan, yaʼni ayrimlarning bargi, poyasi seret boʻlsa, boshqalarining bargi tikanga aylangan yoki umuman yaprogʻi shakllanmagan.
Bir vaqtlar sayos suvlar ostida boʻlgan joylar — taqirlarda oʻsimliklar juda kamdan-kam uchraydi. Baʼzi hollardagina taqir yoriqlaridan chiqib turgan ayrim efemerlar va donni shoʻr kabi oʻsimliklarni koʻrish mumkin. Bunday taqirlar Qizilqum choʻllarda bor.

11- Mavzu: Adir ósimliklari jamoalarining óziga xos xususiyatlari va xarakterli turlarini órganish, gerbariylar tayyorlash.

Adirlar cho‘l va tog‘lar o‘rtasidagi oraliq zona hisoblanadi.Adirlar dengiz sathidan 500—700 m dan 1200—1600 m gacha baland bo‘lgan tog‘oldi qirlaridir. Adirlar o‘simligi, asosan, rang o‘simliklaridan tarkib topgan. Rang o‘simliklari orasida ko‘pincha ko‘p yillik yirik o‘tlar — qo‘ziquloq va oqquray, qizil shuvoq, bug‘doyiqlar ham tez-tez uchrab turadi. Adirlarning toshli va shag‘alli baland yerlarida butalar o‘sadi. Bular orasida, odatda, pista, bodom, qizilcha, shuningdek, kampirchopon va bo‘tako‘z o‘sadi.
Oqquray (Psoralea L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi, koʻp yillik oʻsimlik. Oʻzbekistonda (P. drupacea Bge.) dukkakli O. turi uchraydi. Ildizi yoʻgʻon va uzun. Poyasi tarvaqaylab shoxlangan, uz. 130 sm cha. Barglari oddiy, yaxlit, yumaloq yoki uch boʻlakli, cheti arrasimon, bandli, ket-ma-ket joylashgan. Guli mayda, toʻpguli shingilsimon, gultojisi binafsha rang . Gulkosalari qoʻngʻiroqsimon, 5 tishli.


Download 12,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish