5- rasm. Qand lavlagi
3- Mavzu: Bargning morfologik tuzilishi, shakllari, poyada
joylashishi va metamorfozlarini órganish.
Barg (lot. folium, yun. phyllon) — yuksak o‘simliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Ba’zi o‘simliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta’sirida shakli o‘zgarib, oziq yoki suv g‘amlash, himoya qilish, ilashish kabi qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan. Bargning kattaligi turlicha, odatda 3—10 sm, ayrim o‘simliklar (mas, palma, banan) bargi 20 m ga yetadi. Bargning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi barg bandi deyiladi(6-rasm).
6-rasm. Barg tuzilishi.
Bir qancha o‘simliklar (bug‘doydoshlar, ziradoshlar) barg bandi kengayib, novdani o‘rab turadigan qinni hosil qiladi. Ba’zi o‘simliklar (yalpizdoshlar)da barg bandi bo‘lmaydi, yaprog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri novdaga birlashadi. Bunday barg o‘troq deyiladi. Bargning fotosintez qiladigan sathi yaproqning shakli va kattaligiga bog‘liq. Yaproqning yassi bo‘lishi B.ning fotosintez qiladigan yuzasi sathini oshiradi.
Barg oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy barg bandida bitta, murakkab barg bandida bir necha yaproq bor. Oddiy barg yaprog‘ining shakliga ko‘ra yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, to‘g‘ri chiziqpi, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va boshqa;(7-rasm) qirrasining tuzilishiga ko‘ra tekis qirrali, tishli, kungurali; i. 1 mm2 barg yuzasida og‘izchalar soni 40 dan 500 gacha, ba’zan undan ham ko‘proq bo‘ladi.
7-rasm. Barg turlari
Og‘izchalar ayniqsa sernam joylarda o‘sadigan o‘simliklar bargi kutikula, yog‘simon moddalar yoki tuklar bilan qoplangan, barg plastinkasi kichik, ko‘pincha etli; barg orqali suvning ko‘p bug‘lanishiga imkon bermaydi.
Epidermis ostida barg eti (mezofill) joylashgan. Barg eti ko‘pchilik o‘simliklarda ustki epidermis ostida joylashgan 1 — 2 qator hujayralardan iborat ustunsimon to‘qima va uning ostidagi g‘ovak to‘qimadan tashkil topgan. Barg eti hujayralari (ayniqsa ustunsimon to‘qima) bargga yashil rang beruvchi xloroplastlarga boy. Xloroplastlar ishtirokida hujayralarda fotosintez sodir bo‘ladi. Barg etidan tomirlar o‘tadi. Ular har xil shaklda bo‘lib, sistematik ahamiyatga ega.
Ikki pallali o‘simliklar bargi to‘rsimon yoki patsimon, bir pallalilar esa parallel yoki yoysimon tomirlangan. Tomirlar lub va yog‘ochlik tolalaridan hamda o‘tkazuvchi va to‘rsimon naylardan iborat. Tomirlar yaproquchun tayanch sinch vazifasini o‘taydi. O‘tkazuvchi naylar orqali suv va mineral oziq moddalar iddizdan barg mezofili hujayralariga to‘xtovsiz kelib turadi. Barg hujayralarida sintezlangan mahsulotlar tomirlardagi to‘rsimon naychalar orqali o‘simlikning boshqa qismlari, ya’ni poya, ildiz, gul, mevalarga yetkazib beriladi. Barg yuzasining keng bo‘lishi uning karbonat angidridni faol qabul qilishi, ko‘p miqdorda suv bug‘latishi va kislorod ishlab chiqarishiga sabab bo‘ladi. I ga maydondagi yashil o‘simliklar bir kecha-kunduzda 150 – 500 kg karbonat angidridni o‘zlashtirib, 60 – 400 kg kislorod ajratadi va 100 t gacha suv bug‘latadi. Bu jarayonda barg 75 – 250 kg gacha organik modda hosil qiladi.
Bargning yashash muddati ham turlicha bo‘lib, ayrim o‘simliklar bargi Bir necha hafta, boshqalari bir necha yilgacha (mas, lavr bargi 3 —4 yil, Yevropa archasi bargi 8—10 yil, Shrenka archasi bargi 30 yil) yashaydi. Barg hayoti fotosintez va metabolitik jarayonlarning izchilligi bilan bog‘liq. Bu jarayonlar sekin kechadigan ninabarglilarning bargi nisbatan uzoq yashaydi. Barg cheklangan o‘sish xususiyatiga ega bo‘lishi bilan boshqa o‘simlik organlaridan farq qiladi. Yaproqning o‘sishi cheklanganligi, biroq barg bandning o‘sishi to‘xtovsiz davom etaverishi tufayli barg yaprog‘i yorug‘likka o‘girilish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Kópchilik yuksak ósimliklarda barg óz tashqi kórinishini ózgartirib boshqa fiziologik funksiyani bajarishga moslashgan. Ba'zi ósimliklarning barglari óz shaklini ózgartirib tikanga aylangan. Masalan, kaktus, zirk kabi ósimliklar barglari himoya vazifasini bajaradi.
Gledichiya, tikandaraxt (Gleditshia)-burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bargi qoʻsh patsimon murakkab. Gullari bir jinsli., aktinomorf,mayda, koʻkish, barg qoʻltigʻidan chiqqan boshoqsimon chochoq toʻpgulda joylashgan(8-rasm). Dukkagi yirik, uzun, jigarrang ,Shim. va Jan. Amerikada, Jan. Osiyoda va Afrika tropiklarida 12 turi maʼlum.Shim. Amerikadan kelib chiqqan tikanli Gledichiya (G. tricanthos) Oʻrta Osiyo, Kavkaz,Qrimda ekiladi. Tez usadi, boʻyi 40 m gacha boʻladi. May—iyunda gullaydi; qurgʻoqchilikka chidamli, qattiq tikanli,yashil devor hosil qilish uchun ekiladi. Gledichiyaning guli nektarga boy.
8- rasm. Gledichiya
Kaktuslar yoki Qumanjir(lotincha: Cactaceae) — kaktusdoshlarga mansub koʻp yillik semiz poyali oʻsimliklar, manzarali va uy oʻsimligi. K. orasida daraxtsimon, butasimon yoki liana shakllari bor(9-rasm) Ahyonda past boʻyli daraxt (Pereskioidae). 2000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladigan 80 ga yaqin turkumi bor.
9-rasm. Kaktus
Ularning deyarli hammasi Amerika (yarmi Meksika)da tarqalgan. Yovvoyi holda tropik va subtropik choʻllarda, dengiz boʻylari, savannalarda oʻsadi. Kaktus bir necha guruhlarga boʻlinadi: opunsiyalar — dumaloq yoki ovalsimon yassi, bir-biriga birikib oʻsgan tanadan iborat; s ye r ye u s -l ar — tanasi yoʻgʻon, ustunsimon, etdor; mamillyariyalar — soʻrgʻichsimon, chiroyli gullaydi; epifillyumlar — poyasi tasmasimon yassi, yirik tisheimon; ripsalislar — juda sershox, xivchinsimon yoki bargsimon koʻrinishdagi butachalar.
Koʻpgina turlari chiroyli gullaydi(10-rasm) janubiy mintaqalarda ochiqjoylarda manzarali oʻsimlik, shim. mintaqalarda uy va oranjereyalarda oʻstiriladi.
10-rasm. Kaktus guli
Kaktusning mevasi va poyasi eti ovqatga ishlatiladi, chorva mollariga ozuqa; oʻtin va yengil qurilish materiali (ayrim turlarining yogʻochlangan poyalari); buta fob (devor) tarzida foydalaniladi. Kaktus urugʻi, qalamchasidan va payvand qilish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Maysalari urugʻi ekilganidan keyin 3—30 kunda paydo boʻladi, payvandlash may—avg . da oʻtkaziladi. Kaktus erta bahordan kuzgacha (ayrim turlari qishda ham) gullaydi. Qishda K. uyda 8—10° da saqlanadi, kam sugʻoriladi. Yozda kaktus ekilgan tuvaklar quyosh nuri tushadigan yorugʻ va issiq joylarga koʻchiriladi, tez-tez sugʻoriladi va tanasiga suv purkab ("choʻmiltirib") turish kerak.
4- Mavzu: Poya va uning funksiyalari, shoxlanish tiplari, morfologik shakllari hamda metamorfozlarini órganish.
Poya (caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar orasida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamorfozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini bajaradi.
Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan poyalar bor. Poya silindrsimon, koʻp qirrali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan Poya boʻyiga oʻsadi; baʼzi ósimliklar (mas, gʻalladoshlar) Poyasi boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham usadi. Poyaning buyi, yugʻonligi turlicha. Yusinlar Poyasining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar P.si 200—300 m keladi.
Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruxlariga kura, sodda yoki murakkab buladi. Mas, tuban yusinlar poyasi faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yusinlar poyasi qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan, plaunlar poyasi esa ksilema va floemaldan iborat utkazuvchi toʻqimadan tuzilgan. Qirqboʻgʻimlar poyasining ichi gʻovak boʻlib, oʻtkazuvchi toʻqimalar aylana joylashadi. Qirqquloqdar poyasining markazi narvonsimon joylashgan traxeidalardan tuzilgan ksilema elementlaridan iborat; uni floema pardasi oʻrab turadi. Bundan tashqarida bir necha kavat hujayralardan tuzilgan peritsikl joylashgan. Mana shu markaziy silindr birlamchi qobiq, tashqi tomondan epidermis bilan oʻralgan. Birlamchi qobiqning eng ichki — peritsikl bilan chegaradosh qavati endoderma deb ataladi. Urugʻli oʻsimliklar poyasining poʻstlogʻi ostida parenxima hujayralaridan iborat birlamchi qobiq boʻlib, uning endodermasi markaziy silindrni oʻrab turuvchi peritsikl bilan chegaralanadi. Poyaning dastlabki rivojlanish bosqichida peritsikl ostida yupqa par-dali uzunchoq hujayralardan iborat hosil qiluvchi tUqima — prokambiy vujudga keladi. Prokambiy hujayralarining bulinishi natijasida birlamchi ksilema va birlamchi floema hosil buladi. Ikki pallali va ochiq urugʻli usimliklarda esa birlamchi ksilema va birlamchi floemadan tashqari ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima — kambiy ham vujudga keladi. Koʻpchilik bir pallali usimliklar poyasining markaziy kismi parenxima hujayralaridan tuzilgan bulib, ularning orasidan oʻtkazuvchi nay — tolalar tutami oʻtadi. Bir pallali usimliklar poyasida kambiy hosil boʻlmagani uchun yoʻgʻonlashuv xususiyatiga ega emas. Aloe, yukka, dratsena kabi ayrim bir pallali oʻsimliklarning poyasi fakat peritsiklda vujudga keladigan ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima hisobiga yoʻgonlashadi. Yer ostida joylashadigan bargi reduksiyalangan poya, odatda, ildizpoya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |