Chuchmoma damlamasi va kurkuma adsorbsiyalangan sorbentlarning antimikrob faolligini o'rganish
Chuchmoma damlamasi va kurkuma eritmalari 1 mg / ml konsentratsiyali steril erituvchilarda tayyorlandi. Keyin eritmalardan uchta konsentratsiyali eritma tayyorlandi.
Muayyan tarkibdagi eritilgan muhitlar bir qatlamga 20x100 mm o'lchamdagi shisha petri idishlariga quyildi. Vegetativ hujayralarning suspenziyasi muhitga qo'shildi, bu sinov mikroorganizmining optimal o'sishini va uning o'sishini ingibirlash aniqligini ta'minlaydi. Ekilgan muhit yuzasiga steril zanglamaydigan po'latdan yasalgan silindrsimon trubka (10,0 ± 0,1) mm va ichki diametri (5,0 ± 0,1) mm joylashtirilib, lunkalar bir-biridan va idish chetidan teng masofada hosil qildi. . Har bir chashka lunkalarga bir xil hajmdagi (45 ul) nazorat va sinov namunalarining eritmalari kiritildi. Namunalar eritmasi qo'llanilgandan keyin petri chashkalari 1-2 soat davomida xona haroratida saqlandi. Keyin petri chashkalari (36 ± 1 ° C) haroratda 16-18 soat davomida inkubatsiya qilindi. Sinov mikroorganizmining o'sishini ingibirlash qilish zonalari diametri mos asboblar yordamida 0,1 mm aniqlikda o'lchandi.
Moddalarning antimikrob faolligini aniqlash uchun uchta konsentratsiyali chuchmoma damlamasi va kurkuma eritmasi adsorbsiyalangan biospetsifik sorbent tayyorlandi. Bunda PVS va aning mos ravishda 75 % va 25% nisbatda olingan sorbentga chumoli damlamasi va kurkuma eritmalari adsorbsiyalandi. Eritmalar kontsentratsiyasi 10-5 (1 mg / ml), 10-6 va 10-7 bo’lgan eritmalar sorbentga adbsorbsiyandi. 1 mg dan chuchmoma damlamasi va kurkumani 1 ml suvda eritilib, 10-5 konsentratsiyali moddalarning eritmasi olinadi. Keyinchalik, asosiy eritmalardan 10-6 va 10-7 konsentratsiyali eritmalar tayyorlandi. Har bir eritmani sorbentga adsorsiyalandi.
Sinov mikroorganizmlari sifatida quyidagi ikkita shtamm tanlandi: Staphylococcus aureus ATCC, Bacillus subtilis. Muayyan ozuqa muhitlari tayyorlanib, 20x100 mm o'lchamdagi shisha petri idishlariga quyildi.
Balandligi 10,0 ± 0,1 mm va ichki diametri 8,0 mm bo'lgan ikkita steril zanglamas po'latdan yasalgan silindrlar ekilgan muhit yuzasiga bir-biridan va idish chetidan teng masofada joylashtirildi va lunkalar hosil qilindi. Chuchmoma damlamasi va kurkumaning uch xil konsentratsiyali eritmasi shimdirilgan biospetsifik sorbentni ma’lum qismini tadqiqot uchun mikroorganizmlarga lunkalariga joylashtirib chiqildi.
Petri chashkalariga biospetsfik sorbent qirqib olinib joylashtirildi va keyin instilatsiya qilish vaqt o'zgarishi ta'sirini kamaytirish uchun xona haroratida 1-2 soat ushlab turildi. Keyin petri chashkalari 36 ± 1 ° C haroratda 16-18 soat davomida inkubatsiya qilindi.
Sinov mikroorganizmining o'sishini ingibirlash qilish zonalarining diametri mos asboblar yordamida 0,1 mm aniqlikda o'lchandi, natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan.
1-jadval O'sishni ingibirlash zonalarini diametri
Mikroorganizmlar
|
Eritma konsentratsiyasi
|
Chuchmoma damlamasi
|
Kurkuma
|
Bacillus subtilis
|
10-5
|
4 mm
|
7 mm
|
10-6
|
0,3 mm
|
1,5 mm
|
10-7
|
-
|
-
|
Staphylococcus aureus
|
10-5
|
4.2 mm
|
7.3 mm
|
10-6
|
0,8 mm
|
2,6 mm
|
10-7
|
-
|
-
|
Bu jadvaldan ko’rinib turibdiki Staphylococcus aureus ATCC, Bacillus subtilis mikroorganizmlarni o’sishida kurkuma va chuchmoma damlamasi adsorsiyalangan sorbent ma’lum darajada (10-5 konsentratsiyali eritmasida) 4mm dan 7.3 mm gacha ingibirlagan, 10-6 konsentratsiyali eritmasida 0.3mm dan 2.6mm gacha va 10-7 konsentratsiyali eritmasida esa hech qanaqa ingibirlangan zona bo’lmadi chunki, antimikrob faolligiga ega bo’lgan moddalarimiz chuchmoma damlamasi va kurkuma eritmada judayam kam miqdorda qolgan. Sorbentga sintezlangan chuchmoma damlamasi va kurkuma moddalari konsentratsiyasi judayam kam bo’lganligi uchun oxirgi eritmamiz 10-7 konsentratsiyamizda ingibirlangan zona hosil bo’lmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |