V. “O‘zdavstandart”ning mulki va mablag‘lari
13. “O‘zdavstandart” zaxira (sug‘urta) fondini tuzadi. Uning mablag‘laridan “O‘zdavstandart” Kengashining qaroriga muvofiq o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga foiz olinmaydigan yoki imtiyozli kredit shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun foydalaniladi.
14. “O‘zdavstandart” mulkini quyidagi manbalardan hosil bo‘lgan mablag‘lar tashkil etadi:
tasarrufidagi tashkilotlarning ilmiy-texnika, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirishning muammolari va dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun maqsadli badallari;
tasarrufidagi tashkilotlarning zaxira (sug‘urta) fondini tashkil qilish uchun maqsadli badallari. Fondning foydalanilmagan qoldiqlari kelgusi yilga o‘tkaziladi va olib qo‘yilmaydi;
valyuta fondi;
bank kreditlari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan budjet mablag‘lari;
o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatidan tushadigan daromadlar;
qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
15. Tashkilotlarning maqsadli badallari va to‘lovlarining miqdori, ulardan foydalanish tartibi “O‘zdavstandart” Kengashi tomonidan belgilanadi.
16. “O‘zdavstandart” o‘ziga qarashli mulk va vositalardan o‘z tasarrufidagi tashkilotlar manfaatlari uchun foydalanadi, ham respublikada, ham undan tashqarida har qanday harakatdagi va ko‘chmas mulkni qurishi va ta’mirlashi, sotib olishi, ajratib olishi, ijaraga olishi va topshirishi, qonunga zid kelmaydigan boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.
17. “O‘zdavstandart”ning mulki mustaqil balansda aks etadi.
18. Tasarrufdagi tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyati ikki yilda kamida bir marta taftish qilinadi.
VI. “O‘zdavstandart”ni boshqarish
19. “O‘zdavstandart”ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Bosh direktor o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, “O‘zdavstandart”ning bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va ozod etiladilar.
Bosh direktor va uning o‘rinbosarlari zimmasiga ayni bir vaqtda lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining standartlar va o‘lchov vositalarini nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari vazifasi ham yuklatiladi.
“O‘zdavstandart”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash mintaqa markazlarining direktorlari o‘z lavozimiga ko‘ra ayni bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar standartlar va o‘lchov vositalarini nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va shahar standartlar va o‘lchov vositalarini nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadilar.
Standartlar va o‘lchov vositalarini davlat yo‘li bilan nazorat qilib borish topshirilgan “O‘zdavstandart”ning bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislari, mansabdor shaxslari o‘z lavozimiga ko‘ra ayni bir vaqtda standartlar za o‘lchov vositalarini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Standartlar va o‘lchov vositalarini davlat yo‘li bilan nazorat qiluvchi mansabdor shaxslar davlat nazoratchisi yoki “O‘zdavstandart” tomonidan belgilangan tartibda davlat tekshiruvchisi sifatida attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
20. Bosh direksiyaning burchi quyidagilardan iboratdir:
“O‘zdavstandart” vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa faoliyatga rahbarlik qilish;
tasarrufdagi tashkilotlar bilan birgalikda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning, fan-texnika taraqqiyotining, kadrlar siyosatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish va belgilash;
Vazirlar Mahkamasiga va davlat boshqaruvining tegishli organlariga “O‘zdavstandart”ning faoliyati haqida belgilangan tartibda hisobotlar va axborot taqdim etish;
manfaatdor tashkilotlarni jalb etgan holda, respublika vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari, tashkilotlari va fuqarolarining “O‘zdavstandart” faoliyati hamda standartlar va metrologiya qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha shikoyatlar va da’volarini ko‘rib chiqish.
21. Tasarrufdagi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari bosh direktor tomonidan shartnoma asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
22. “O‘zdavstandart”ning bosh direktori huzurida maslahat organi — Kengash tuziladi. Uning vazifasi mahsulotni standartlash, metrologiya, sinash va sertifikatsiyalashni rivojlantirishning eng muhim muammolarini ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishdir.
Kengash qarori oddiy, ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va qarorlar bilan rasmiylashtiriladi.
Kengash ishi “O‘zdavstandart” rahbariyati tomonidan tasdiqlangan Kengash haqidagi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |