Farg‘ona viloyati shaharlari ierarxiyasi
Farg‗ona viloyati shaharlar to‗ri va hududiy tizimini vujudga kelishida
gidrografik to‗r, tabiiy resurslar, iqtisodiy geografik o‗rin, mehnat va infratuzilma
salohiyati kabi omillarning ta‘siri kuchli. Viloyatdagi shaharlarning ayrimlari
qadimdan aholi zich joylashgan qishloqlar o‗rnida paydo bo‗lgan. Farg‗ona
mintaqasi shaharlar to‗rining kengayishi sobiq Ittifoqning dastlabki yillaridan
boshlangan bo‗lsa, so‗nggi 1989 yilgi aholi ro‗yxatidan keyin Muqimiy qishloq
aholi punkti shahar tipidagi posyolka maqomini oldi, xolos.
Mintaqa shaharlari turli tarixiy davrlarda tashkil topgan bo‗lsada, ularni
rivojlantirish hamisha davlat boshqaruvi diqqat markazida bo‗lgan. Chunonchi,
foydali qazilma konlari va strategik ahamiyatga ega bo‗lgan ob‘ektlar negizida
shaharlarni shakllantirish yoki Ikkinchi jahon urushi davrida sobiq Ittifoqning
g‗arbiy hududlaridan zavod, fabrikalarni ushbu hududga joylashtirilishi maqsadli
dasturlar doirasida amalga oshirilgan.
Farg‗ona viloyati aholi manzilgohlarining shakllanishida birlamchi omil
gidrografik to‗r, xususan Oloy tog‗laridan oqib tushadigan daryolar (So‗x, Isfara)
konussimon deltalari xizmat qiladi. Binobarin, So‗x daryosi Qo‗qonga,
Shohimardonsoy Marg‗ilonga hayot bag‗ishlagan. Mintaqa shaharlarining
joylashuvi irrigatsiya shaxobchalari Norin daryosidan boshlanuvchi Katta
Farg‗ona, Janubiy Farg‗ona va Katta Andijon kanallari va asosiy magistral yo‗llar
bilan uzviy bog‗langan.
Shaharlar to‗rining asosi ―sinch‖lari sifatida g‗arbda Qo‗qon va sharqda
Farg‗ona-Marg‗ilon yaqqol ko‗zga tashlanadi.
Masalan, Qo‗qon shahri shakllanishining o‗ziga xos xususiyati, birinchidan
So‗x daryosining qadimiy konus yoyilmasi bo‗lsa, ikkinchidan vodiyning
kengaygan kirish qismida joylashganligi bilan izohlanadi. So‗x yoyilmasida aholi
manzilgohlari nihoyatda zich joylashgan va bu o‗ziga xos hududiy majmuani
tashkil etadi. Shuningdek, mazkur daryo yotqiziqlari shaharga yaqin joyda qurilish
materiallari sanoati uchun zarur bo‗lgan xom ashyo bilan ta‘minlaydi. Viloyatda
aholi joylashuv tizimi politsentrik, ya‘ni asosan ikki markaz-qadimiy Qo‗qon va
Farg‗onada mujassamlangan. Ayni vaziyat ishlab chiqarishning markazlashuvi va
shahar manzilgohlarining murakkab tizimi yoki majmuasi -aglomeratsiyalarning
vujudga keltiradi.
Qadimiy
Qo„qon
―ipak yo‗lida‖ Yevropa, Rossiyadan, Hind va Xitoyga
―o‗tish‖ yo‗lida ―savdo shahri‖ sifatida ham rivojlanib borgan. Manbalarga
qaraganda, Qo‗qon haqidagi dastlabki ma‘lumotlar X asrlarga to‗g‗ri keladi. Arab
sayyohi va geografi Istaxri va Ibn-Xauqol qo‗lyozmalarida shaharni ―Ho‗qand‖
yoki ―Xavokand‖, ya‘ni ―go‗zal shamol shahri‖ deya tasvirlaydi. Venger sayyohi
H.Vamberi Qo‗qon etimologiyasi haqida ―Xobkent‖ go‗zal vodiydagi joy so‗zidan
kelib chiqqan deya ta‘rif bergan.
Dastlab shahar vodiyning g‗arbiy qismi uchun muhim savdo-transport,
harbiy-strategik va ma‘muriy funksiyalarga ixtisoslashgan. Kaspiyorti (1898 y.) va
78
Orenburg-Toshkent (1906 y.) temir yo‗lining qurilishi uni transport tuguniga
aylantirdi. Transport va iqtisodiy geografik o‗rnining qulayligi, Qo‗qon vohasi va
qishloq xo‗jalik rayonlari markazida joylashganligi uning sanoat ixtisoslashuvini
belgilab berdi. Hozirda mazkur yirik shahar negizida Qo‗qon aglomeratsiyasi
shakllanmoqda.
G‗arbiy Farg‗onada markaziy o‗rin tutuvchi ushbu shahardan janubda
Yaypan, g‗arbda Beshariq, sharqda Uchko‗prik, va shimolda Dang‗ara kabi
yo‗ldosh shaharlarning vujudga kelishiga ―aglomeratsiya yadrosi‖ asos bo‗lgan.
Vodiydan karvon yo‗llarining kesib o‗tganligi savdo shaharlari (Marg‗ilon,
Quva), ma‘muriy, harbiy-strategik markaz sifatida Farg‗ona shahrining (1877 y.)
shakllanishiga sabab bo‗lgan. Dastlab Farg‗ona vodiysi Rossiya tomonidan bosib
olingandan so‗ng ―Yangi Marg‗ilon‖, ―Skobelov‖ nomi ostida faoliyat yuritgan.
Viloyat markazi funksiyasini bajaruvchi shahar deyarli ―bo‗m-bo‗sh‖ joyda
Marg‗ilon shahridan 8 km janubdagi Yormozor va Sim qishloqlari yaqinida rus
askarlari uchun harbiy shaharcha sifatida bunyod etilgan. 1919 yildan boshlab
shahar hozirgi rasmiy maqom bilan atala boshladi. Shaharning arxitekturasi radial
aylana ko‗rinishda (mudofaa uchun), asosiy ko‗chalar markazga yo‗naltirilgan
holda amalga oshirilgan.
Mustaqillik yillarda Qo‗qon va Farg‗ona shaharlari sanoati tarmoq tarkibida
birmuncha o‗zgarishlar sodir bo‗lgan: yoqilgi-energetika sanoatining ulushi ortgan,
engil sanoat ham ustuvor rivojlanib borgan. Shu bilan birga, shahar uchun
ana‘naviy sanoat tarmoqlaridan biri – to‗qimachilik sanoatining ahamiyati
pasaygan.
Mintaqa sanoat mahsulotining 60,2 foizi birgina Farg‗ona shahri zimmasiga
tushadi; Shuningdek, Qo‗qon, Marg‗ilon, Quvasoy shaharlarining sanoat
ko‗rsatkichlari, urbanistik mujassamlashuv darajasi yuqori; Quvasoy viloyat yalpi
sanoat mahsulotining 11,8 %, Qo‗qon 7,3 % ni beradi.
Farg‗ona – Marg‗ilon va Qo‗qon sanoat tugunlari mintaqa sanoatining
hududiy tashkil etishda etakchi o‗ringa ega. Farg‗ona viloyati hozirgi vaqtda
o‗zining sanoat ishlab chiqarish salohiyati bo‗yicha respublikamizda oltinchi
(Toshkent shahri va viloyati, Andijon, Navoiy, Qashqadaryo) o‗rinda turadi (2015
yilda – 7.6 %).
Farg‗ona viloyati urbanistik piramidasida ―ellikminglik‖ shaharlar
rivojlanmagan (-rasm). Quvasoy shahrida 87.5 ming, Rishtonda 36.4 ming,
qolganlarida aholi soni bundan kam. 2009 yilgi ―urbanistik to‗lqin‖ dan keyin
birdaniga 196 ta qishloqlarga yangi shaharcha maqomi berildi. O‗zbekistonda jami
966 ta yangi shaharchalarning 1/5 qismi birgina Farg‗ona viloyatiga tegishli (-
ilova).
79
5-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |