Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari


Sirdaryo viloyatining urbanistik tarkibi (01.01.2016 y.)



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

Sirdaryo viloyatining urbanistik tarkibi (01.01.2016 y.) 
Shahar 
manzilgohlari 
Shahar 
manzilgohlar 
Aholisi, 
kishi 
Jami shahar 
aholisidagi ulushi 


72 
kategoriyasi 
soni 
(%da ) 
3 ming kishigacha 

6,8 
1,9 
3-5 ming kishigacha 
13 
49,7 
14,5 
5-10 
ming 
kishigacha 

29,8 
8,7 
10-20 
ming 
kishigacha 

92,6 
27,1 
20-50 
ming 
kishigacha 

96,6 
28,2 
50-100 
ming 
kishigacha 

65.9 
19,3 
Jadval O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlari 
asosida tuzilgan. 
Hudud shahar manzilgohlarining vujudga kelishi qo‗riq Mirzacho‗l dashtini 
o‗zlashtirish, energetika bazasi va transport omillari asosida shakllangan. Aynan 
shu maqsadda «bo‗sh» joyda poytaxt Yangier shahri loyihalashtirilgan va barpo 
etilgan (1957 y.). 1963 yili Sirdaryo viloyatining tashkil etilishi bilan Yangier 
shahri ―markaz‖ deb belgilandi. Ammo, tabiiy omillar (Xovos yoki Ursatevsk 
shamollari) shaharning rivojlanishiga to‗sqinlik qildi. 1972 yilda hududning yirik 
energetika bazasi (Sirdaryo GRESi) negizida Shirin shahri, transport 
infratuzilmasining rivojlanishi esa Baxt shahrining shakllanishiga asos bo‗lgan 
(1980 y.).
Mintaqada shahar hosil qiluvchi omillar ta‘sirining kuchsizligi bois katta 
shaharlar bo‗g‗ini shakllanmagan. Jumladan, viloyatda 2009 yilgacha 5 ta shahar 
(ularning 3 tasi viloyatga buysunuvchi maqomiga ega) va shuncha shaharcha 
mavjud bo‗lgan. Ularda jami aholining 31,1 foizi istiqomat qilgan. 2009 yilga 
kelib, mamlakatimizda yuz bergan urbanistik o‗zgarishlar tufayli shaharchalar soni 
25 ta, urbanizatsiya darajasi esa 43,2 foizga etgan (2-ilovaga qarang).Mazkur yilda 
viloyatning 72,2 ming qishloq aholisi shahar aholisi ro‗yxatiga kirdi. Bu xususda 
Oqoltin tumani oldinda (25,3 ming kishi), Sirdaryo va Sayxunobod tumanlari ham 
yangi shaharchalar soni ko‗proq. Ayni paytda Xovos, Sardoba tumanlarida birorta 
qishloq aholi punkti bunday maqomga sazovor bo‗lmagan. Ta‘kidlash o‗rinliki, 
yangi agroshaharlar soni Sirdaryo viloyatida uncha ko‗p emas; bu borada u 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi bilan birgalikda (11 ta) mamlakatimizda oxirgi 
o‗rinlarni egallagan. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sust rivojlanganligi 
uning urbanistik tarkibida ham o‗z aksini topadi. Viloyatda birorta katta, ya‘ni 
―yuzminglik‖ shahar yo‗q va bu borada u respublikamiz geosiyosiy tizimida 
yagona hisoblanadi. Hatto viloyat markazi ham bu darajaga etisha olmagan. 
Guliston shahrida 86.5 ming, Yangierda 39.9 ming, Xovos shaharchasida 27.7 
ming aholi bor. Qolgan shahar joylarning har birida 20 mingdan oz aholi yashaydi. 
Demak, viloyatning urbanistik ―piramidasi‖ juda sust rivojlangan va uning 
pog‗onalari to‗liq emas. Bu esa, o‗z navbatida, ishlab chiqarish, aholini hududiy 
tashkil etish va hududiy mujassamlashuv darajasining o‗ziga xosligidan dalolat 
beradi; aholi nisbatan zich joylashgan, qishloq va shaharlari esa uncha katta emas. 


73 
Respublikamiz hududiy ishlab chiqarish majmualari sug‗oriladigan dehqonchilik, 
agrosanoat tarmoqlari va mehnatni ko‗p talab qiluvchi korxonalarini o‗z ichiga olar 
ekan. Bunga Mirzacho‗l yoki +arshi dashti asosida shakllanayotgan hududiy
ishlab chiqarish majmualarida misol bo‗la oladi.
Viloyat markazi Guliston o‗zining huquqiy mavqeiga teng bo‗lgan 
shaharlardan ancha orqada. Binobarin, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, 
uning demografik salohiyatini ko‗tarishga ham e‘tibor berish maqsadga muvofiq. 
Hozirgi vaqtda bu shahar viloyat jami aholisining 10 foizdan ortiqrog‗ini 
mujassamlaydi. Bu, boshqa viloyat markazlariga qaraganda, ancha past ko‗rsatkich 
(demak, iqtisodiy jihatdan viloyat ham ―bo‗shroq‖, uning bosh shahri ham zaif).
 
Sirdaryo viloyatida sanoat uncha rivojlanmagan, uning tarmoqlar va hududiy 
tarkibi ham mukammal ko‗rinishga ega emas. Viloyat sanoat ishlab chiqarishining 
tarmoqlar tarkibi quyidagicha: mashinasozlik va metalni qayta ishlash 0,9 %, 
qurilish materiallari sanoati 1,9 %, o‗rmon va yog‗ochni qayta ishlash 0,4 % va 
h.k. Engil sanoat (asosan paxta tozalash korxonalari) jami sanoat mahsuloti 
hajmining 56,1 foizini ta‘minlaydi, oziq-ovqat sanoati 25,6 % va un-krupa, omuxta 
em 11,0 foizini beradi.
Sanoat mahsulot turlari ham uncha boy emas; viloyat sanoati asosan 
mintaqaning ixtisoslashgan tarmog‗i-qishloq xo‗jaligi, aniqrog‗i paxtachilik bilan 
chambarchas bog‗liq. Jumladan, qurilish materiallari va don mahsulotlari ishlab 
chiqarish (Yangier), paxta tozalash (qishloq tumanlari markazlarida), yog‗ ishlab 
chiqarish (Guliston shahri) kabilar aynan shu etakchi tarmoq bilan birgalikda 
alohida ishlab chiqarish majmuasini shakllantiradi. Shirin shahridagi Sirdaryo IES 
respublikamizda eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi. 
Sanoat geografiyasida Gulistonning hissasi 13,6 %, Yangier shahriniki - %. 
Viloyat sanoatining hududiy tashkil etilishida Guliston shahri sanoat markazi 
sifatida ajratish mumkin. Shuningdek, Sirdaryo, Yangier shaharlari ham xuddi 
shunday maqomga ega. Bu shaharlarda mintaqaning yirik sanoat korxonalari:yog‗-
moy va qurilish materiallari korxonalari joylashgan. Aholi soni bo‗yicha kichik 
sanoat markazlari qatorida Shirin va Baxt shaharlari turadi. Yuqoridagilardan 
tashqari, Sirdaryo shahridagi sut zavodi va qurilish materiallari korxonalari, 
tibbiyot sohalari uchun momiq-paxta, doka, bint, dori-darmonlar ishlab 
chiqaruvchi korxonalarni ham mavjud. 
So‗nggi yillarda Sirdaryo tumani salohiyatining oshib borishi ham mazkur 
masalaning echimini biroz engillashtiradi. YAqinda bu yerda Xitoy Xalq 
Respublikasi bilan hamkorlikda ―PENG SHENG‖ QK faoliyatini boshladi. 
Poytaxtdan 70 km masofada industrial park ham tashkil etildi. 2013 yilda Prezident 
farmoni asosida "Jizzax" maxsus industrial zonasining shakllantirish munosabati 
bilan Sirdaryo industrial parki uning filialiga aylantirildi. Majmua keramik plitalar, 
natural teri va undan poyafzallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. U to‗la loyiha 
quvvatiga ega bo‗lgach yiliga 100 mln AQSH dollari miqdorida turli xil mahsulot 
ishlab chiqaradi, uning deyarli yarmi eksportga yo‗naltiriladi. Mazkur loyihalar 
istiqbolda mintaqaning to‗liq siklga ega bo‗lgan hududiy ishlab chiqarish 
majmuasi shakllanishiga xizmat qiladi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish