74
1.
Mirzacho„l mintaqasi shahar joylarining shakllanishiga ta‟sir etuvchi
omillarni tushuntiring.
2.
Iqtisodiy rayondagi “eski”, “yangi” va “resurs” shaharlarga izoh bering.
3.
Rayon shaharlarining rivojlanishida Jizzax maxsus erkin iqtisodiy
zonasining ahamiyatini yoriting.
4.
Mirzacho„l iqtisodiy rayoni shaharlarining rivojlanish muammolari va
istiqbollarini tahlil qiling.
19-Mavzu: Farg„ona mintaqasi shaharlari
1.
Farg„ona mintaqasi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida shaharlarning tutgan
o„rni
2.
Andijon viloyati shaharlari tarkibi va tavsifi
3.
Farg„ona viloyati shaharlari ierarxiyasi
4.
Farg„ona-Marg„ilon aglomeratsiyasi.
5.
Namangan viloyati shaharlarining shakllanishi va rivojlanishi
Aholi joylashuvining qadimiy va zich rayonlaridan biri Farg‗ona vodiysi uch
tomondan Pomir-Oloy, Tyanshan va Farg‗ona tizmalari bilan o‗ralgan
bodomsimon botiqda joylashgan. Mintaqaning ichki tabiiy-iqtisodiy jihatdan
yaxlitligi,
sersuv daryo va soylari, rangli metal, neft, gaz va qurilish
materiallarining
yaqin joylashuvi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va
mujassamlashuvi ko‗plab aholi manzilgohlarining to‗planishiga asos bo‗lgan.
Maydoni uncha katta bo‗lmagan vodiyda (hududi respublika maydonining
atigi 4 foizini tashkil qiladi) mamlakat iqtisodiy-demografik salohiyatining 28,5 va
shahar manzilgohlarning 35,1 foizi mujassamlangan. Demak,
bu yerda umumiy
ijtimoiy-iqtisodiy zichlik respublika o‗rtacha ko‗rsatkichidan 7,5 marta ziyod.
Mintaqa
hozirda
O‗zbekiston
shahar
aholisining
32.3
foizini
mujassamlashtirgan holda (jami aholining 28,5 foizi), uning 16.9 % yalpi ichki
mahsulotini ta‘minlaydi.
Shahar aholi manzilgohlari sonining eng ko‗p miqdori hamon ushbu (423 ta)
hududga tegishli. Mintaqaning shaharlar ierarxiyasi mukammal va uning
pog‗onalari deyarli to‗liq shakllangan.
Binobarin, Farg‗ona viloyatining hududiy
urbanistik tarkibida uchta katta shaharlar mavjud.
Farg‗ona mintaqasi shahar manzilgohlarining zichligi bo‗yicha bir-biridan
keskin farq qilmaydi. Shahar hosil qiluvchi tarmoqlarning
rivojlanish va
mujassamlashuv darajasi yuqori; xo‗jaligi intensiv yo‗nalishga ega, ishlab
chiqarish kuchlari yaxshi hududiy tashkil qilingan Farg‗ona
viloyatida har ming
km
2
ga 30.4, ta hududi kichik Andijonda 20.6 ta, Namanganda 17.2 ta shahar
manzilgohlari joylashgan.
Rayon O‗zbekiston Respublikasi sanoatini 20.2 %, qishloq xo‗jalik
mahsulotining 26,7 foizini ta‘minlaydi; pullik xizmatlarda uning ulushi 16.3%,
chakana savdoda 22.8 %, tashqi savdo aylanmasida – 16 foizga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: