Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari


Andijon viloyati shaharlari



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

 
Andijon viloyati shaharlari 
Demografik sig‗imi yuqori 
Andijon viloyati
mamlakatimizning eng chekka 


75 
sharqida transchegaraviy hududda joylashgan. Mintaqa respublika hududiy mehnat 
taqsimotida avtomobilsozlik, engil sanoat tarmoqlari, paxta va pilla etishtirishga 
ixtisoslashgan. 2016 yilda u 6.2 foiz respublika yalpi ichki mahsuloti, 10.0 foiz 
sanoat va 10.8 foiz qishloq xo‗jalik mahsulotini ta‘minlagan.
1959 yilgi aholi ro‗yxatiga binoan viloyatda 3 ta shahar (Andijon, Namangan, 
Leninsk) va 1 ta shahar tipidagi posyolka (Moskovskiy) mavjud bo‗lgan
20
. Bu 
vaqtda jami shahar aholisi 173.9 ming kishini tashkil etgan (urbanizatsiya darajasi 
22.6 %). 1970 yilga kelib, mintaqa aholisining 24.5 shaharliklar tashkil etgan. Bu 
davrda respublika urbanizatsiya darajasi 37 foizga teng bo‗lgan, ya‘ni Andijonga 
nisbatan 12.5 foizga yuqori bo‗lgan. Ikki aholi ro‗yxati oralig‗ida hudud shahar 
aholisi 80.8 ming kishiga ko‗payib, 257.7 ming kishiga etdi (-jadval). Aholining 
yillik ko‗payish sur‘ati esa oldingi davrga (1959-1970 yy.) nisbatan 4.8 foizga 
ortdi. 2008-2013 yillarda esa, mintaqada 50 dan ortiq shahar manzilgohlar paydo 
bo‗ldi.
10-jadval 
Andijon viloyati aholisining tadrijiy o„zgarishi 
Yillar 
1939 y. 
1959 y. 1970 y. 
2008 y. 2013 y. 
2016 y. 
Jami aholi 
994.7 
1162.9 
1059.1 
2451.2 
2756.4 
2910.5 
Shahar aholisi 
176.0 
297.3 
254.7 
716.9 
1453.9 
1521.3 
Qishloq aholisi 818.6 
865.5 
804.4 
1734.3 
1302.5 
1389.2 
Manba:Aholi ro„yxati va O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi 
ma‟lumotlari 
2009 yilgacha viloyatda 11ta shahar va 5 ta shaharchada jami aholining 29,1 
foizi istiqomat qilgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday demografik ko‗rsatkichi 
respublika o‗rtacha darajasidan (35,8 % ) ancha past bo‗lgan.
2009 yilga kelib urbanistik tarkib asosan kichik shaharlar hisobiga kengaydi 
va shaharlashuv 52.5 foizga ortdi. Shahar aholisining salmog‗iga ko‗ra Andijon 
Namangan va Farg‗ona viloyatlaridan keyingi 3-o‗rinni egallab oldi. Binobarin, 
Namanganda urbanizatsiyaning eng yuqori ko‗rsatkichi 63.0 %, Farg‗onada 57.0 
% yoki respublika darajasidan 12.3 va 6.0 punktga yuqori bo‗lgan (2016 y.).
Yangi shaharchalarning eng ko‗pi (17 ta) Andijon, Oltinko‗l (11 ta), 
Marhamat (9 ta) tumanlariga to‗g‗ri keladi. Jalalquduq va Xo‗jaobodda 6 tadan, 
Ulug‗nor va Qo‗rg‗ontepada bittadan agroshaharchalar tashkil etilgan. 
Hozirgi vaqtda Andijonda 11 shahar va 78 ta shaharchalar mavjud bo‗lib, 
ularning barchasida 1521.3 ming kishi yashaydi. Ulardan eng kattasi viloyatning 
ma‘muriy, iqtisodiy va madaniy markazi Andijon bo‗lib, unda 416.3 ming aholi 
istiqomat qiladi. Mintaqaning shaharlar pog‗onasi deyarli to‗liq shakllangan. Bu 
ishlab chiqarish va aholini hududiy tashkil etish, mintaqa hududiy mujassamlashuv 
darajasining o‗ziga xosligidan dalolat beradi. Chunonchi, viloyat markazi Andijon-
yirik, Shahrixon, Asaka–o‗rta shaharlar guruhiga kiradi. Viloyat shaharlar ierarxik 
pog‗onasida birorta katta shahar yo‗q. Shahrixon tobora ―yuzminglik‖ shaharlar 
ostonasiga yaqinlashib kelmoqda. Aholisi 20-50 ming kishi, ya‘ni ―yarim o‗rta‖ 
shaharlar soni 13 ta bo‗lib, shaharlar tizimining 14.6 foizini egallaydi (10-jadval). 
20
Наманган шаҳри ўша вақтда Андижон вилояти таркибида бўлган. 


76 
Andijonda shahar tashkil etuvchi tarmoqlar tor ixtisoslashuvga ega. Asaka va 
Shahrixon sanoat markazlari sifatida, savdo va transport infratuzilmasining 
rivojlanishi asosida Qorasuv, Xonobod shaharlari vujudga keldi. Janubiy 
Olamushuk, Polvontosh, Andijon kabi ―resurs‖ shaharlarining shakllanishida tabiiy 
boyliklardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan.
Viloyatdagi mavjud shahar joylarning tashkil topishi va funksional 
xususiyatiga turli omillar ta‘sir ko‗rsatgan. Xususan, zamonaviy Andijon ko‗p 
funksiyali, iqtisodiy, siyosiy, fan va madaniyat markazi vazifasini bajaradi. 
Qadimiy 
Andijon
shahri (IX asr) azaldan demografik, madaniy va ma‘muriy 
salohiyati, qulay transport geografik o‗rni, savdo va hunarmandchilik markazi 
sanalgan. Ayniqsa, Temuriylar davrida shahar Farg‗ona vodiysining iqtisodiy va 
siyosiy poytaxti funksiyasini bajargan. Zahiriddin Muhammad Bobur mazkur 
shaharga ―Movaraunnahrda Samarqand va Keshdan keyin Andijondan kattaroq 
istehkom yo‗q‖ –deya ta‘rif bergan.
Andijondan Toshkent, O‗sh, Jalolobod, Qo‗qon, Marg‗ilon, Farg‗ona va 
boshqa manzillarga o‗tgan temir va magistral yo‗llar ham mintaqa shaharlarining 
shakllanishi va rivojlanishida katta rol o‗ynadi. Uning hissasiga viloyatdagi jami 
shaharliklarning 27.3, iqtisodiy rayonning 8 foizi to‗g‗ri keladi. Ayni paytda shahar 
viloyat yalpi sanoat mahsulotining 16,1, Asaka 65,8 foizini, demak, bu ikki shahar 
uning 4/5 qismidan ko‗prog‗ini ta‘minlaydi. 
O‗sish qutb va markazi hisoblangan 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish