Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari


5  Ma‟ruzalar matni



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

 
2017.



Ma‟ruzalar matni 
1-Mavzu: Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari fanining 
ob‟ekti va predmeti, uni o‟rganishdagi asosiy vazifa va usullar. 
1.Shaharlar geografiyasining shakllanish tarixi 
2.Shaharlar geografiyasi –iqtisodiy - ijtimoiy geografiya fanining bir 
tarmog„i sifatida 
3. Fanning ob‟ekti va predmeti 
4.Shaharlarning jamiyat taraqqiyotida tutgan o„rni va o„ziga xos 
xususiyatlari 
Tayanch 
iboralar:
shaharlar 
geografiyasi, 
urbanistik 
hudud,‖qutblashgan landshaft‖, shaharlarni joylashuv modellari.
 
1.Shaharlar geografiyasi iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fanining muhim 
tarmog‗i bo‗lib, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish doirasida, uning bir 
bo‗g‗ini sifatida o‗rganila boshlangan. Shaharlar tarixiy, geografik, iqtisodiy, 
shahar qurilishi nuqtai nazardan qadimdan o‗rganib kelingan, ular hayotiga 
bag‗ishlangan monografiyalar, qo‗llanmalar juda ko‗p. Eramizdan avvalgi 2- 
ming yilliklarda shakllangan Bobil, Xarappa, Afina, Rim, Persepolis kabi qadimgi 
shaharlar ham muayyan planlar asosida qurilgan. Shaharlarning ko‗payishi, 
urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi bilan har tomonlama o‗z davriga mos, 
qulay, obodonlashgan shaharlar barpo etish g‗oyalari rivojlanib bordi. Muayyan 
hudud (mamlakat, rayon)da shahar aholi manzilgohlarini o‗zaro mutanosib, 
oqilona joylashtirishga oid- iqtisodiy geografik tadqiqotlar XIX asrda rivojlana 
boshladi. Bu borada shaharlarni ilmiy va amaliy o‗rganish asosida olimlar 
tomonidan turli qonuniyatlar, nazariya va konsepsiyalar yaratildi. Jumladan, 
1850-yilda yaratilgan I.Kol nazariyasiga ko‗ra, yirik shahardan atrofga 
tarqaluvchi bosh transport yo‗llariga ikkinchi darajali transport tarmoqlari
kelib tutashadi. Ana shu yerda, shahardan ma‘lum uzoqlikda yo‗llar 
tutashadigan qismida keyingi pog‗onadagi aholi manzilgohini joylashtirish 
maqsadga muvofiq. 
1850-70 yillarda K.I.Arsenev gidrografik tarmoqlarning Rossiya 
shaharlari taraqqiyotidagi rolini o‗rganib, 200 yillik tarixini t adqiq etgan. 
1910-yilda 
Rossiyada 
V.P.Semenov-Tyanshanskiy 
―Rossiyaning 
Yevropa qismidagi shahar va qishloq‖ (―Gorod i derevnya Yevropeyskoy 
Rossii‖) asarini chop etadi. Uning fikricha, shaharlar umumsayyoraviy 
markazlar bo‗lib, ulardan tarqalgan radiuslar bo‗ylab, muayyan masofada 
unga yordamchi kichikroq shaharlar joylashadi va uning atrofidagi hududlar 
iqtisodiy jihatdan o‗sha markazga qaram bo‗ladi.
1933-yilda nemis olimi V.Kristallerning ―Janubiy Germaniyada 
markaziy o‗rinlar‖ kitobining nashr etilishi (keyinchalik ―Markaziy o‗rinlar‖ 
nazariyasi bilan mashhur bo‗lgan) shaharlar geografiyasi fanining vujudga 
kelishida muhim asos bo‗ldi. U bir xil sharoitlarda, iqlim, aholi zichligi, 
transport va boshqa jihatdan bir xil xususiyatlarga ega bo‗lgan hududd a 
shaharlar ma‘lum qonuniyatga asoslanib joylashishini aniqlagan. Ushbu 
modelga asosan shaharlar o‗zlaridan kattaroq bo‗lgan markazlar atrofida, 
oltiburchak (geksagonal) hosil qilgan holda joylashtirilishi taqozo etiladi va 



shu tarzda u bir-biridan yuqori bo‗lgan ettita pog‗onani ajratadi. Olimning 
fikricha, aholining eng kichik ehtiyojlari eng kichik markazlarda, kattaroq 
ehtiyojlari undan yirikroq shaharlarda qondiriladi (1 -rasm). Bu g‗oyalar 
hozirga qadar qator aholi manzilgohlari va xizmat ko‗rsatish so halarini 
joylashtirish uchun asos bo‗lib kelmoqda. 
K.Klark o‗z ishlarida aholi va 
faoliyat turlari zichligining shahardan 
atrofga qarab pasayib borishini va 
shunga ko‗ra yerga bo‗lgan narxlarning 
ham arzonlashib borishi qonuniyatini 
tadqiq etadi. E.Barjes shaharlarning 
hududiy tarkibida konsentrik modelni, 
X.Xoyt esa sektorli joylashish modelini, 
C.Garris, E.Ulman ko‗pyadroli modelni 
yaratishdi.
2
Bunda ular shaharning turli 
qismlarini (rayonlarini)-sanoat rayoni, 
aholi yashovchi rayon, xizmat ko‗rsatish 
rayonlarini 
oqilona 
joylashtirish 
sxemalarini ishlab chiqdilar (2-rasm). 
1-rasm.V.Kristallerning 
«markaziy 
o‗rinlar» modeli. 1-eng kichik aholi 
manzilgohi; 2-mahalliy ahamiyatga ega 
bo‗lgan markaz; 3-undan yuqori pog‗onada 
turuvchi shahar. 
2-rasm. a-xalqasimon; b-sektorli; v-ko‗p 
yadroli; 1-markaziy ish yurituvchi rayon; 2-
ulgurji savdo va yengil sanoat rayoni; 3-aholi 
massivlari (noqulay); 4-o‗rtacha sifatli aholi uy-joylari; 5-obod shahar (qulay va 
shinam uy-joylar); 6-og‗ir sanoat rayoni; 7-tashqi ish yurituvchi rayon; 8-shahar 
atrofi aholi manzilgohlari; 9-shahar atrofi sanoati; 10-tebranma migratsiya zonasi.
Manba: E.Pertsik. Geografiya gorodov (Geourbanistika).-M., 1991. B-152.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish