Asaka hayoti
Asaka (1937 – 1991 yillarda Leninsk) – Andijon viloyatidagi shahar (1937 yildan). Asaka tumanining ma’muriy markazi. Andijon – Toshkent temir yoʻl dagi Asaka stansiyasidan 4 km. Marg‘ilon, Farg‘ona va Andijonga boradigan avtomobil yo‘llari kesishgan joyda. Asakadan Andijon shahrigacha 16 km. Shahar adirlar yoqalab oqayotgan Shahrixonsoy sohilida, dengiz sathidan 495 m balandlikda joylashgan. Uning yon atrofini paxta dalalari, yon-bag‘irlarini bog‘lardan iborat adirlar o‘rab turadi. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 26 C, yanvarniki – 2,9°. Viloyatning Andijondan keyingi yirik industrial shahri. Aholisi 52,8 ming kishi (2000).Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (professor T. Shirinov) "Asaka" nomini Farg‘onada miloddan avvalgi 6–5-asrlarda yashagan sak kabilalari bilan bog‘laydi. Chunki bu qabila ba’zi joylarda "assakenlar" nomi bilan ham yuri-tilgan. Ularda "asvaka" – ot, "assaka" – otliqlar ma’nosini bildirgan. Arxeolog B. Matboboyev yuqoridagi fikrni vodiyning sharqiy qismida topilgan toshlardagi otlar tasviri bilan asoslashga harakat qilgan va shu joylarda nasldor otlar yetishtirilgan degan fikrni ilgari surgan. Toponomist olim S. Qorayev Asaka tumanidagi "Axtachi" qishlog‘i nomi mo‘g‘ulcha bo‘lib, ot tabibi (sinchi), otboqar degan ma’noni bildirishini ta’kidlab, yuqoridagi mulohazalarni birmuncha tasdiqlaydi. Shularga asosla-nib Asaka shahrining 60 yilligi (1997) mu-nosabati bilan katta yo‘l yoqasidan shaharga kiraverishdagi maydonda tulpor otning ramziy haykalchasi qo‘yildi. Asaka shahrining qadimgi davr tarixi bilan bog‘liq arxeologik tadqiqotlar olib borilmagan. Umuman Asakaning qadimgi tarixi Farg‘ona vodiysining Axsi, Quva, Andijon kabi qadimgi shaharlari atrofidagi qishloqlari tarixi bilan bevosita bog‘liq. Asaka 19-asr tarixchisi Avaz Muhammad Attorning "Tarixi jahonnoma" va "Tarixi Xo‘qand" asarlarida tilga olin-678gan. Uning yozishicha, Asaka shahri hududida Xudoyorxon qal’a qurdirgan va bu yerda xonning dala hovlisi ham bo‘lgan. 18-asr oxirida qurilgan Shahrixonsoy ka-nali shaharning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1899 yil Toshkent – Andijon temir yoʻl qurilishi munosabati bilan Asakaga uz. 4 km li temir yoʻl shoxobchasi o‘tkazildi. Shundan so‘ng Asakada yevropalik, xususan rus va mahalliy boylar sanoat korxo-nalarini qura boshladilar. 20-asr boshlarida Asakada 2 ming kishi yashagan. Paxta tozalash va yog‘ zavodlari bo‘lgan. Aholining asosiy qismi mayda hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. 1946 yilda motor ta’mirlash zavodi qurib bitkaziddi. Yog‘-moy zavodida issiqlik elektr markazi ishga tushdi. Urushdan keyingi yillarda Asaka yaqinidagi Andijon va Polvontosh neft konlari, Xo‘jaobod gaz koni munosabati bilan Asaka shahar sanoat korxonalari salmog‘i ortdi. Yuqoridagi konlarni maxsus uskuna va texnika jihozlari bilan ta’minlovchi omborxonalar qurildi. Polvontosh – Asaka gaz kuvuri yotqizildi (1947). 60-yildan shahar sanoati korxo-nalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslasha boshladi. 70 –90-yillarda to‘qimachilik korxonasi (hozirgi "Asakato‘qimachi" aksiyadorlik jamiyafti), paxta tozalash zavodlari, elektrotenika, avtomobil tuzatish korxonalari qurildi.1994 yil noyabrda "O‘zDEUavto" qo‘shma korxonasi inshootlari qurilishi bosh-lanib, korxona 2 yilda ishga tushirildi: 1996 yil 19 iyulda zavodning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov, DEU korporatsiyasining Prezidenti Kim U Jung janoblari tashrif buyurdilar. Korxonadan jahon bozori talablariga javob bera oladigan, yoqilg‘ini kam sarf-laydigan ixcham, chiroyli, qulay bo‘lgan "Damas", "Tiko", "Neksiya" avtomobillari chiqarila boshladi (qarang Avtomobil, Asaka avtomobil zavodi). "O‘zDEUavto" qo‘shma korxonasining salmog‘i Asaka shahri sanoat korxonalari mahsulotlarining 92,3% ga, Andijon viloyat sanoat korxonalari mahsulotlarining 55,2% ga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari shaharda "O‘zDEUavto" qo‘shma korxonasi uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi "O‘zDong-Vong" qo‘shma korxonasi, "Anzis" zavodi, shuningdek Italiya bilan hamkorliqda makaron ishlab chiqaruvchi "FAM" qo‘shma korxonasi bor. Asakada hammasi bo‘lib 12 yirik sanoat korxonasi ishlaydi; 510 dan ziyod kichik va o‘rta biznes bilan shug‘ullanuvchi xususiy firma faoliyat ko‘rsatadi (2000). Asaka sanoati rivojlanishi bilan birga har jihatdan qayta qurilmoqda: yangi ko‘chalar ochilmoqda, yo‘llar qurilmoqaa. Xonobod–Asaka suv quvuri yotqizildi. Shaharda Toshkanboy Egamberdiyev no-midagi madaniyat va istirohat bog‘i bor. Bog‘ning eng to‘rida Asakada yashab o‘tgan avliyolardan Xoja Abdulloh Tug‘dor qabri o‘rnida maqbara qurildi. Bu joy ziyoratgoh, muqaddas maskan hisoblanadi. Ziyoratgoh yaqinida Shahrixonsoyning bosh to‘g‘oni joylashgan. Shu yerdan Oxun-boboyev soyiga, Asaka tashlamasi kanali va bir necha ariqlarga suv taqsimlanadi.Asakada 2000 yilda maishiy xizmat kasb-hunar kolleji qurilib ishga tushdi. 1999/2000 o‘quv yilida 10 umumiy ta’lim maktabi, gimnaziya, akademik litsey, kol-lejda 12 mingdan ortiq o‘quvchi o‘qidi; 22 bolalar bog‘cha va yaslilari, 4 kasalxo-na, salomatlik markazi, poliklinika va ambulatoriya ishladi. Shaharda 2 kinote-atr, madaniyat uyi, 2 klub, 15 kutubxona, 3 stadion bor. 16 fuqarolar yig‘ini tashkil etilgan (2000). Asaka – Andijon, Asaka – Farg‘ona yo‘nalishida avtobus qatnaydi. "Asaka oqshomi" shahar gaz. chiqadi.Asaka teatri – 1932 yil havaskor yoshlarning "Ko‘k ko‘ylak" truppasi aso-sida tashkil etilgan. 1935–39 yillar viloyat musiqali drama teatri deb nom-langan. Teatr jamoasi turli davrlarda ishlagan san’atkorlar: Zulunbek Mamadaliyev (rejissyor), G‘anijon Toshma-679tov, Yusufjon Dadajonov, Qahramon Yo‘lchiyev, G‘ulomjon Ro‘ziboyev (musiqa rahbarlari), Mamanurqori Dolixo‘jayev, Abduraim Matkarimov, Halimaxon Dadajonova (aktyorlar), Tursunxon Akbarova, Oyshaxon Usmonova, Habibaxon Oxunova, Tursunboy Yusupov (xonandalar), Shirmonxon G‘oziyeva, Oydin Akbarova (raqqosalar) va boshqa Repertuarlarida "Halima", "Nurxon", "Gulsara", "Farhod va Shirin" kabi mumtoz sahna asarlari bor edi. 1939 yil teatr jamoasi tarqatib yuborildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda yana shakllandi va "Neftchilar" klubida faoliyat ko‘rsatdi. 1959 yilda teatr "xalq teatri"ga aylanti-rildi.
Tayyorladi:633-20 guruh talabasi
Odiljonov Begijon
Do'stlaringiz bilan baham: |