84
Samarqand va Buxoro shaharlaridan deyarli teng masofada joylashgan. Har qanday
vaziyatda ham bunday shahar katta magistral infratuzilmani joylanishi shart va
uning vujudga kelishi bu rayonni iqtisodiyotini rivojlanishida asosiy omil bo‗ladi.
Bu shahar Qizilqum bag‗ridagi tabiiy boyliklarni o‗zlashtirishda tayanch nuqta
rolini bajaradi (Soliev A.S,1984 ).
Navoiy shahrining aholisi 133.6 ming kishi (2016 y), u mamlakatimizdagi 18
ta katta shaharlar qatoriga kiradi. Ta‘kidlash joizki,
Navoiy bunday darajaga
boshqa tengqur shaharlarga qaraganda juda tez, qisqa muddatda erishdi.
Zarafshonda 77.8, Nurotada 32.9, Uchquduqda 28.1 ming aholi istiqomat qiladi.
Qolgan shahar va shaharchalarda esa aholi soni 20 mingdan kam.
Mintaqa shahar manzilgohlaridagi aholi soni 455.1 ming kishiga etdi.
Umuman olganda, viloyat shaharlarida aholi soni tez sur‘atlar bilan o‗smoqda va
hatto respublikamizning o‗rtacha shahar aholisi o‗sish ko‗rsatkichidan ham yuqori.
Viloyatdagi mavjud shahar va shaharchalarning tashkil topishi va funksional
xususiyatiga turli omillar ta‘sir ko‗rsatgan. Xususan, Zarafshon va Uchquduq tog‗–
kon sanoati negizida paydo bo‗lgan bo‗lsa, sanoat va transport rivojlanishi asosida
Navoiy shahri vujudga keldi. Qolgan shahar va shaharchalar esa tuman ma‘muriy
markazi sifatida shakllandi.
Shahar manzilgohlari orasida aholi soniga ko‗ra eng kichigi Shalqar sanalib,
unda qariyib 2.4 ming kishi yashaydi. Muruntov, Qiziltepa, Yangirabot shahar
manzilgohlarining har biriga 10–20 ming kishidan aholi mos keladi.
Mazkur
shahar manzilgohlarida 40.0 ming kishi istiqomat qilgan holda, bu jami shahar
aholisining atigi 8.9 foizi yashaydi, xolos. ―Yarim o‗rta‖ shaharlar Uchquduq,
Nurota, Karmana bo‗lib, bu bosqichdagi shaharlar guruhida viloyat shahar
aholisining 2/5 foizi istiqomat qiladi yoki, barcha shaharlarning 6.8
foiziga teng
keladi. O‗rta shahar jami aholining 14.2 foizini tashkil etadi (-jadval). 2006 yilda
aholisi 3 ming kishigacha bo‗lgan birinchi bosqich shahar va shaharchalar soni
atigi 1 tani tashkil etgan bo‗lsa, 2016 yilda ularning soni yana 30 taga ko‗paydi
yoki jami shahar manzilgohlarining 12.9 foiziga mos keldi. Tabiiyki, urbanistik
tarkibning takomillashuvi barcha mintaqalardagi singari tahlil etilayotgan viloyat
shaharlarini ham sifat jihatidan o‗zgartirmadi.
Asosiy sanoat markaz va punktlari Navoiy,
Zarafshon, Uchquduq, Qiziltepa
hamda ―resurs‖ shaharchalar: G‗ozg‗on, Muruntov
,
Shalqar, Langar kabilar.
Yangirobot va Malikrabodda paxta tozalash zavodlari bor. Navoiy shahri borgan
sari yirik sanoat tuguni va respublikamizning o‗sish qutbiga aylanmoqda. Bu erda,
aniqrog‗i shahar aeroporti negizida mamlakatimizda ilk bor respublikamiz
Prezidenti I.A.Karimovning 2 dekabr 2008 yil farmoniga binoan erkin iqtisodiy-
industrial zona va xalqaro transport logistika markazi yaratildi.
Bunda Janubiy
Koreya va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilindi, juda katta
11-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: